Etiket va uning xususiyatlari


Tanishuv va tanishtiruv etiketi


Download 26.67 Kb.
bet2/5
Sana19.04.2023
Hajmi26.67 Kb.
#1364395
1   2   3   4   5
Bog'liq
1.1. Etiket va uning xususiyatlari

Tanishuv va tanishtiruv etiketi
Odob qoidalari (oddiy xavfsizlik nuqtai nazardan ham) notanish odamlar bilan ko‘chada, transportda, restoran, teatr hamda boshqa jamoat joylarida tanishishni taqozo etmaydi. Bir tarafdan, o‘zingizni notanish odamga bog‘lashga harakat qilish odobsizlikdir. U siz bilan muloqot qilishni istamayotgan bo‘lishi mumkin. Boshqa tarafdan, birinchi uchragan odam bilan tanishuv layoqatsizlik, ba’zida esa xavflidir ham! Xudo biladi u odam kim bo‘lib chiqadi? Unda qanday tanishish lozim? Odob qoidalariga binoan, turmush mezonlari bo‘yicha ham, tanishuv uchun o‘rtada ikki tarafga ham tanish bo‘lgan vositachi orqali ro‘y beradi. Siz unga tanishishni istagan odami bilan ko‘rishish uchun murojaat qilishingiz mumkin. Tanishtirganlaridan so‘ng, uning bunga javoban muomalasidan qanchalik siz bilan aloqa qilishni istashini bilib olish mumkin. Agar uning sovuqqonligini his qilsangiz, aloqani davom ettirmagan ma’qul. Tanishtirish yoki tanishish tanishuvchilarning yoshiga, jinsiga va tanishish joyiga bog‘liq bo‘ladi. Qayerda va qachon tanishish zarur? Birinchi navbatda, sharoitga qarab kelgusida tez-tez uchrashib turishga to‘g‘ri keladigan shaxs bilan tanishiladi yoki tanishtirish iltimos qilinadi. Asosiy qoidalari quyidagicha so‘zlar bilan ifodalanadi: “Sizni tanishtirsam...”, “Tanishtirishga izn bersangiz...”, “Gulnora, tanishing..." 13 Tanishtiruvchi kishi har ikkala tamonning ism, familiyalarini mulozamatlik bilan ochiq-oydin aytib ularni tanishtiradi. Bu yerdagi asosiy qoida: kichik yoshdagi kishi – katta yoshdagi kishiga, erkak-ayolga, xodim-rahbarga tanishtiriladi. Tanishtiruvchi kishi avvalo, kichik yoshdagi kishining, keyin kattaning, avval erkak, keyin ayolning, avval xodim, so‘ngra rahbarning ismi va familiyasi aytadi. Yoshlarni katta yoshdagi insonga tanishtirishda, odatda, savolomuz murojaat qilinadi; M: Ustoz, magistr Abdullayevni siz bilan tanishtirishga ruxsat bersangiz?, yoki Hurmatli rektor, iqtidorli talaba Komilovni sizga tanishtirmoqchi edim? Bunday hollarda tanishtirilayotgan kishi ustoz hamda rektorning ismini aytmaydi. Hamma vaqt ham, beistisno, erkak kishi ayolga tanishtiriladimi? Yo‘q, hamma vaqt shunday qilinmaydi. Erning o‘z rafiqasini yor-do‘stiga tanitishi o‘z xohishiga bog‘liq: “Do‘stim Sardor, tanishing – bu mening rafiqam” qabilida. Odatda, yaqin qarindoshlarning ismlari avval, tanish-bilishlarning ismlari esa keyin aytiladi. Oila a’zolarini tanitganda ularning ismlari aytilmaydi. Masalan, “turmush o‘rtog‘im”, “opam”, “singlim” yoki “ukam” deyiladi.
Ishxonada. Yangi xodimni jamoaga rahbar tanishtiradi. Eski xodimlar yangi kasbdoshlarini ish jarayoni bilan tanishtiradilar va to xodim “joylashib” olguncha sharoit yaratishga harakat qiladilar. Ba’zi bir xodimlar o‘rtasidagi munosabatlar hamda o‘zaro arazlar haqida yangi xodimga “yetkazish” shart emas. Bir jamoa munosabatining shakli ularning o‘zaro do‘stona layoqati hamda oldindan mavjud odatlarni ushlash darajasiga bog‘liq. Ammo har qanday holatda ham do‘stingiz familiyasini aytib murojaat qilishingiz noto‘g‘ri. Ish vaqtida xizmatga doir vazifalarni bajarayotganda o‘zingizni idorangiz nomidan tanitasiz, shunga ko‘ra hamma vaqt ham ism, familiyani aytish shart emas. Dam olish maskanidagi hayot tanishishning nisbatan oddiyroq shaklini taqozo etadi. “Kitobingizni ko‘rsam maylimi?”, deb boshlangan murojaatning o‘zi yaqin munosabatga asos bo‘la oladi. Bunday holatda qo‘shni stol va hamxonaningizga o‘zingizni tanishtirishingiz maqsadga muvofiq. Umumiy tanishuv hamda do‘stona kayfiyatni paydo qilishda ba’zi oromgohlarda bo‘lgani kabi “tanishuv kechalari” o‘tkazish yaxshi qo‘l keladi. O‘zaro tengdoshlar – qizlar va bolalarning tanishuvida ismning o‘zi yetarli.
Ism-shariflar haqida gap ketadigan bo‘lsa, bu borada yaxshi xotiraga ega bo‘lish odamni vaziyatdan olib chiqib ketadi. Ko‘p yillardan so‘ng ko’rishib qolganda biz tezda yodga olgan ismning egasi xursand bo‘ladi. Ammo begona ismlar tezda xotiradan chiqib ketadigan vaziyatlar juda ko‘p. Bunday holatda bildirmaslikka harakat qiling. Agar siz bu vaziyatdan chiqish yo‘lini topa olmasangiz: “Uzr yodimdan ko‘tarilibdi”, deb tan olishga to‘g‘ri keladi. Bunda vaziyatdan hazil yoki ishonchlilik orqali chiqib ketish mumkin. Yomon xotirada qayta tanishishga to‘g‘ri keladi. Bunda “Biz tanishmiz” degan javobni eshitmaslik uchun o‘z ismi sharifini aytib so‘rashmagan ma’qul. Boshqa tarafdan, bizni tanimay hayron bo‘layotgan yaqinimizga quvonch va ehtiros bilan tashlanar ekanmiz: “Meni taniyapsizmi?” deb uni qiynamaganimiz ma’qul. Bundan u noqulay axvolga tushishi mumkin. Ammo “Biz falon joyda tanishgandik” degan ma’noda so‘z orasida silliq qilib eslatib ketganimiz durust. Bu uni kim bilan gaplashayotganini eslashiga yordam beradi.

Download 26.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling