Etiologik omil kasallik qo‘zg‘atuvchisi infektsion, mexanik, termik, kimyoviy, tromboz, qon quyilishi, to‘qimalarning nekrozga uchrashi kabi omillar. Infektsiyaning tarqalishi


Download 154.43 Kb.
bet4/4
Sana05.02.2023
Hajmi154.43 Kb.
#1167533
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu1

Davosi: Tashqi jinsiy soha tuklarini olib tashlab, gigiyenik omillardan foydalanish, antiseptik eritmadlar bilan yuvish. Bemor o‘rinda yotishi, ovqatlanish rejimiga rioya qilish, umumiy quvvatni oshiradigan dorilar tavsiya etish.
Vulvovaginit - tashqi jinsiy a’zo va qinning yallig‘lanishi. Spesefik va nospesefik yallig‘lanishga bo‘linadi. Vulvovaginitlarni keltirib chiqaradigan sabablar asosan yosh qizlarda qinga yot jismlaming kirib qolishi (o‘yinchoqlarning mayda qismlari va shunga o‘xshash narsalar), ko‘pincha gijja kasalliklari (ostrisa), shikastlanishlar hisoblanadi. Diagnostikasida bemor qiz bolalarni ko‘zdan kechirish, o‘zidan va onasidan anamnez yig‘ish, quloq voronkasi orqali vaginoskopiya qilish, sistoskopni qizlik pardasidan ohista kiritib, vaginoskopiya qilish etarli samara beradi. Qo‘shimcha tekshirish usullaridan bazal haroratni aniqlash muhim ahamiyatga ega. Laboratoriya tekshirish usullarida keskin kamqonlik aniqlanishi mumkin.
Davolash: Ingichka kateter yordamida dezinfektsiya qiladigan eritmalar rivanol (1:5000), Furatsilin (1:10000), vodorod peroksidi 3% li eritmasi bilan qinni chayiladi. Qinga ekmalin(lOMLN), penisillin30000 birlikda, dizosin 4 ml 0,25% li bolon yordamida purkab turiladi. Polimiksin, furazolidon, neomitsin 100000 bir. Og‘riqni kamaytirish va yallig‘lanish jarayoniga qarshi dori vosita- larini qo‘llash tavsiya etiladi.
Nazorat savollari:

  1. Ayol jinsiy a’zolarining yallig‘lanish kasalliklari qo‘zg‘atuvchilari,

tarqalish yo‘llari.

  1. Ayol jinsiy a’zolarining yallig‘lanish kasalliklari tasnifi.

  2. Tashqi jinsiy a’zolar yallig‘lanishi.

  3. Ichki jinsiy a’zolar yallig‘lanishi.

Tayanch so‘z va iboralar:
Vulvit, bartolinit, vaginit, kolpit, ektropion, endotservitsit, psevdo- eroziya, chin eroziya, endometrit, biopsiya, krioterapiya, fiziotcrpiya
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Ya.N. Allayorov “Akusherlik” Toshkent, 2008.

  2. M.F. Ziyaeva, G.Mavlonova “Ginekologiya” Toshkent, 2007.

  3. A.A.Qodirova,Yu.K.Jabborova.''Akusherlik'' Toshkent 1993.

Download 154.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling