Etika va Estetika fanlarining predmeti va vazifalari Reja: “Etika” fanining predmeti, muammolari va vazifalari


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/42
Sana22.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1043336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Etika -estetika fanlarining predmeti (1)

 Ezgulik va yovuzlik. Asosiy tushunchalar orasidagi yana bir juftlik - ezgulik va 
yovuzlik; ezgulik axloqshunoslikdagi eng muhim kategoriyalardan. U inson faoliyatining 
asl mohiyatini anglatadi - Tangri irodasining inson qalbidagi tajassumi sifatida namoyon 
bo‘ladi. «Ezgu o‘y, ezgu so‘z, ezgu a’mol» uchligi «Avesto» dan tortib barcha muqaddas 
kitoblarda etakchi o‘rinni egallashi ham shundan. 
Ezgulik - insonga eng kuchli ma’naviy lazzat bag‘ishlaydigan, uni ijtimoiy 
shaxsga aylantirib, haqiqiy baxtga olib boruvchi fazilat; shaxsni komillikka, jamiyatni esa 
yuksak taraqqiyotga etkazuvchi yuksak qadriyat. U insonning axloqiy faoliyati tufayli 
muayyanlashadi, yuzaga chiqadi. Uni sinfiylik yoxud partiyaviylik qobig‘iga o‘rash 
mumkin emas. Chunonchi, «sinfiy dushmanni», ya’ni biror bir shaxsni yoki guruhni faqat 
boshqa sinfga mansub bo‘lgani uchun jisman yo‘qotish, qanchalik bo‘yab-bejalmasin, 
ezgulik bo‘lolmaydi. U tom ma’nodagi yovuzlikdir. Totalitar tuzumlar mafkurasida 
ezgulikni bunday talqin etishning noilmiyligi, soxtaligi hozirgi kunda hammaga ayon. 
Ezgulik va uning ziddi yovuzlik odatiy, kundalik hayot mezonlari bilan 
o‘lchanmaydi, ular ham muhabbat singari qamrovli va ijtimoiylik xususiyatiga ega. 
Ezgulikning axloqiy ideal bilan bog‘liqligi shundan. Shu tufayli u amaliyotda qahramonlik, 
vatanparvarlik, insonparvarlik, jasurlik singari tamoyillarni o‘z ichiga oladi. 
Shuni ham aytish kerakki, muhabbat va nafrat juftlik tushunchasida nafrat 
muhabbatni inkor etmay, aksincha, uning barqarorligidan dalolat bersa, ezgulik va 
yovuzlik juftligida har ikki tushuncha bir-birini tamomila inkor etadi. Nafaqat inkor etadi
balki ular orasida hayot-mamot kurashi ketadi va bu kurash abadiy kurash sifatida, olamni 
harakatga keltiruvchi kuch tarzida namoyon bo‘ladi. 
Ezgulik va yovuzlikning yana bir o‘ziga xos tomoni shundaki, bu juftlik tushuncha 
inson faoliyatini baholash xususiyatiga ega. Uni odam bolasining ulug‘ligi va tubanligini 
o‘lchaydigan muqaddas tarozuga o‘xshatish mumkin. Insonning komilligi, jamiyatning 
takomilga erishgan-erishmagani shu mezon bilan o‘lchanadi. Chunonchi, Lenin, Stalin, 
Hitler, Pol Potlarni yovuz insonlar, sobiq sho‘rolar ittifoqini esa jamiyat sifatida «Yovuzlik 
saltanati» deb baholanishi buning yorqin misolidir. 
7 Золя Э. Собрание сочинений в 26 томах. Т.-24, М., ИХЛ, 1966. С. 7.



Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling