Etnografik klassifikatsiya


Download 19.16 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi19.16 Kb.
#1253123
Bog'liq
5-mavzu


Etnografik klassifikatsiya.

Dunyo xalqlari bir necha ming boigani sababli ular haqidagi nisbatan aniq va to iiq manzarani faqat m aium jihatdan guruhlashtirilgan va tizimlashtirilgan m aium otlar bera oladi, xolos. Etnologiyada qator klassifikatsiyalardan foydalanib, ularning yigindisi murakkab hodisa - etnosni tavsiflash, yer yuzidagi har bir etnosning o‘z o‘mini ko‘rsatib berishga imkoniyat yaratadi. Bu borada shuni alohida ta’kidlash lozimki, ilmiy etnologik tavsif - xalqlar hayotidan turli qiziqarli va g‘ayriodatiy m aium otlam i tartibsiz keltirish emas. Har qanday fan, jumladan, etnologiya ham o‘zining ilmiy tili - maxsus atama va tushunchalaming butun bir tizimini yaratib, ularning yordamida turli hodisa va jarayonlaming tavsifi, tahlilini hamda klassifikatsiyasini beradi. Ayrim atama va tushunchalar ushbu qoilanm ada keltiriladi. 9 Rasmiy klassifikatsiya turlariga: geografik, antropologik, til, tarixiyetnografik, xo‘jalik, diniy (etnokonfessional) guruhlashtirishlar kiradi.


Ruslarning ulkan hududda turli tabiiy sharoitlarda joylashganligi ularni ikki turkumga Shimoliy va janubiy rus (velikorus)larga bo‘linishiga sabab bo‘lgan. Ular faqat tili, ya’ni so‘zida «u» yoki «o» ishlatilishi («okayushiye» yoki «akayushiye») bilan farq qiladilar. O‘tmishda moddiy va ma’naviy madaniyatida ham ba’zi farqlovchi xususiyatlar mavjud bo‘lgan. Asrlar davomida ruslar yuqorida qayd qilinganidek Volga orqasiga, Ural va Sibirga asta-sekin siljib g‘ayritabiiy Sharoit va elatlar orasiga tushib, mahalliy madaniyatni singdirib o‘ziga xos etnografik guruhlarni paydo qilganlar. Masalan, Shimolga Oq va Barensev dengizlari sohillariga ko‘chib borgan Pomorlar asosan, dengiz ovi va baliqchilik bilan shug‘ullanib, o‘ziga xos moddiy madaniyat va maishiy turmush yaratgan. Janubiy va Sharqiy chegara hududlariga joylashtirilgan harbiy xizmatdagi ruslardan «kazak» deb nom olgan maxsus etnografik guruhlar (don kazaklari, ural kazaklari, kuban kazaklari, sibir kazaklari, amur va ussuri kazaklari) paydo bo‘lgan edi. O‘rta Ural o‘rmonlarida joylashgan kerjaklar; pechora pastki oqimidagi pustozerlar va ustilemlar; Kaluga-Bryansk-Orlov o‘rmonlaridagi polexlar; Sibir va Shimoldagi starojil aholisi (kolimaliklar, russko-ustinliklar, markovchilar, kamchadallar) kabi mayda guruh ruslar ham o‘ziga xos madaniy-maishiy xususiyatlarini saqlab tevarak-atrofidagi xalqlarning madaniy an’analarini qabul qilib olganlar.
Ayrim etnografik guruhga staroobryadliklar (Altaydagi «polyaklar», Qozog‘istonning Buxtarma daryosi sohillaridagi «kamenshiklar», Zabaykaledagi «semeyskiy»lar)ni kiritish mumkin.
Hozirgi davrda Rossiya aholisining asosiy qismi 95 % ini ruslar tashkil qiladi.
Ruslardan keyingi Sharqiy Yevropadagi eng katta millat ukrainlar bo‘lib ular asosan, Ukrainada joylashgan. Respublikadan tashqarida qo‘shni Rossiya Federatsiyasining Voronej va Rostov viloyatlarida Krasnodar o‘lkasida, Moldaviyada, Markaziy Osiyo respublikalarida ukrainlar yashaydi. AQSH, Kanada va Argentinada yashovchi ukrainlarning soni 1,6 mln.dan ortiq.
Eston xalqining etnik jarayonida ishtirok etgan setu yoki setikez nomli etnografik guruh hozirgacha ajralib turadi. XIII asrlardagi nemis istilochilariga qarshi ozodlik kurashi milliy jipslashish jarayonini kuchaytiradi. 1750 yilgi Shimoliy urushdan keyin Estoniya Rossiya tomonidan bosib olingandan so‘ng qo‘shilib olin­gan va o‘sha davrdan harakatga kelgan ozdlik kurashlarida toblanib Eston millati shakllana boshlagan. Boltiqbo‘yi xalqlari maishiy turmushi, moddiy va ma’naviy madaniyatining shakllanishida bir tomondan Sharqiy slavyan xalqlarining, ikkinchi tomondan g‘arbdagi qo‘shnilari nemis, shved kabi german xalqlarining ta’siri o‘tgan. Ayniqsa, Sharqiy slavyan xalqlari bilan uzoq davrlar davomida Boltiqbo‘yi xalqlari yaqin munosabatda bo‘lganligi tufayli o‘zaro madaniy ta’sirlar kuchli bo‘lgan. Keyinchalik Litvaning Polsha tasarrufiga o‘tishi natijasida bu yerda polyaklarning ta’siri kuchayadi va katolik dini tarqaladi.
Eng qadimiy davrlardan Boltiqbo‘yi aholisi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanib kelgan. Boltiq dengizi sohillarida va orollarida baliqchilik muhim soha hisoblangan. Hozirgi davrda Estoniya, Litva va Latviya yuksak rivojlangan sanoat va qishloq xo‘jaligiga ega bo‘lgan eng ilg‘or industrial-agrar respublikalardan hisoblanadi.
Tarixiy-etnografik viloyat - ma’lum hududda joylashgan, uzoq tarixiy davr ichida moddiy va ma’naviy madaniyatda umumiy xususiyatlar yaratgan xalqlar maxsus tarixiy-etnografik viloyatlarga bo‘linadilar. Moddiy madaniyatga tevarak-atrofdagi tabiiy-ekologik sharoitga moslashgan mehnat qurollari, uylari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, taomlari, kiyim-kechaklari kirsa, ma’naviy madaniyatga xalq yaratgan turli janrdagi asarlar, xalq amaliy bezakchilik san’ati, pardoz berish, diniy e’tiqod, urf-odatlardagi ba’zi umumiyliklar kiradi. Masalan, Amerika qit’asi eng katta ikki tarixiy-etnografik viloyat-shimoliy Amerika va Lotin Amerikasiga bo‘linadi. Etnik va madaniy xususiyatlari bilan umumiy belgilarga ega bo‘lgan ko‘p xalqlar maxsus janubiy Osiyo tarixiy etnografik region (mintaqa)ni tashkil etadi. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston mintaqasi ham maxsus tarixiy madaniy viloyat hisoblanadi.
Mamlakatimizdagi Farg‘ona vodiysi (Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlari), janubiy O‘zbekiston (Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari)ni ham kichik tarixiy-etnografik region-mintaqalarga kiritish mumkin. Hozirgi bozor iqtisodiyoti asosida rivojlanayotgan mamlakatlarda tarixiy-madaniy viloyatlar tobora takomillashmoqda. Taraqqiyot sari odimlanayotgan mamlakatlarda ham yangi tarixiy-madaniy viloyatlar vujudga kelmoqda, shuningdek Afrika, Amerika, Avstraliyada hozirgacha ibtidoiy jamoa bosqichi davrida shakllangan tarixiy-madaniy region (mintaqa)larning ko‘rinishlari saqlanib qolgan.
Osiyo - (yunoncha Asia, ossuriycha Asu - Sharq) - Yer sharidagi eng katta qit’a (butun quruqlik maydonining 30%ni egallagan). Yevroosiyo materigining bir qismi bo‘lib, mazkur qit’a fanda geografik va tarixiy-etnografik jihatdan olti qismga bo‘lib o‘rganiladi: G‘arbiy yoki Old Osiyo, Markaziy Osiyo, Janubiy va Markaziy Osiyo, Janubi-sharqiy Osiyo, Sharqiy va Shimoliy Osiyo yoki Sibir xalqlari.
Ayniqsa, hindular tarixi qit’aning sharqiy qismi va janubi-g‘arbida Shimoliy Amerikaning o‘rmon zonasida (hozirgi Arizona va Nyu-Meksika shtatlarida) jiddiy o‘rganilgan. Ayni shu yerda hozirgi tarixiy va etnografik manbalarga kirgan yuksak darajadagi madaniyatli Shimoliy Amerika hindi qabilalarining shakllanish markazi bo‘lgan va ularning keyingi taraqqiyotiga zo‘r ta’sir ko‘rsatgan.Sharqiy o‘rmon zonasida yashagan hindularning tarixiga oid uchta davr aniqlangan. Bu birinchidan, mo‘tadil iqlimli o‘rmon va suv havzalari mahsulotlarini ovlab, yig‘ib-terib o‘zlashtirish xo‘jaligiga ega bo‘lgan arxaik davr (yeramizdan avvalgi VIII-I ming yilliklar), shu zaminda paydo bo‘lgan ikkinchi madaniyat janubiy Kanadadan to Meksika bo‘g‘ozigacha, Atlantikadan to Amerika dashtlarigacha katta hududga tarqalgan vudlend madaniyati ilgarigi madaniy an’anani davom qildirib, qo‘shimcha dehqonchilik va kulolchilik bilan ajralib turadi (milodning VII asrlariga kelib, ayniqsa, Ogoyo daryosining vohasida, bu madaniyat nihoyatda gullaydi va dasht hududlarda X asrgacha, shimoli-sharqiy qismida yevropaliklar kelguncha saqlangan).
Eston xalqining etnik jarayonida ishtirok etgan setu yoki setikez nomli etnografik guruh hozirgacha ajralib turadi. XIII asrlardagi nemis istilochilariga qarshi ozodlik kurashi milliy jipslashish jarayonini kuchaytiradi. 1750 yilgi Shimoliy urushdan keyin Estoniya Rossiya tomonidan bosib olingandan so‘ng qo‘shilib olin­gan va o‘sha davrdan harakatga kelgan ozdlik kurashlarida toblanib Eston millati shakllana boshlagan. Boltiqbo‘yi xalqlari maishiy turmushi, moddiy va ma’naviy madaniyatining shakllanishida bir tomondan Sharqiy slavyan xalqlarining, ikkinchi tomondan g‘arbdagi qo‘shnilari nemis, shved kabi german xalqlarining ta’siri o‘tgan. Ayniqsa, Sharqiy slavyan xalqlari bilan uzoq davrlar davomida Boltiqbo‘yi xalqlari yaqin munosabatda bo‘lganligi tufayli o‘zaro madaniy ta’sirlar kuchli bo‘lgan. Keyinchalik Litvaning Polsha tasarrufiga o‘tishi natijasida bu yerda polyaklarning ta’siri kuchayadi va katolik dini tarqaladi.
Download 19.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling