Etika va Estetika fanlarining predmeti va vazifalari Reja: “Etika” fanining predmeti, muammolari va vazifalari


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/42
Sana22.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1043336
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
Etika -estetika fanlarining predmeti (1)

Ulug‘vorlik va tubanlik.
Ulug‘vorlik qamrovlilik jihatidan go‘zallikdan keyingi eng yirik estetik xususiyat 
va tushuncha. U estetik xususiyat sifatida ham va salmoq bilan bog‘liq, ulkan qudrat 
hamda miqyosga ega narsa-hodisalarning bir qarashda ilg‘ib olib bo‘lmaydigan botiniy 
jihatlaridir. Tushuncha sifatida esa, u voqelikdagi ana shu ulkan qudrat va miqyosning 
estetik mohiyatini ta’riflashga, tushuntirishga xizmat qiladi. 
Ulug‘vorlik kundalik hayotda istisnoli voqelik tarzida ko‘zga tashlanadi, odatiy 
voqea-hodisalardan o‘zining favquloddagi bilan ajralib yuradi va kishida hayrat, quvonch, 
ayni paytda ichki bir qo‘rquv darhol anglab olinishi qiyin bo‘lgan sirli xavotir singari 
tuyg‘ularni uyg‘otadi. U ob’ektiv va sub’ektiv asosga ega. Bepoyon yulduzli osmon, 
vulqon, cheksiz dengiz va uning ulkan to‘lqinlari kabi tabiat hodisalari; Misr ehromlari, 
Minora kalon, Kyoln jamesi singari me’morlik san’ati yodgorliklari; fidoyilik, 
qahramonlik, mardlik va boshqa insoniy fazilatlar, buyuk tarixiy shaxslarning ijobiy 
faoliyati kabi jamiyatdagi voqeliklar ulug‘vorlikning ob’ektiv asoslari hisoblanadi. Uning 
sub’ektiv asosi favqulodda yoki odatiy tasavvurlaridan tashqaridagi voqea-hodisalarini 
estetik idrok etayotgan inson qalbining moyilligi bilan belgilanadi. SHu sababli 
ko‘pchilikni hayratga solgan narsa-hodisa yoki voqelik bazilarni hayratga solmasligi va 
aksincha bo‘lishi ham mumkin. 
Biz go‘zallikning asosida muhabbat yotadi dedik. Ulug‘vorlikning asosida esa 
qo‘rquv yotadi; muhabbat aloqani, muloqotni taqozo esa, ulug‘vorlik kishida xavf-
xatardan o‘zini asrash hissini uyg‘otadi. M., bahor paytida to‘lib – toshib oqayotgan 
Sirdaryoga qirg‘oqdan qarasangiz, hayratlanasiz, zavlanasiz, lekin ko‘prikka chiqib, uning 
panjarasidan egilib tikilsangiz mavjlanib, uyurim-uyurim bo‘lib oqayotgan tezob sizni 
xuddi o‘z qa’riga tortib oladigandek tuyuladi, sal boshingiz aylanganini his qilasiz
beixtiyor daryoga tushib ketish seskanib, qaddingizni tiklaysiz. Vulqon ham xuddi 
shunday, olisdan hayratlanarli, ulug‘vor, ammo uning yaqiniga borish – hayotingizni xavf 
ostiga qo‘yish demakdir. 
Shunday qilib, go‘zallik muhabbatga bog‘liqligini, muhabbat esa erkinlikni taqozo 
qilishni nazarda tutsak, ulug‘vorlik ulkan miqyos, hajm va zalvar orqali hayot uchun 
tug‘iladigan xavfdan chekinishga, ya’ni ma’lum ma’noda erkinlikning cheklanishiga olib 
keladi. Ana shu xavf-xatarni, qo‘rquvni engish uchun inson o‘zida ma’naviy qudrat topa 
olganida u ulug‘vorlikka erishadi,uni idrok eta biladi; Shiller o‘zining «Ulug‘vorlik 
to‘g‘risida» degan maqolasida aytganidek, ulug‘vorlik qoshida inson o‘zini jisman kichik 
his qilsa-da, axloqiy jihatdan yuksak mavjudot ekanini sezib turadi.
Ayni paytda, shuni ham aytish kerakki ulug‘lik bilan ulug‘vorlikning farqi bor. 
«Kimki daxshatni enga olsa u ulug‘dir, kimki engilganda ham qo‘rquvni» bilmasa, u 
«ulug‘vorlikdir… Ulug‘ inson o‘zini baxtda, ulug‘vor inson esa faqat baxsizlikda namoyon 
qilishi mumkin» - deb yozadi Shiller
15
. M., Navoiy yoki Gyoteni biz ulug‘ insonlar deymiz 
ayni paytda ular baxtli insondur. Jangda mag‘lub bo‘lsa ham, o‘zidan baxt yuz o‘girganiga 
qaramay, qo‘rquvni engib, o‘n tom chamasi balandlikdagi tikqirg‘oqdan dahshatli 
15
Шиллер Ф. Соб.соч. в 7 т., М., ГИХЛ, 1957. Т. 6. С. 186.


uyurimlari bilan ayqirib oqayotgan Sind daryosiga oti ustida sakrab, qahramonlik 
ko‘rsatgan, hayotiga tahdid solib turgan xavf-xatarni vatanparvarlik ruhi-yuksak 
axloqiylik bilan enggan va keyinchalik Vatan yo‘lida halok bo‘lgan Jaloliddin 
Manguberdini esa ulug‘vor inson deymiz. Mana shunday o‘rinlarda ulug‘vorlik boshqa bir 
estetik xususiyat – fojeaviylik bilan ulanib ketadi. 
Ulug‘vorlikning tabiatda va inson shaxsida muvjudligi bilan bir qatorda uning 
san’atda namoyon bo‘lishi ham diqqatga sazovor hodisa. U o‘zining har tomonlama ijodiy 
ifodasini aynan san’atda topadi, san’atning barcha tur, xil va ko‘rinishlari uchun asosiy 
tasvir ob’ektlaridan biri bo‘lib hizmat qiladi. Uning san’atda namoyon bo‘lishi, 
yuqoridagidek, axloqiylik va ijtimoiylik bilan shartlanadi. Badiiy asardagi ulug‘vorlik 
insoniyat va jamiyat taraqqiyotida ro‘y beradigan muhim voqealar, buyuk tarixiy shaxslar 
faoliyati, qahramonliklari, fidoyiliklari o‘quvchi, tinglovchi tuyg‘ularini uyg‘otadi. 
San’atdagi ulug‘vorlik, tabiatdagidan farqli o‘laroq mazmun va badiiy shakl 
vositasida ifodalanadi, bunda g‘oya hal qiluvchi rol o‘ynaudi. U me’morlikda alohida 
ahamiyat kasb etadi. Misr ehromlari, Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlaridagi me’morlik 
obidalari o‘zining salobati, ulug‘vorligi bilan kishini hayratda qoldiradi. Siz ular qoshida, 
aytilganidek, o‘zingizni jisman kichik sezasiz, lekin, ayni paytda ma’naviy jihatdan 
ulardan yuksakligingizni his qilib turasiz: shu buyuk mahobatli estetik qadriyatlarni siz 
yaratgansiz, inson bunyod etgan, siz bu bilan fahrlanasiz, qalbingizni ulug‘vorlik hissi, 
fahrlanish tuyg‘usi qamrab oladi. 
Me’morlikda, xuddi tabiatdagidek, ulug‘vorlik o‘zining asl ko‘rinishida namoyon 
bo‘ladi, lekin badiiy adabiyot, musiqa, teatr kabi ko‘pgina san’at turlarida ma’naviy-
axloqiy evrilishni boshidan kechiradi va qahramonlik, jasorat, mardlik singari axloqiy 
fazilatlarga aylanadi. Natijada u ham estetik xususiyat, ham axloqiy fazilat sifatida ikki 
falsafiy fan-estetika va axloqshunoslik tomonidan tadqiq etiladi. M., Amir Temur, Fitrat, 
CHo‘lpon, To‘ychi Eriyigitov va boshqa milliy qahramonlar san’at asarida badiiy obrazlar 
tarzida biz uchun axloqiy hamda estetik idealga aylanadilar. 
Yana shuni aytish kerakki, ulug‘vorlik faqat hajm va miqyos bilan belgilanmaydi, 
unda albatta nafosat, go‘zallik unsurlari mavjud bo‘lishi, shuningdek, atrof-muhit bilan 
uzviy qo‘shilib, uyg‘unlashib ketishi lozim. Birinchi bobida misolimizni eslang: kimyoviy 
korxonaning mo‘rkoni nihoyatda ulkan, chiroyli g‘ishtlardan terilgan esa-da, bor-yo‘q 
balandligi 47, 5 metrli Minorai kalon kabi san’at asari, ulug‘vorlik timsoli bo‘lmaydi. 
Shunday qilib, ulug‘vorlik tabiatda viqor, haybat, jamiyatda buyuklik, san’atda 
qahramonlik sifatida o‘zini namoyon qilib, insonni olijanoblikka, yuksaklikka, buyuklikka 
undaydi, tabiat hodisalarini estetik anglash va baholash imkonini beradi, jamiyat, millat 
estetik tarbiyasida muhim rol o‘ynaydi. 
Ulug‘vorlikning ziddi bo‘lmish tubanlik inson, jamiyat, insoniyat hayotini real xavf 
ostida qoldiradigan salbiy hodisa. Uni boshqa salbiy hodisalar, Chunonchi, xunuklik 
xususiyati bilan aylantirish yoki cheklashtirish mumkin emas. Agar xunuklik insonning 
intelektual va iroda kuchiga bo‘ysunishi mumkin bo‘lgan, insoniy imkoniyatlar doirasida 
shaklan yoki mazmunan ijobiy evrilish kasb eta oladigan, hayot uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
xavf tug‘dirmaydigan muvaqqat xususiyat ekanini nazarda tutsak, tubanlik inson jiloflay 
olmaydigan salbiy hodisa. Xunuklik jirkanch, hazar hissini tug‘dirsa, tubanlik qo‘rquv va 
dahshat uyg‘otadi, inson erkini yo‘qqa chiqaradi, unga halokatga mahkum etadi, yashash 
uchun nihoyatda cheklangan zo‘rg‘a ilg‘anadigan imkoniyat qoldiradi. SHu jihatdan u 
axloqiy illat bo‘lish yovuzlik bilan hamohang-ijtimoiy – axloqiy ahamiyatga ham ega. 
Tubanlik tabiatga zilzila, nogahoniy suv tashqini, sel, unami v.b. hodisalarda 
namoyon bo‘ladi. Jamiyatda esa urush, totalitar tuzumlar-bolshevizm, fashizm vbh. 
tubanlikning ko‘rinishlaridir. M., Xirosima va Nagasakiga tashlangan atom bombalari yoki 


dengiz osti zil-zilasi tufayli tug‘ilgan yuzlab metrlar balandlikdagi dahshatli, ulkan 
to‘lqinlar – sunami oldda inson ojiz, ularni jilovlash, o‘ziga bo‘ysundirishi imkoniga ega 
emas, halokatga muhim, yashash imkoni deyarli yo‘q. 
Shaxs va jamiyatdagi tubanlik ko‘p hollarda bir-biri bilan bog‘liq holda namoyon 
bo‘ladi hamda butan insoniyat uchun xatarli tabiati bilan ajralib turadi. M., Lekin, Stalin, 
Hitler, Pol pot singari tuban shaxslar shaxsiy manfaatlar yo‘lida siyosiy, firibgarliklar 
vositasida hukumronlikni qo‘lga oladilar va uni saqlab turish uchun o‘z mamlakatlarida 
genotsid va qatog‘onlarni uyushtirdilar, totalitar tuzumlari vujudga keltirdilar, butun-
butun halqlarni o‘z vatanlaridan boshqa erlarga ko‘chirdilar, millionlab odamlarni o‘limga 
mahkum etdilar, insonning yashashga bo‘lgan huquqini, erkin oyoqosti qildilar, misli 
ko‘rilmagan miqyosdagi urushlarni tashkillashtirdilar. Natijada insoniyat jamiyati 
taraqqiyotin ancha yillarga orqaga surdilar. Axloqiy-ma’naviy nuqtai nazardan bunday 
shaxslar eng yovuz odamlar va ularning xatti-harakatlari eng ulkan yovuzlik sifatida talqin 
qilinadi. 
Tubanlikning san’atda in’ikos etishi asosan shaxslar – asar qahramonlari orqali ro‘y 
beradi, ularning qilmishlari insoniylikka zid tamoyillarga asoslanadi, atrofidagi odamlarni 
fojeaviy halokatga olib keladi, asarning asosiy qahramonlari uchun muqarrar halokatdan 
qutilish imkoniyati qolmaydi. Bunday tubanlikning mumtoz namunasini Shekspirning 
«Otello» fojeasidagi Yago obrazida ko‘rish mumkin: Otello va Dezdemona Yagoning 
tubanligi tufayli halok bo‘ladilar, unda tubanlik ulkan yovuzlik sifatida barchani larzaga 
soladi. 
Ulug‘vorlik bilan tubanlikning ham muayyan ma’noda dialektik aloqasi mavjud, u 
ikki xil ko‘rinishda – biri bevosita, ikkinchisi – bilvosita namoyon bo‘ladi. Bevosita aloqa 
bir-biriga o‘tib turish tabiatdagi, ulkan miqyosli falokatlardan so‘ng uzoq muddatli 
evrilishlar oqibatida ro‘y beradi. M., kuchli zilzila va vulqon otilishi natijasida bir qancha 
muddatdan so‘ng o‘sha erda tog‘ o‘sib chiqishi mumkin. Bilamizki, tog‘lar tabiatdagi 
ulug‘vorlik. Demak, odamlarga halokat olib kelgan tabiatdagi tubanlik – zilzila 
keyinchalik, uzoq vaqt o‘tgach, ulug‘vorlikka aylanish imkoniga ega. Ulug‘vorlik bilan 
tubanlikning bilvosita aloqasini esa biz jamiyat va san’atda ko‘ramiz. Tuban siyosiy 
tuzumda yashayotgan va totalitarizmga qarshi kurashayotgan va kurashib halok bo‘lgan 
odamlar ulug‘vor qahramonlardir. San’atda ham shunday. M., Maqsud SHayxzodaning 
«Mirzo Ulug‘bek» fojeasida ulug‘vor Ulug‘bek bilan yonma-yon tuban Abdullatif harakat 
qiladi, oxir-oqibat ulug‘vor insondan bunyodga kelgan tuban inson ulug‘vorlikni halokatga 
mahkum etadi. 
Shunday qilib, ulug‘vorlik bilan tubanlik ham o‘zaro aloqadorlikka ega va biri 
ikkinchisi uchun ko‘zgu vazifasini o‘taydi: ulug‘vorlikka qarab, biz tubanlikni 
la’natlaymiz, tubanlikni ko‘rib, ulug‘vorlikni olqishlaymiz. 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling