Admin: Assalomu aleykum, Habib ilm markazi. Administrator Sevara eshitaman. Mijoz


Download 20.53 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi20.53 Kb.
#1549069
Bog'liq
Mijozlar bilan gaplashish jarayoni


Mijozlar bilan gaplashish jarayoni.

Admin: Assalomu aleykum, Habib ilm markazi. Administrator Sevara eshitaman.
Mijoz: Asssalomu aleykum . Yaxshimisila, Charchamayapsilami?
Admin: Rahmat. Sizga kim deb murojaat qilsam bo’ladi,hurmatli mijoz?
Mijoz: Ismim ….( Zarina, Sevinch, Jahongir, Rustam)
Admin: Zarina, sizga qanday yordam bera olaman, qanaqa savollarizga javob olishni xohlaysiz?
Mijoz: man arab tilini o’rganmoqchidim. Arab tili haqida ma’lumot bera olasizmi?
Admin: arab tili boshlang’ich darslarimiz 5 oyga mo’ljallangan. Unda siz arab alifbosi va harflaridan boshlab o’rganasiz. Harflarni yozish, o’qish, to’g’ri talaffuz qilish, maxraj chiqarish ,so’zlarni qoidalar asosida mukammal o’qish o’rgatiladi.
Ikkinchi bosqich arab tili grammatikasi. Unda siz dialog tuzish, lug’atlar yodlash, suhbat olib borish, tinglab tushunish, diktant yozish , kitob o’qib tarjima qilish o’rgatiladi. Jami 9 oy davomida. Siz grammatika darslarimizni puxta o’rganganingizdan so’ng DTM imtihoniga borib, sertifikat olish imkoniga ega bo’lasiz.
Mijoz: narxi qancha?
Admin: darslarimiz haftada 2 marta 1,5 soatdan narxi 300 ming so’m.
Darslarimiz Sizga qaysi paytda bo’lsa qulay bo’ladi.
Mijoz: peshingacha ( ertalab, kechki guruh)
Admin: Unda sizni 09:00 da yangi ochilgan guruhimizga taklif qilsak bo’ladimi? ( 2. agar yangi guruh bo’lmasa, ro’yxatga yozib qo’yamiz, guruh ochilishi bilan xabar qilamiz. 3.Guruh ochilishi uzoqqa cho’zilsa, sinov darsiga chaqiramiz)
Mijoz : rahmat.

Ko’p beriladigan savollarga javob.


  • Dars puli nega qimmat?

  • Darslarimiz malakali ustozlar tomonidan olib boriladi. Misrda tahsil olgan, CEFR imtihonidan O’zbekiston bo’yicha eng yuqori balni (137) egallagan ustozimiz Habibulloh ustoz va shogirdlari darslarni olib borishadi. Har bir o’quvchi bilan alohida shug’ullaniladi. Siz bitta darsimizda qatnashib ko’rsangiz ‘’qimmat’’ degan fikrizdan qaytishizga aminmiz.

  • Vaqtim to’g’ri kemayapti. Nima qilsam bo’ladi?

  • Sizga qaysi paytda dars qo’yib bersak qulay bo’ladi, shunga qarab guruhimizga taklif qilamiz. Sizga individ darsimizni ham taklif qilaman, bunda sizni vaqtiz inobatga olinadi.

  • Dars soati nega kam ?

  • Nodavlat ta’lim muassasalarida dars soati ta’lim standartlariga binoan haftada 2 marta 1,5 soatdan bo’lishi belgilangan. Shu bois dars soatlari bizda ham shunaqa joriy qilingan.

  • Bir oiladan 2 ta odam kelsa to’lovda qandaydir yengillik bo’ladimi?

  • Bir oiladan 2 va undan ortiq o’quvchi kelsa, 10 foiz chegirma bo’ladi. Ya’ni birinchi o’quvchi o’z holicha to’laydi (300 ming so’m), qolgan o’quvchilar esa 10 foiz chegirma asosida to’laydi.(270 ming so’m)

  • Qur’on va tajvid o’rgatiladimi?

  • Nodavlat ta’lim muassasalarida Qur’ondan dars berishga ruxsat berilmagan. Siz darslarimizda ta’lim olsangiz o’zingiz mustaqil o’rgansangiz bo’ladi. Ammo markaz hududida o’rgatilmaydi.

  • O’qishga ishtiyoqmand ammo to’lov to’lash bo’yicha imkoniyati yo’q o’quvchilar yengillik bo’ladimi?

  • Albatta bo’ladi. Maqsadimiz pul topish emas, bilim berish. Markazga kelib o’z sharoitingizni tushuntirsangiz ( yolg’iz ona, boquvchisini yo’qotgan, ko’p farzandli, imkoniyati og’ir) darslarimiz tekin qo’yib beriladi. Bunaqa o’quvchilar hozir ham markazimizda bor.

  • Dars boshlanganidan keyin to’lovni qachon qilsam bo’ladi?

  • 3 ta dars Ichida to’lov amalga oshirsangiz bo’ladi. (har oyning 10-sanasiga qadar)

  • Qancha muddatda arab tilini o’rgansam bo’ladi?

  • Boshlang’ich darslarimiz 5 oyga mo’ljallangan. Grammatika darslarimiz esa 9 oyga mo’ljallangan.

Mijoz portreti


  • Ism-familiyasi,

  • Hududi,

  • Yoshi,

  • Oilaviy holati, (to’lov bo’yicha muammo bor-yo’qligi)

  • Darajasi qanday, (oldin qayerdadir o’qiganmi?)

  • Qulay vaqt.

Men qiladigan ishlar




  • Telefon orqali mijozlarga javob berish;

  • Tg ijtimoiy tarmog’idan murojaat qilgan mijozlarga javob yozish;

  • Insta orqali murojaat qilgan mijozlarga javob qaytarish;

  • Markazga tashrif buyurgan mijozlarga ma’lumot berish. Qiziqtirgan savollariga javob berish.

  • Ustozlarning vaqtiga qarab yangi guruhlarni ochish;

  • Murojaat qilgan o’quvchilarni dars kunlariga chaqirish;

  • Yangi guruhlarning o’quvchilar ro’yxatini shakllantirish;

  • To’lov qabul qilish;

  • Abdurrohmanga kassa topshirish;

Download 20.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling