Etika va Estetika fanlarining predmeti va vazifalari Reja: “Etika” fanining predmeti, muammolari va vazifalari
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Etika -estetika fanlarining predmeti (1)
Etika va Estetika fanlarining predmeti va vazifalari Reja: 1. “Etika” fanining predmeti, muammolari va vazifalari. 2. Etikaning asosiy prinsplari, me’yorlari va kategoriyalari. 3. Estetika fanining predmeti va vazifalari. 4. Estetik ong, estetik munosabat va estetik kategoriyalar Tayanch tushunchalar. Axloqshunoslik, Etika, odob, xulk, axloq, pandnoma, salomlashish, xushmuomalalik, muruvvat, raxm-shavqat, yaxshilik, adolat, tinchlik, burch, vijdon, or-nomus, baxt-saodat, Axloqiy meros, ixtiyor erkinligi, axloq tuzulmasi, tamoyil, me’yor , o’zaro xurmat, ma’naviy yuksalish, hamjihatlik, Vataniga mehr-muhabbat, baynalminallik, xushmuomalalik, muruvvat, raxm- shavqat, yaxshilik, adolat, tinchlik, burch, vijdon, or-nomus, baxt-saodat, etosfera, bioetika, estetik munosabat, estetik ong, Estetik tuyg’usi, Nafis did, Badiiy did, Estetik faoliyat, Estetik qarash, Estetik nazariyalar. Go’zallik, hunuklik, tabiat go’zalligi, inson go’zalligi, go’zallik va san’at, ulug’vorlik va tubanlik, tabiat ulug’vorligi, fojeaviylik, fojeaviy to’qnashuv, fojeaviylik va estetik ideal, forig’lanish. Axloqshunoslik bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lgan qadimiy fan. U bizda «Ilmi ravish», «Ilmi axloq», «Axloq ilmi», «Odobnoma» singari nomlar bilan atab kelingan. Ovro‘pada esa «Etika» nomi bilan mashhur, biz ham yaqin-yaqingacha shu atamani qo‘llar edik. U dastlab manzildoshlik, yashash joyi, keyinchalik esa odat, fe’l, fikrlash tarzi singari ma’nolarni anglatgan; yunoncha «ethos» so‘zidan olingan. Uni birinchi bo‘lib yunon faylasufi Arastu ilmiy muomalaga kiritgan. Biroq bizda milliy-mintaqaviy axloqiy qadriyatlarimizning, dastlabki axloqiy g‘oyalarning vujudga kelishi qadimgi yunonlar yashagan davrdan o‘nlab asrlar avval ro‘y bergan. Ajdodlarimizning eng ko‘hna e’tiqodiy-axloqiy kitobi - «Avesto» buning yorqin dalilidir. Shu sababli endilikda bu fanni ham ilmiy-tarixiy, ham zamonaviy-hayotiy talablar nuqtai nazaridan «Axloqshunoslik» deb atashni maqsadga muvofiq deb bildik. Axloqshunoslik axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini o‘rganadi. “Axloq” so‘zi arabchadan olingan bo‘lib, insonning muomala va ruhiy xususiyatlari majmuini, fe’lini, tabiatini anglatadigan «xulq» so‘zining ko‘plik shaklidir. «Axloq« iborasi ikki xil ma’noga ega: umumiy tushuncha sifatida u fanning tadqiqot ob’ektini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti- harakatining eng qamrovli qismini bildiradi. Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo‘lsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini - xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi. Odob - inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida burilish yasaydigan darajada muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi. Odob - kishining jamoat orasida o‘zini qanday tutishi, odamlar bilan qay yo‘sinda muomala qilishi, o‘z turmushi va bo‘sh vaqtini qanday tashkil qilishi, inson tashqi qiyofasi qanday bo‘lishi lozimligiga oid qoidalar (masalan, sharmu-hayo, kamtarlik, xushmuomalalik, ozodalik singarilar)ni o‘z ichiga oladi. Odob ta’lim-tarbiya, amaliy tajriba jarayonida shakllanadi. SHarqning ulkan odob-ahloq nazariyotchilaridan bo‘lgan Xusayn voiz Koshifiy «Ahloqiy Muhsiniy» asarida odobni quyidagicha ta’riflagan edi: «Odob - bu qalbni yomon so‘zlardan va nojo‘ya xulqdan saqlay olish, o‘zini va o‘zgalarni ham hurmat qila bilish, shu bilan birga o‘zini va o‘zgalarning obro‘sini tushirmaslikdir». Voiz Koshifiy odob tushunchasini keng ma’noda tushunadi, yomon so‘zlarni aytmaslik, xulqni tarbiyalay olish, o‘zini boshqarish va o‘zgalarni hurmat qilishni ahloqiylik deb atagan edi. Odob – kishilarning hayot va turmushlariga nisbatan belgilab berilgan muayyan ahloqiy chegara yoki me’yor desak bo‘ladi. Ana shu chegaradan chiqmay muomala munosabatida bo‘lgan, shu me’yorga rioya qilgan odamni odobli, yaxshi tarbiyali, xaqiqiy, chin inson deyiladi. Aks xolda odobsiz, tarbiyasiz, yomon odam deb aytiladi. Odob - ahloqqa nisbatan tor tushuncha bo‘lib, u o‘z navbatida barcha ahloqiy fazilatlarning yuzaga chiqishi, namoyon bo‘lishidir. Odobni o‘rganuvchi va o‘rgatuvchi fanni «Odobnoma», «Dilnoma», «Saodatnoma» deb ataydilar. Bu fikrlarimizni misollar orqali tushuntirishga harakat qilamiz. Deylik, metroda yoshgina yigit, talaba hamma qatori o‘tiribdi. Navbatdagi bekatdan bir keksa kishi chiqib, uning ro‘parasida tik turib qoldi. Agar talaba darhol: «O‘tiring, otaxon!» deb joy bo‘shatsa, u chiroyli a’mol qilgan bo‘ladi va bu a’moli bilan atrofdagilarda yaxshi kayfiyat uyg‘otadi; chetdan qarab turganlar unga ich-ichidan minnatdorchilik bildirib: «Baraka topgur, odobli yigitcha ekan», deb qo‘yadilar. Aksincha, talaba yo teskari qarab olsa, yoki o‘zini mudraganga solib, qariyaga joy bo‘shatmasa, g‘ashimiz keladi, ko‘nglimizdan: «Buncha beodob, surbet ekan!» degan fikr o‘tadi, xullas, u bizda yoqimsiz taassurot uyg‘otadi. Lekin, ayni paytda, talabaning qariyaga joy bo‘shatgani yoki bo‘shatmagani oqibatida vagondagi yo‘lovchilar hayotida darhol biror-bir ijobiymi, salbiymi - muhim o‘zgarish ro‘y bermaydi. Xulq - oila, jamoa, mahalla-ko‘y miqyosida ahamiyatli bo‘lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmui. Xulqqa quyidagicha misol keltirish mumkin: mahallamizdagi oila boshliqlaridan biri imkon boricha qo‘ni-qo‘shnilarning barcha ma’rakalarida xizmatda turadi, qo‘lidan kelgan yordamini hech kimdan ayamaydi, ochiqko‘ngil, ochiqqo‘l, doimo o‘z bilimini oshirib borishga intiladi, tirishqoq, oila a’zolariga mehribon va h.k. Unday odamni biz xushxulq inson deymiz va unga mahallamizning namunasi sifatida qaraymiz. Bordi-yu, aksincha bo‘lsa, u qo‘ni-qo‘shnilar bilan qo‘pol muomala qilsa, to‘y-ma’rakalarda janjal ko‘tarsa, sal gapga o‘dag‘aylab, musht o‘qtalsa, ichib kelib, oilada xotin-bolalarini urib, haqoratlasa, uni badxulq deymiz. Uning badxulqliligidan oilasi, tevarak-atrofdagi ba’zi shaxslar jabr ko‘radi, mahalladagilarning tinchi buziladi, lekin xatti-harakatlari jamiyat ijtimoiy hayotiga yoki insoniyat tarixiga biror-bir ko‘zga tashlanadigan ta’sir o‘tkazmaydi. Biroq bu fikrlardan odob va xulqning jamiyatdagi roli u qadar ahamiyatli emas ekan, degan xulosa chiqmasligi kerak; fuqarolar orasida odoblilik va xushxulqlilikning keng yoyilishi jamiyat axloqiy hayotigagina emas, balki butunisicha ijtimoiy taraqqiyotga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir tufayli garchand jamiyat birdaniga yuksalib ketmasa-da, asta-sekinlik bilan, muntazam ravishda yaxshilanib, ravnaq topib boradi. Axloq - jamiyat, zamon, ba’zan umumbashariy ahamiyatga ega, insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig‘indisi, insoniy kamolot darajasini belgilovchi ma’naviy hodisa. Buyuk mutafakkirlar, olimlar va davlat arboblari ham ahloqqa xuddi shunday ta’rif- tavsiflar berganlar. Taniqli rus faylasufi V.G.Belinskiy (1811-1848) ahloq nima? U nimadan iborat bo‘lmog‘i kerak? degan savollar qo‘yib, quyidagi javobni keltirib, ahloqqa shunday ta’rif bergan: «Kishilarning qadr-qimmati va uning yuksak mavqeiga qat’iy, chuqur e’tiqod, unga qizg‘in so‘nmas, ishonchdir. Shu e’tiqod, shu ishonch jamiki bashariyat ezguligining, barcha amaliy ishlarning qaynar bulog‘idir» Chex xalqparvar pedagogi va jamoat arbobi YA.A. Komenskiy (1592-1675) fikricha: «Ahloqiylik deganda biz faqat tashqi muomalani ko‘zda tutmaymiz, balki niyatning butun ichki mohiyatini tushunamiz». Markaziy Osiyoning buyuk mutafakkiri Abu Nasr Farobiy (873-950) aytganidek: «Darxtning etukligi uning mevasi bilan bo‘lganidek, insonning barcha xislatlari ham ahloqiy tarbiya bilan yakunlanadi». Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy (1878-1934) yozganidek, «Tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo momot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir». «Mehr-oqibat, muruvvat bo‘lmagan jamiyat halokatga mahkumdir». «Xar kim savob ish qilsin, har kun savob ish qilsin»; «Yaxshilik ham, yomonlik ham qaytadi», deydilar vaxokazo. Buyuk mutafakkirlarimiz va olimlarimizning yuqoridagi fikrlari ahloqni quyidagicha ta’riflash imkoniyatini beradi: Ahloq deb kishilarning yaxshilik va yomonlikka munosabatini namoyon etadigan va tarixan tarkib topgan xulq-atvor, ularning yurish-turishini,o‘zlarini tutishini, fe’l-atvorini, xulq-odobini, o‘zaro bir-biriga, mehnatga ijtimoiy faoliyatga, oilaga, jamoaga, boshqa ijtimoiy birlashmalarga, jamoatchilikka, Vatanga, millatga, jamiyatga bo‘lgan munosabatlarini ifodalovchi hamda hatti-harakatini tartibga solish, boshqarishga xizmat qiluvchi his-tuyg‘ulari, ehtiyojlari, talablari, baholashlari, qoidalari, tamoyillarining jamiga aytiladi. Qisqa qilib aytganda ahloq deb kishilarning yurish-turushlari o‘zaro bir-biriga, mehnatga, oilaga, Vatanga bo‘lgan tarixiy muayyan munosabatlari, qoidalari va tamoyillarining jamiga aytiladi. Axloqqa kelsak, masala o‘ta jiddiy mohiyat kasb etadi: deylik, bir tuman yoxud viloyat prokurori o‘zi mas’ul hududda doimo qonun ustuvorligini ta’minlash uchun intiladi, adolat qaror topishini ko‘zlab ish yuritadi, lozim bo‘lsa, hokimning noqonuniy farmoyishlariga qarshi chiqib, ularning bekor qilinishiga erishadi; oddiy fuqaro nazdida nafaqat o‘z kasbini e’zozlovchi shaxs, balki haqiqiy huquq posboni, adolatli tuzum timsoli tarzida gavdalanadi; u-umrini millat, Vatan va inson manfaatiga bag‘ishlagan yuksak axloq egasi; u, o‘zi yashayotgan jamiyat uchun namuna bo‘laroq, o‘sha jamiyatning yanada taraqqiy topishiga xizmat qiladi. Agar mazkur prokuror, aksincha, qonun himoyachisi degan nomi bo‘laturib, o‘zi qonunni buzsa, shaxsiy manfaati yo‘lida oqni qora, qorani oq deb tursa, u axloqsizlik qilgan bo‘ladi: oddiy fuqaro nazdida birgina kishi-prokuror- amaldor emas, balki butun jamiyat adolatsiz ekan, degan tasavvur uyg‘onadi. Bunday tasavvurlarning muntazam kuchayib borishi esa oxir-oqibat o‘sha jamiyat yoki tuzumni tanazzulga olib keladi. Albatta, har uchala axloqiy hodisa va ularning ziddi nisbiylikka ega. Chunonchi, hozirgina misol keltirganimiz prokurorning axloqsizligi darajasi bilan o‘z yakka hukmronligi yo‘lida millionlab begunoh insonlarni o‘limga mahkum etgan Lenin, Stalin, Hitler, Pol Pot singari shaxslar axloqsizligi orasida farq bor: agar prokurorning axloqsizligi bir millat yoki mamlakat uchun zarar qilsa, totalitar tuzum hukmdorlari xatti-harakatlari umumbashariy miqyosdagi fojealarga olib keladi. Bu o‘rinda shuni alohida ta’kidlash joizki, axloqiy tarbiya natijasida odoblilik - xushxulqlilikka, xushxulqlilik-yuksak axloqiylikka aylangani kabi, axloqiy tarbiya yo‘lga qo‘yilmagan joyda muayyan shaxs, vaqti kelib, odobsizlikdan-badxulqlilikka, badxulqlilikdan-axloqsizlikka o‘tishi mumkin. Shunday qilib, axloqshunoslik mazkur uch axloqiy hodisani bir-biri bilan uzviylikda va nisbiylikda o‘rganadi. Ana shu uch axloqiy hodisaning umumlashmasini, ya’ni mazkur fanimizning tadqiqot ob’ekti bo‘lgan umumiy tushuncha sifatida axloqni quyidagicha ta’riflash mumkin: Axloq-barcha odamlar uchun birdek taalluqli hisoblangan, ijtimoiy talablar hamda ehtiyojlarning munosabatlar shaklidagi ko‘rinishidan iborat bo‘lgan, insonga berilgan ixtiyor erkinligining xatti-harakatlar jarayonida ichki iroda kuchi tomonidan oqilona cheklanishini taqozo etuvchi ma’naviy hodisa. Shuningdek, atoqli faylasuf Erkin Yusupovning: «Umuman, axloq ijtimoiy munosabatlar zaminida alohida shaxs sifatida mavjud bo‘lgan insonlarning o‘z-o‘zini idora qilish shakllari va me’yori, o‘zaro muloqot va munosabatlarda ularga xos bo‘lgan ma’naviy kamolot darajasining namoyon bo‘lishidir»-degan ta’rifi ham diqqatga sazovor.1 Axloqshunoslik qadimda fizika va metafizika va mantiq bilan birgalikda falsafaning uzviy (uchinchi) qismi hisoblanar edi. Keyinchalik (Arastudan so‘ng) alohida falsafiy yo‘nalishdagi fan maqomini oldi. Bu fikrni quyidagicha kengaytiribroq talqin etish mumkin. Ma’lumki, falsafaning fanlar podshosi sifatidagi vazifasi barcha tabiiy va ijtimoiy ilmlar erishgan yutuqlardan umumiy xulosalar chiqarib, insoniyatni xaqiqatga olib borishdir. Shundan kelib chiqqan holda, falsafaning predmetini tafakkur deb belgilash maqsadga muvofiq. Axloqshunoslik axloqiy tafakkur taraqqiyotini tadqiq etadi va amaliyotda insonni ezgulik orqali haqiqatga olib borishga xizmat qiladi. SHu bois uni axloq falsafasi yoxud ezgulik falsafasi deb atash mumkin. Ahloqshunoslik (etika) ning ob’ekti odam, inson, shaxsdir. Biroq ahloqshunoslik kishilar hayoti va faoliyatlarining barcha jihatlarini emas, balki muayan bir sohasi, ya’ni odobini, xulqini, fe’l-atforini, yurish-turishini, o‘zaro munosabatini, tabiat, jamiyat va uning hodisalariga bo‘lgan munosabatlarini o‘rganadi. Xuddi shu ma’noda ahloqshunoslik (etika)ning bahs mavzui muammo sifatida oddiy kishilardan tortib buyuk mutafakkirlarimiz, ziyolilarimiz, davlat arboblarimizgacha qiziqtirib kelgan. Chunonchi Arastu ahloqshunoslik (etika)ni ahloqni o‘rganadigan amaliy fan, jamiyat haqidagi fanlardan biri deb hisoblagan. Stoiklar ahloqshunoslik (etika)ni alohidan fan sifatida ajratib, uni ko‘pincha inson tabiati xaqidagi fan deb tushungan edilar. Niderlandiya faylasufi B.Spinoza (1632-1677) o‘zining «Etika» asarida ushbu fanni substansiya (mohiyat) va uning moduslari (xususiyatlari) to‘g‘risidagi ta’limot degani. Fransuz ma’rifatparvar-faylasufi P.A.Golbax (1723-1793): «Ahloq odamlararo mavjud bo‘lgan munosabatlar va shu munosabatlardan kelib chiqadigan mas’uliyatlar haqidagi fan»,- degan edi. Nemis faylasufi I.Kant (1774-1884) ahloqshunoslik (etika)ni zarur narsalar to‘g‘risidagi fan deb bilgan. Ko‘zga ko‘ringan nemis faylasufi G.V.F.Gegel (1770-1831) esa Etika (ahloqshunoslik)ni o‘z-o‘zidan rivojlanuvchi mutloq g‘oya (absolyut ideya) haqidagi fan degan. 1 Юсупов Э. Инсон камолотининг маънавий асослари. Т., Университет, 1998, 38-б. Axloqshunoslikning asosiy va muhim vazifasi kishilarning xulqi, odobi, yurish- turishi, muomalasining mohiyatini, xususiyatlarini va taraqqiyot qonunlarini ochib berishdan iborat. Axloqshunoslik xudi shuningdek axloqning tushunchalari (yaxshilik va yomonlik, adolat, baxt, vijdon, burch va hokazo) tamoyillarini (insonparvarlik, mexnatsevarlnk, vatanparvarlik, baynalmilallik, hamkorlik va hokazo) axloq mezonlari (normalari) jumladan xushmuomalalik, shirinsuxanlik, xalollik, rostgguylik, kamtarlik chidamlilik, himmatlilik, samimiylik, do‘stlik, sharmu-hayo va hokazolarni ilmiy-amaliy asoslab beradi. Axloqshunoslikning Yana bir muxim vazifasi insonlarning axloqiy tarbiyasini amalga oshirish, axlokiy kamolotini shakllanishga xizmat qilishdir. Axloqshunoslikning Yana bir vazifasi, insonlar va jamiyat hayotidagi axloqsizlik illatlarining barcha ko‘rinishlarini bartaraf kilish va ularni bartaraf etish yo‘llari hamda vositalarini izoxlab berishdan iborat. «Yomon ishlarning teskarisini qilib, yaxshi bo‘ldim» degan ekan Luqmoni ¥akim. Yana «odobni beodobdan o‘rgan» deydilar. Albatta, beodobdan o‘rganiladigan narsaning o‘zi yo‘q, lekin birovlarning xatosi, gunoxini salbiy xislatlarini takrorlamagan kishi eng oliy odamdir. Bunday odamning axlokiyligining o‘zi bir kutlug‘ ish bo‘lsa, birovlarning axloqsizligini takrorlamaganligi uchun ikki kara ulug‘dir. Chunki beodobning kilig‘i, xatti-harakatlari, fe’l-atvori odob doirasidan tashqarida bo‘lgani uchun uning qilayotgan odobsizliklarini ko‘rib, shunday qiliqlarni hatti-harakatlarni takrorlamaslik, bu odobdandir. Demak, beodobdan o‘rganilgan odob uning beodobliklarini payqay bilish va ularni o‘z hayotida qilmaslikdir. Demak axloqshunoslik Fani inson turmushi va faoliyati, jamiyat hayotida har tomonlama muhim ahamiyatga ega bo‘lgan fanlardan biridir. Hozir u falsafiy fan sifatida uch yo‘nalishda ish olib boradi, ya’ni axloqiy tafakkur taraqqiyotini tadqiq etar ekan, u axloqni: 1) bayon qiladi; 2) tushuntiradi; 3) o‘rgatadi. Shunga ko‘ra, u tajribaviy-bayoniy, falsafiy-nazariy va mezoniy-me’yoriy tabiatga ega. Qadimgilar uni amaliy falsafa deb ataganlar. Zero, sof nazariy axloqshunoslikning bo‘lishi mumkin emas. U insoniyat o‘z tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikmatlar, naqllar, matal-maqollar tarzida bayon etadi, kishilarni axloqiy qonun-qoidalarga o‘rgatadi, ularga axloqning mohiyatini tushuntiradi va falsafiy xulosalar chiqaradi. ya’ni axloqshunoslik fanida Aflotun, Arastu, Epikur, Sitseron, Seneka, Avgustin, Forobiy, Ibn Sino, G‘azzoliy , Nasafiy, Spinoza, Kant, Hegel, Shopenhauer, Foyerbax, Kirkegaard, Nitsshe, Vl. Solovyov, Losskiy singari buyuk faylasuflar yaratgan axloq nazariyasiga doir ta’limotlar bilan birgalikda «Panchatantra», «Qutadg‘u bilik», «Qobusnoma», Sa’diyning «Guliston», Jomiyning «Bahoriston», Navoiyning «Mahbub ul-qulub», Montenning «Tajribanoma», Laroshfukoning «Hikmatlar», Gulxaniyning «Zarbulmasal» kabi amaliy axloqqa bag‘ishlangan asarlari ham o‘z mustahkam o‘rniga ega. Axloqshunoslikning boshqa falsafiy fanlardan farqi ham, o‘ziga xosligi ham undagi nazariya bilan amaliyotning ana shunday omuxtaligidadir. Ahloqshunoslikning asosiy va muhim vazifasi kishilarning xulqi, odobi, yurish - turishi, muomalasining mohiyatini, xususiyatlarini va taraqqiyot qonunlarini ochib berishdan iborat. Ahloqshunoslik xuddi shuningdek ahloqning tushunchalari (yaxshilik va yomonlik, adolat, baxt, vijdon, burch va hokazo) tamoyillarini (insonparvarlik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, baynalmilallik, xamkorlik va hokazo) ahloq mezonlari (normalari) jumladan xushmuomalalik, shirinsuxanlik, xalollik, rostggo‘ylik, kamtarlik chidamlilik, himmatlilik, samimiylik, do‘stlik, sharmu-hayo va hokazolarni ilmiy-amaliy asoslab beradi. Ahloqshunoslikning yana bir muhim vazifasi insonlarning ahloqiy tarbiyasini amalga oshirish, ahloqiy kamolotini shakllanishga xizmat qilishdir. Ahloqshunoslikning YAna bir vazifasi, insonlar va jamiyat hayotidagi ahloqsizlik illatlarining barcha ko‘rinishlarini bartaraf qilish va ularni bartaraf etish yo‘llari hamda vositalarini izoxlab berishdan iborat. «Yomon ishlarning teskarisini qilib, yaxshi bo‘ldim» degan ekan Luqmoni Hakim. YAna «odobni beodobdan o‘rgan» deydilar. Albatta, beodobdan o‘rganiladigan narsaning o‘zi yo‘q, lekin birovlarning xatosi, gunohini salbiy xislatlarini takrorlamagan kishi eng oliy odamdir. Bunday odamning ahloqiyligining o‘zi bir qutlug‘ ish bo‘lsa, birovlarning ahloqsizligini takrorlamaganligi uchun ikki kara ulug‘dir. Chunki beodobning qilig‘i, hatti-harakatlari, fe’l-atvori odob doirasidan tashqarida bo‘lgani uchun uning qilayotgan odobsizliklarini ko‘rib, shunday qiliqlarni hatti-harakatlarni takrorlamaslik, bu odobdandir. Demak, beodobdan o‘rganilgan odob uning beodobliklarini payqay bilish va ularni o‘z hayotida qilmaslikdir. Demak ahloqshunoslik Fani inson turmushi va faoliyati, jamiyat hayotida har tomonlama muhim ahamiyatga ega bo‘lgan fanlardan biridir. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling