Etilatsetatning sovunlanish reaksiyasi tezlik konstantasi va aktivlanish energiyasini aniqlash
Download 309.4 Kb.
|
aktivlanish energiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning hisoboti
Hisoblashlar. Har xil vaqt momentidagi reaksiyaning tezlik konstantasini hisoblash uchun (7) tenglamadan foydalaniladi va so’ngra K ning o’rtacha qiymati topiladi. Shunga o’xshash hisoblashlarni K uchun har bir temperaturada qilib ko’riladi. Reaksiyaning o’rtacha tezlik konstantasini grafik usulda aniqlash mumkin. Buning uchun (7) tenglama quyidagicha yoziladi:
Keyin grafik holda lg(b-bt) ning vaqtga bog’liqligi ko’rsatiladi. Bu kattaliklarni ordinatalar o’qiga, vaqtni esa abssissalar o’qiga qo’yiladi. K/2,303 to’gi burchakka yondosh burchak tangensiga teng bo’lib, bundan K = 2,303 tg a kelib chiqadi. tg a burchak qarshisidagi katetning yon katetga nisbatiga teng. O’rtacha qiymatdan foydalanib, har xil temperaturadagi reaksiyaning tezlik konstantasidan reaksiyaning temperature koeffitsiyenti va aktivlanish energiyasini (4) va (6) formulalar yordamida hisoblash mumkin. Har bir kattalik uchun 2 ta qiymat hisoblanadi va so’ngra ulardan o’rtachasi topiladi.
Ishning hisoboti: 1. 20, 30, 40C temperaturalarda olingan reaksiyaning tezlik konstantalarini taqqoslash. 2. Tezlik konstantasi (K) o’zgarishining temperaturaga bog’liqligini belgilash. 3. 30-40C dagi reaksiya tezlik konstantasidan foydalanib, aktivlanish energiyasini hisoblash. 4. 20 dan 30 va 30 dan 40C gacha bo’lgan temperatura oralig’idagi temperatura koeffitsiyentini hisoblash. 5. Temperatura koeffitsiyenti - ning o’rtacha qiymatini topish. Download 309.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling