Var.2 do‘stona munosabat bilan. To’g’risini ayting nimada ikkilanyapsiz? Men kompaniya menejeri sifatida sizga yordam bera olaman, boshqa qulayroq variantlarni taklif qila olaman. Faqat men aynan nimadan ikkinalayotganingizni bilishim kerak. Menga ayting yordam bera olaman…
Var.3 qoniqtirmayotgan narsani so’rash. Keling, ortiqcha vaqt ketkazmaslik uchun hozirning o’zida sizdagi savollarga javob topamiz. Sizni nima qoniqtirmayapti? (muammo aniqlanadi va javob bo’yicha keyingi qadamga o’tiladi)
E’tiroz: Sizga qaytib qo’ng’iroq qilaman.
Qachonki sizga “Sizga qaytib qo’ng’iroq qilaman” degan gapni aytishsa, biling-ki mijoz o‘ylab ko‘rish yoki maslahatlashish uchun vaqt olmoqchi. Yoki menejer qaysidir etapda xatoga yo‘l qo‘ydi va mijozni ishontirishga erisha olmadi.
Hattoki shunday vaziyatlarda ham mijozdan konkret sanani aniqlab olish kerak. Qachon qayta qo‘ng‘iroq qilish (uchrashuv belgilash, javob berish)ni rejalashtiryapti? Agar mijoz rezinaday gapni cho’zishda davom etsa, unga trigger ishlatish mumkin.
Menejer quyidagi frazani ishlatishi mumkin: “To’g’ri tushuning, sizni asabingizga tegmoqchi emasman. Faqat bizning taklifimiz XX sanagacha amal qiladi”.
E’tiroz: Qiziq emas!
Javob: Var.1 Odatda hamma shunday deydi, qachonki oladigan foydasi ko’zga ko’rinmasa. Shu sababdan ham, aynan qanday foydalar olishingizni ko’rsatib berish uchun ko’rishib gaplashib olishni taklif qilaman. Ertaga sizga qaysi vaqtda ko’rishish qulay ertalabmi yoki tushdan keyinmi?
E’tiroz: Vaqtim bo’lganda o’zim bog’lanaman.
Javob: Sizni tushunaman. Biznes ko’p vaqt talab etadi. Lekin vaqt bizni, sizni kutmaydi. Hozir men trubkani qo’yib, sizning konkurentingizga qo’ng’iroq qilib, takliflarimni aytishni boshlayman. Hozir siz vaqt topmay qo’ldan chiqargan imkoningizdan sizning konkurentingiz foydalanishi mumkin.
E’tiroz: Konkurentingizda arzonroq ekan. Yoki boshqa joyda arzonga qiladi kabi e’tirozlar.
Javob: Var.1 To’g’ri, bu sohada faqat biz xizmat ko’rsatmaymiz. Albatta boshqa agentliklar ham bor. Faqat har bir agentlik o’zining fishkasiga ega bo’ladi. (afzalliklar birin ketin keltirib beriladi)
Do'stlaringiz bilan baham: |