Var.2 (…) aka, puliga turib bera olsangiz, mayli boshqa (soha turi)lar bilan ishlamaymiz.
E’tiroz: Boshqa (faoliyat turi)lar bilan ham ishlaysizlarmi?
Javob: Var.1 Sizni tushunaman. Sirlaringizdan konkurentlaringiz xabardor bo’lishini xoxlamaysiz. Bundan hech ham havotir olmasangiz bo’ladi. Bizda har bir mijozimiz loyihasi sir saqlanadi va mijoz ruhsatisiz uchinchi shaxsga berilmaydi. Bu haqida rasmiy shartnomamizha ham keltirib o’tilgan.
Var.2 Biz har bir mijozimizga individual yondashamiz. Shuning uchun mijozlarimiz loyihalari bir birini takrorlamaydi. Sizning loyihangiz konkurentingiznikiga o’xshab qolishidan havotir olmasangiz bo’ladi.
Var.3 Bizda mijozlarimiz ma’lumotlari sir saqlanadi. Sizning ma’lumotlaringiz konkurentlaringiz qo’liga tushmasligiga kafolat beramiz. Xuddi shunday ularning ham ma’lumotlari sizga berilmaydi.
Var.4 Bizning maqsadimiz biznesni rivojlanrib ko’proq odamlarga yaxshilik qilish. Ikkita biznesni urishtirish yoki gijgichlash emas. Shuning uchun hech ham havotir olmasangiz bo’ladi. Konkurentingizga yon bosib sizni zararizga ishlaydigan ishlar qilmaymiz.
Vaziyatdan kelib chiqib javoblar berish kerak. Odatda mijoz qaysi holatni nazarda tutayotganini oldin bilmaysiz. Shuning uchun oldin so’rab olish kerak va shunga qarab javob berish kerak.
E’tirozlar bilan ishlab bo’lgandan keyin “yana qandaydir savollaringiz qoldimi?” deb so’rash kerak. Agar muammo yopilmagan bo’lsa boshidan boshlash va vaziyatga aniqlik kiritish kerak. Agar savollar qolmagan bo’lsa suhbat script bo’yicha qolgan etapidan davom etishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |