Etiologiyasi
Download 402.94 Kb.
|
Bolalar serebral falajligi
6. Atonik-astatik turi tik tura olmaslik, yurolmaslik va muskullarning to‘la atoniyasi bilan namoyon bo‘ladi. Bunday bolalar o‘rnidan turolmaydi, o‘tira olmaydi, boshini to‘g‘ri ushlay olmaydi va qadam tashlab yurolmaydi. Demak, ularda astaziya va abaziya belgilarini kuzatish mumkin. Shu sababli bolada maqsadga yo‘naltirilgan ixtiyoriy harakatlar o‘ta sust rivojlanadi. Bunday bolalarda o‘tirish qobiliyati 2- 3 yoshlarda, tik turish va yurish qobiliyati esa, odatda, 7-9 yoshlarda shakllanadi. Artikulyator nutq o‘ta sust bo‘ladi.
Ba’zi bolalarda ruhiy va aqliy rivojlanishdan orqada qolish aniqlanadi. Kranial nevropatiya (ko‘ruv nervi atrofiyasi, g‘ilaylik) belgilari ham aniqlanishi mumkin. BSF ning aralash turlari ham mavjud bo‘lib, bunday holatlarda bitta bolaning o‘zida yuqorida ko‘rsatilgan ikkita yoki undan ham ko‘p sindromlar aniqlanadi. Erta bolalik davrida, ko‘pincha, spastik diplegiya (Litll kasalligi), gemiplegik turi va ikki tomonlama gemiplegiya kuzatilsa, biroz katta yoshdagi bolalarda aralash turlari, ya’ni giperkinetik-distonik, ataktik va atonik-astatik turlari ko‘p uchraydi. BSF da vegetativ va neyroendokrin buzilishlar ham ko‘p aniqlanadi. Bular – doimiy taxikardiya, vestibulyar bosh aylanishlar, ortostatik gipotenziya, ko‘p terlash, kseroftalmiya, og‘iz qurishi, giperkeratoz, semizlik, ginekomastiya, jinsiy a’zolarning rivojlanmay qolishi, enurez va trofik yaralardir. BSF ning yengil turlarida ham psixoemotsional va serebrastenik simptomlar ko‘p aniqlanadi. BSF da klinik sindromlar har doim ham yuqorida ko‘rsatilgan tarzda to‘la shakllanavermaydi. BSF gidrosefaliya, oligofreniya va bir qo‘lning monoparezi yoki mikrosefaliya, epileptik xurujlar va ataksiya yoki faqat oligofreniya, fokal giperkinezlar va kranial nevropatiyalar bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Ba’zida sindrom faqat kranial nevropatiyalar (g‘ilaylik, nistagm, ko‘ruv nervi atrofiyasi, gemianopsiya, karlik) yoki aqliy rivojlanishdan orqada qolish bilan namoyon bo‘ladi. Bolalar serebral falajining koʻpgina holatlarida poʻstloq osti markazlari buzilishi bilan bogʻliq giperkinetik shakli uchraydi. Kasallik klinikasida ixtiyorsiz harakatlar – giperkinezlar namoyon boʻladi va bunday holat bola hayajonlanganda, qoʻrqqanda yaqqol yuzaga chiqadi. Miyachaning zararlanishi natijasida atonik-astatik bolalar serebral falaji shakllanadi. Kasallik belgilari statika va koordinatsiya, mushaklar atoniyasi koʻrinishida namoyon boʻladi. DSPning eng ogʻir koʻrinishi ikki tomonlama gemiplegiyadir. Bunda bosh miya yarimsharlarining ikki tomonlama zararlanishi roʻy beradi. Bolalar mushaklari rigidligi hisobiga nafaqat yurish, tik oyoqda turish hatto mustaqil ravishda boshlarini ham tutishga qiynaladilar. Download 402.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling