Etiologiyasi
Homiladorlik vaqtida DSP rivojlanishiga olib keluvchi omillar quyidagilar
Download 402.94 Kb.
|
Bolalar serebral falajligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tugʻruq vaqtida bolada DSP rivojlanishiga olib keluvchi omillar
- Tugʻruqdan keyin bolada DSP rivojlanishiga olib keluvchi omillar
- Bolalarda DSP klassifikatsiyasi
- 1. Spastik diplegiya (Litll kasalligi)
Homiladorlik vaqtida DSP rivojlanishiga olib keluvchi omillar quyidagilar:
Fetoplasentar yetishmovchilik; Yoʻldoshning erta koʻchishi; Homiladorlar nefropatiyasi; Homiladorlik infeksiyalari (sitomegalovirus, qizilcha, toksoplazmoz, gerpes, sifilis); Rezus konflikt; Homilador ayol somatik kasalliklari (qandli diabet, gipotireoz, yurak tugʻma va orttirilgan nuqsonlari, arterial gipertenziya); Homiladorlik vaqtida ayolning turli xil travma olishlari. Tugʻruq vaqtida bolada DSP rivojlanishiga olib keluvchi omillar: Homilaning chanoq bilan kelishi; Muddatidan oldingi tugʻruq; Kuchli tugʻruq jarayoni; Diskoordinatsiyalangan tugʻruq jarayoni. Tugʻruqdan keyin bolada DSP rivojlanishiga olib keluvchi omillar: Chaqaloqlar asfiksiyasi (aspiratsiya natijasida); Gemolitik kasallik; Oʻpkalardagi tugʻma nuqsonlar; Ona va bola qoni bir biriga toʻgʻri kelmasligi natijasida bosh miyaning toksik zaharlanishi. Bolalarda DSP klassifikatsiyasi Bosh miya strukturasi zararlanish sohasiga qarab bolalar nevrologiyasida DSPning 5 turi farqlanadi. Ular orasida eng keng tarqalgani spastik diplegiyadir. Bunday holat barcha DSPlarning 40-80 % ini tashkil etadi. Bosh miyaning harakat markazlari zararlanadi, natijada oyoqlarda parezlar kelib chiqadi. Bosh miyaning faqatgina bir yarimsharida zararlanish roʻy beradigan boʻlsa, harakat buzilishi tananing qarama qarshi tomonida yuzaga chiqadi. Klinikasi. Klinik sindromlar patologik jarayon bosh miyaning qaysi sohasida joylashganiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Shu bois kasallikning quyidagi klinik turlari farqlanadi. 1. Spastik diplegiya (Litll kasalligi) – bolalar serebral falajligining ikkala oyoqda spastik falajlik (diplegiya) bilan namoyon bo‘luvchi turi. Bu holatni xalq tilida «ikkala oyog‘i shol bola» deb ham atashadi. Litll kasalligi, ya’ni spastik diplegiya BSF ning eng ko‘p uchraydigan va birinchi bo‘lib o‘rganilgan turidir. Bunday bolalar deyarli nogironlar aravachasiga mixlangan bo‘ladi. Ikkala oyoqdagi muskullarda spastik gipertonus notekis joylashadi, ya’ni sonni oldinga bukuvchi, boldirni yozuvchi va oyoq panjasini pastga bukuvchi muskullar tonusi keskin oshadi. Buning natijasida oyoqlar tizza bo‘g‘imida yozilgan va oldinga cho‘zilgan, oyoq panjalari esa pastga keskin bukilib ichkariga rotatsiya qilib qoladi. Bunday bolani qo‘ltig‘idan ushlab turg‘izmoqchi bo‘lsangiz, ikkala oyoqning ichkariga rotatsiyasi kuchayadi va oyoq panjalari bir-birining ustiga o‘tiradi yoki X-simon tarzda kesishadi. Bolani yurg‘izmoqchi bo‘lsangiz, uning tovonlari yerga tegmaydi, balki oyoq uchi bilan yurishga urinadi. Ikkala oyoqda ham periostal va tizza reflekslari keskin oshadi, biroq axill refleksi pasaygan bo‘lishi mumkin (muskullar tonusi noto‘g‘ri taqsimlanishi sababli). Bunday bolalarda spastik falajlik belgilari qo‘llarda ham namoyon bo‘lishi mumkin, biroq ular aksariyat hollarda yengil ifodalangan bo‘ladi. Ba’zida qo‘llarda apraksiya belgilari yaqqol ifodalanadi, xoreo-atetoid giperkinezlar aniqlanadi. Buning natijasida bola qo‘l bilan bajariladigan ishlarni (qoshiq yoki piyolani ushlash, tugmalarni taqish va b.q.) bajara olmaydi, husnixati keskin buziladi. Agar apraksiya oral va mimik muskullarda ham kuzatilsa, bolaning og‘ziga berilgan ovqatni ham chaynab yutishi amrimahol bo‘lib qoladi. Ularda dizartriya ham aniqlanadi. Ikkala oyoqdagi ushbu patologik holat turli darajadagi mushak-bo‘g‘im kontrakturasi rivojlanishiga olib keladi. Kontrakturalar nafaqat oyoq bo‘g‘imlarida, balki umurtqa pog‘onasida ham rivojlanadi va ko‘pincha, kifoz va kifoskolioz bilan namoyon bo‘ladi. Buning natijasida ko‘krak qafasi shakli ham o‘zgaradi. Ba’zi bolalarda ruhiy va aqliy rivojlanishdan orqada qolish, psevdobulbar falajlik, kranial nevropatiyalar va dislaliya aniqlanadi. Ular doimiy parvarishga muhtojdir. Download 402.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling