Etika va Estetika fanlarining predmeti va vazifalari Reja: “Etika” fanining predmeti, muammolari va vazifalari


Estetik anglash va uning tuzilmasi


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/42
Sana22.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1043336
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42
Bog'liq
Etika -estetika fanlarining predmeti (1)

Estetik anglash va uning tuzilmasi. 
Estetik anglash iborasini ajratib ko‘rsatishimizning sababi shundaki, odatda falsafiy 
fanlarga doir ilmiy adabiyotlarda «anglash» o‘rniga «ong» istilohi qo‘llab kelinadi. Estetik 
ong, ilmiy ong, huquqiy ong v. h. Bizningcha, bu unchalik to‘g‘ri emas: ruschadagi – 
«soznanie» so‘zining yuzaki (kalka) tarjimasi. Ma’lumki, «soznanie» so‘zi ruschada ikki 
xil ma’noni: ong va anglash ma’nolarini bildiradi. Miya muayyan fiziologik yaxlitlik 
bo‘lgani kabi, uning asosiy faoliyati bo‘lmagan ong, shu jumladan ongsizlik ham, 
avvalambor insondagi hissiy-intelektual yaxlitlik, uni maydalab, yuqoridagidek, 
«ongcha»larga bo‘lish mantiiqan o‘rinsiz, ikkinchidan, u narsa-hodisalardan muxtor tarzda 
mavjud, faqat zarur sharoitda faoliyatga kirishgandagina narsa-hodisaga munosabatini, 
voqelikka aralashish xususiyatini namoyon qiladi. Ana shu o‘ziga xos tahliliy faoliyatni 
biz anglash deb ataymiz va shu anglashning darajasiga qarab, kishilar ongining yuksakligi 
yoki pastligi haqida fikr yuritamiz. Demak, ong insonning o‘ziga o‘xshash yakka yaxlitlik, 
uning faoliyati – anglash esa har xil va ko‘p qirralidir. Ongning anglashga munosabati 
xuddi olmos bilan uning qirralari o‘rtasidagi munosabatga o‘xshaydi; yaxlit olmos 
bo‘lagining har bir qirrasini alohida olmos deb atashimiz qanchalik mantiiqqa to‘g‘ri 
kelmasa, anglashni uzil-kesil ong tarzida taqdim etishimiz ham, bizningcha, shunchalik 
noo‘rin. Shunday qilib, inson o‘ziga ato etilgan ongning turli qirralari bilan olamning turli 
tomonlarini, har xil jihatlarini nurlantiradi, o‘zida aks ettirib, tahlil etadi, xulosalar 
chiqaradi. Natijada, bir inson bitta hodisani o‘nlab, balki yuzlab rakursda mushohada qilish 
va anglashi mumkin. Ongning ana shunday faoliyat turlaridan biri estetik anglashdir.
Estetik anglash, aytib o‘tganimizdek, estetik jarayonni tashkil etishi barobarida 
estetik munosabatni yuzaga keltiradi, ongning ana shu faoliyati ichki nafosatni 
shakllantiradi. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, estetik anglash faqat estetik qadriyatlar 
yoxud ob’ektlarni idrok etishda emas, balki yangi estetik qadriyatlar yaratishda ham faol 
ishtirok qiladi, ya’ni u estetik faoliyat jarayonida o‘zining doimiy ulushiga ega: san’at 
asarining dunyoga kelishida, turmush sharoitini, ishlab chiqarishning go‘zallashuvida va 
shunga o‘xshash holatlarda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. 
Aytganlardan shunday qisqacha xulosa chiqarish mumkin: n a f o s a t – o‘z ichiga 
ham tabiatdagi, ham jamiyatdagi, ham shaxs hayotidagi estetik jihatlarni o‘zida mujassam 
qiladigan estetik munosabat ob’ekti sifatida estetik xususiyatlarni, estetik faoliyatini va 
estetik anglashni qamrab oladigan, yashash sharti sub’ektiv xilma-xillik bilan 
belgilanadigan murakkab maqsadni emas, balki serqirra maqsadga muvofiqlikni birinchi 
o‘ringa qo‘yadigan hissiy-intellektual borliq, inson hayotining insoniy mazmunini 
ta’minlaydigan ma’naviy-ijtimoiy hodisa. 
SHu bois, nafosatning haqiqatan ham nafosat ekanini bizga kashf etib beradigan 
estetik anglash tushunchasiga to‘xtalishni maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz va bu borada 
muayyan tushunchaga ega ekanimizni, estetik anglashning nimaligidan umumiy tarzda 
xabardorligimizni hisobga olib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri uning mohiyatini tashkil etuvchi unsurlar 
tahlili va talqiniga o‘tsak. 
Estetik anglash inson ruhiyatida o‘ziga xos, chuqur ijobiy ruhiy o‘zgarishlarni 
vujudga keltiradigan estetik holat. U estetik faoliyatning boshlanishidan avval insonni unga 


tayyorlovchi hodisa sifatida muhim: usiz estetik faoliyatning ro‘y berishi mumkin emas. 
Estetik anglashning murakkab hodisa ekani unda estetik ehtiyoj, turli hislar va ma’naviy 
andozalarning har bir shaxs uchun alohida ruhiy evrilish tarzida namoyon bo‘lishi bilan 
bog‘liq; bu evrilish kuchli va asosan his-hayajon, ehtirosli kechinmalar asosida vujudga 
keladi. 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling