Etilatsetatning sovunlanish reaksiyasi tezlik konstantasi va aktivlanish energiyasini aniqlash
Download 309.4 Kb.
|
aktivlanish energiyasi
Ishning borishi. Tajriba. 100 ml hajmli toza, quruq kolbaga 50 ml 0,2 N xlorid kislota ertimasi quyiladi va uni termostatga (t=20) joylashtiriladi. Kolba qo’zg’almasligi uchun temir shtativga mahkamlanadi. Eritma termostat temperaturasini olganda (10-15 min), unga 5 ml etilatsetat quyiladi va eritmani aralashtirib, darhol pipetka bilan reaksion aralashmadan 2 ml olinadi; etilatsetat qo’shish vaqtini reaksiyaning boshlanishi deb qabul qilinadi. Qolgan aralashmali kolbani tajriba davomida efir bug’lanib ketmasligi uchun tiqin bilan zich mahkamlanadi va tajriba oxirigacha termostatdan chiqarib olinmaydi.
Etilatsetat sovunlanish reaksiyasini tormozlash uchun olingan namunani pipetkadan 40-50 ml sovuk suvi bo’lgan (0 dan 2C gacha) boshqa kolbaga quyiladi. Sovuk suv oldindan tayyorlangan bo’lishi kerak. Buning uchun Erlenmeyer kolbasiga 40-50 ml distillangan suvdan olib, namuna olishdan 15-20 min oldin muzli idishga solib qo’yiladi. So’ngra namuna 10-15 sek davomida yo’qolmaydigan qizil-pushti rang hosil bo’lguncha fenolftalein ishtirokida o’yuvchi natriy eritmasi bilan tirlanadi. Agar qandaydir sabab bilan titrlashni namuna sovuq suvga qo’yilgandan so’ng darhol bajarib bo’lmasa, unda namunali kolbani muzli idish ichiga qo’yib turiladi. Birinchi namunani titrlashga sarflangan NaOH eritmasining millilitr miqdori bilan ertimadagi xlorid kislota konsentratsiyasini aniq topish mumkin. Keyingi namunalarni, masalan, 15, 30, 50, 80 va 120 minutdan keyin, ya’ni xlorid kislota bo’lgan kolbaga efir quyilgandan so’ng kolbani termostatdan chiqarmasdan, pipetka bilan yana namuna olinadi va yuqorida ko’rsatilganidek titrlanadi. Namunani sovuq suvga quyilish vaqti aniq belgilanadi va u namuna olish vaqti deb olinadi. Chunki namuna sovutilganda reaksiya to’xtab qoladi, deb hisoblash mumkin va shunga ko’ra, titrlashda topilgan moddaning konsentratsiyasi namuna olingan vaqtdagi uning reaksion idishdagi konsentratsiyasiga to’g’ri keladi. Reaksiya borish jarayonida efirning sovunlanishidan hosil bo’ladigan sirka kislota miqdorini aniqlash uchun xlorid kislotani neytrallashga darrov oldingi titrlashga ketgan miqdorda NaOH eritmasi qo’shiladi, so’ngra esa asta-sekin titrlash oxiriga etkaziladi. Etilatsetatning dastlabki konsentratsiyasini aniqlash uchun efirning sovunlanishi yakunlangandan so’ng reaksiya oxirida olingan namunadagi sirka kislotani tirlash kerak. Bunda qo’shimcha miqdordagi suv ta’sirida muvozanat juda tezlik bilan o’ngga siljishini va sovunlanish reaksiyasi oxirigacha borishini hisobga olish kerak. Xona sharoitida reaksiya 24 soatdan so’ng tugaydi. Shunga ko’ra, oxirgi namunani olish uchun reaksion aralashmali kolbani termostatdan olinadi va keyingi kun eritmaning 2 ml ini titrlash kerak. Lekin sovunlanish reaksiyasini tezlashtirish mumkin. Buning uchun kolbaning og’zini teskari sovutgich o’rnatilgan tiqin bilan mahkamlab, 30 min davomida 70-80C gacha suv hammomida isitish kerak. Reaksion aralashmadan efir uchib ketmasligi uchun suyuqlik bug’lari sovutgichning pastki qismida kondensatlanishini tekshirib turish lozim. Eritma sovutilgandan so’ng 2 ml namuna olib titrlanadi. Xuddi shunday qilib tajriba 30 va 40C temperaturalarda o’tkaziladi. 30C da bajariladigan tajribani 30-50 minutdan so’ng, 40C da boradigan tajribani (20C da boshlangan tajribadan keyin) esa, 80-100 minutdan so’ng boshlanadi. Temperatura ko’tarilganda reaksiya tezligi ortishi hisobiga alohida olinadigan namunalar orasidagi vaqtni qisqartirish mumkin. Har bir namuna analizidan olingan natijalar quyidagi jadvalga yoziladi:
Download 309.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling