Etnologiya fanining tarixi


Download 21.28 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi21.28 Kb.
#1530975
Bog'liq
ETNOLOGIYA FANINING TARIXI


ETNOLOGIYA FANINING TARIXI


REJA :

1. Fanning maqsad va vazifalari


2. Etnologiya fanining manbalari va tarixi
3. Etnologiyaga oid atamalar va uning o‘ziga xos xususiyatlari.

Har bir fan dastlab fakt va raqamlarni to‘playdi, keyin ularning mohiyatini tushunib olib, nazariy xulosalar chiqaradi. Etnografik bilimlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularning paydo bo‘lishi, zarur


ma’lumotlar to‘planishi, faktlar anglab olinishi bir vaqtda sodir bo‘ladi. Masalan, ayrim qo‘shni qabila, xalq va elatlarning maishiy turmushi, madaniyati, urf-odatlari, etnik xususiyatlarini o‘rganish, ularni aniq tushunish amaliy ehtiѐjlarni qondirish taqozosi bilan vujudga kelgan. eng qadimgi sharq mamlakatlarida uzoq-yaqin qo‘shnilar bilan samarali savdo- sotiq munosabatlarni o‘rnatish, shuningdek, ularga qarshi muvaffaqiyatli urushlar olib borish uchun ham, birinchi navbatda etnologik bilimlarga ega bo‘lish zarur edi. Sharq mustabidlari, ayniqsa, Qadimgi Bobil, Ossuriya va eron hukmdorlari o‘zlarini ulug‘lash maqsadida toshga bittirgan zafarnomalarda bosib olingan va bo‘ysundirilgan turli elat va xalqlar tilga olinadi. Qadimgi Gresiya va Rim mualliflarining asarlarida qo‘shni qabilalar va elatlarning etnik tuzilishi, turmushi va madaniyati to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar bilan bir qatorda ba’zi nazariy tushunchalar va fikrlar ham keltiriladi.
Odatda etnologiya (etnografiya) mustaqil fan sifatida XIX asr o‘rtalarida tashkil topgan, deb hisoblaydilar. Mazkur atama o‘sha davrdan boshlab ancha muntazam ravishda ishlatila boshlandi, dastlabki etnografik ilmiy jamiyatlar, maxsus asarlar va to‘plamlar paydo bo‘ldi. Yangi fanning tashkil topishida, shubhasiz, o‘sha davrda tabiiy fanlarning gurkirab o‘sishi, ayniqsa, fanda evolyusiya g‘oyaning g‘alabasi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu g‘oya tufayli tartibsiz bilimlar, barcha xom, tarqoq ma’lumotlar muayyan tartibga solindi va insoniyat tarixining ibtidoiy davrdan to yuksak madaniy darajaga ko‘tarilishini pog‘onama-pog‘ona aniqlab olish imkoniyati tug‘ildi.
Albatta, «Odam to‘g‘risidagi fan»ning tez sur’atlar bilan rivojlanishi va etnologiya fanining mustaqil ilm sohasi bo‘lib qolishi negizida asrlar davomida to‘planib kelgan etnologik bilimlar, jahon xalqlari to‘g‘risidagi turli ma’lumotlar, har xil tushuncha va nazariyalar ѐtadi. Bularning tarixini qisman bo‘lsa ham bilib olishning o‘zi muhim ahamiyat kasb etadi.
Yozuv kashf etiigan dastlabki davrdan boshlab o‘qishni hamda uzoq xalq va elatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qadimgi Misr, Mesopatamiya va eronda yaxshi bilganlar, qo‘shni elatlar to‘g‘risida faqat ѐzma manbalardagina emas, balki xalq og‘zaki ijodida ham to‘qilgan turli rivoyatlar, hikoyalar va afsonalardan bilib olganlar. Mil. avv. XX asrlarda Misrda yaratilgan «Sinuxeta sarguzashtlari», keyinroq tosh va qabrlarga bitilgan zafarnomalar, Tell-Amarnada topilgan arxiv hujjatlari, qadimgi Shumer va Ossuriya obidalaridagi ѐzuvlar, eron-ahamoniy podsholari bittirgan jangovar solnomalar tevarak-atrofdagi mamlakatlar aholisi to‘g‘risida nodir ma’lumotlarni bizgacha yetkazganlar.
Yahudiy va nasroniylarning qadimiy muqaddas kitoblaridan Tavrot (Bibliya)da tilga olingan turli elat va qabilalarning nomlari Yaqin Sharqda yashovchi xalqlarning genealogiyasi bilan bog‘liq ekanligini qadimgi zamon mualliflari ham alohida qayd qilgan edi. Ma’lumki, Tavrot mil avv. XIII-V asrlar oralig‘ida turli janrdagi har xil adabiy asarlar
yig‘indisidan tashkil topgan va taxminan V asrlarda to‘plam shaklida ѐzilgan diniy qoidalar kitobidir. Ayniqsa, ujning «Podsholar kitobi» va
«Payg‘ambarlar» nomli tarixiy qismlarida yahudiylar olib borgan urushlar to‘g‘risidagi rivoyatlarda juda boy etnologik ma’lumollar jamlangan. Hatto Nuh payg‘ambarning uch o‘g‘li - Som, Xom, Iafetdan tarqagan avlodlarning nomlari «Jahon xalqlari shajarasi»ni tashkil qiladi, degan
«nazariya» asosida dunѐdagi tillarning klassifikasiyasi tuzilgan. Tavrotda tilga olingan ma’lumotlar xalqlar shajarasi bo‘lmay, balki qadimgi ko‘chmanchi xalqlarning o‘troq holatga o‘tish davridagi turmush tarzi va madaniy haѐtining turli shakllarini ifodalovchi rivoyatlardan biri, deyish nuimkin. Shunisi muhimki, Nuh avlodlarining nomlari ko‘pincha qadimgi
Demak, Tavrotda insoniyat genealogiyasi birinchi marta tartiblangan. Undagi ma’lumotlarga ko‘ra, insoniyatning yagona oiladan kelib chiqishi, qarindosh-genealogik munosabatlari bilan bevosita bog‘liq ekanligini tasdiqlovchi rivoyatlar monogenetik nazariyani yuzaga keltirgan. Ammo insoniyat urug‘ining birligi to‘g‘risidagi mazkur g‘oya diniy tusda berilgan bo‘lib, olamni va barcha kishilarni o‘zaro bog‘liq muayyan sharoitda, muayyan hududda birga yaratgan yakka-yagona xudodir, degan afsonaga tayanadi. Tavrotning 2-bobidagi keyingi afsonaviy rivoyat bir oiladan chiqqan xalqlarning har xil tilda so‘zlashishini izohlashga intiladi.
Afsonada dunѐda dastlab yagona til, yagona sheva bo‘lgan, deb hikoya qilinadi. Sharqdan kelgan kishilar Bobil yurtidagi Sennaar tekisligida joylashganlar, ular loydan yasalgan g‘ishtni pishirib, shahar qurganlar, samoga yetadigan minora tiklay boshlaganlar. Osmondan yerga tushib, shaharni tomosha qilgan xudo yagona tilda birlashgan xalq nimalar qilishga qodir ekanligini ko‘rib, bu kishilar samoga - xudo dargohiga ham chiqishi mumkin deb, ularning beadabligidan darg‘azab bo‘lgan. Xudoning farmoyishi bilan barcha xalqlar, elatlar va tillar aralashtirilib, butun dunѐga sochib yuborilgan.
Etnologik xarakterga ega bo‘lgan bu afsona keyinchalik nasroniy va islom mafkurasiga o‘tibgina qolmay, so‘nggi davrlargacha butun Yevropa tarixshunoslik faniga ham ta’sir qilib kelgan. Tavrotdagi xalqlar genealogiyasi turli nazariyalar, mulohaza va tortishuvlarga sabab bo‘lgan. Adabiѐtda «Bobil aralash-quralashuvi» nomi bilan ma’lum bo‘lgan bu afsona mantiqiy jihatdan Tavrot «monogenetik» nazariyasining uzviy davomi bo‘lib, tarixda eng birinchi ommaviy etnografik konsepsiya hisoblanadi.
Qadimgi davrga kelib, etnografik bilimlar kengayib va ko‘payibgina qolmay, madaniyatning o‘sishi bilan umumiy va nazariy xulosalar ham yuzaga keladi. Qadimgi Gresiya dostonlari «Iliada» va «Odbsseya»da yaqin qo‘shni elatlar to‘g‘risida afsonaviy ma’lumotlar keltirilgan bo‘lsa, keyingi
VII-V asrlar)dan so‘ng tevarak-atrofdagi xalqlar to‘g‘risidagi bilimlar doirasi juda kengayadi va boyiydi. Xususan, ana shu davrga mansub Gerodotning noѐb etnologik ma’lumotlar bilan to‘la mashhur 9 jilddan iborat bo‘lgan tarix kitoblari tadqiqiy xarakterga ega.
Buyuk Iskandarning Sharqqa qilgan yurishlari natijasida vujudga kelgan katta imperiya g‘arbdan sharqqacha keng hududda yashagan xalqlarning turmush madaniyatini bilishdagi yangi bosqich bo‘ldi. Bu davrda greklarning umumiy madaniy saviyasida ham shiddatli o‘zgarishlar sodir bo‘lib, fanning barcha sohalari gurkirab o‘sdi. ellinizm davrida grek madaniyati Sharqda Hindiston va Markaziy Osiѐgacha, g‘arbda Pireney yarim oroli va Britaniya orollarigacha tarqalib, mahalliy xalqlarning madaniyati bilan aralashib ketganligi bois, ular to‘g‘risida yangi ma’lumotlar to‘plandi va ko‘plab asarlar ѐzilgan. Ayrim xalqlarning geografik joylashuvi, mashg‘uloti, siѐsiy tuzumi, sud va qurol-aslahasi, harbiy, nikoh va oilaviy urf- odatlari kabi muhim ma’lumotlar milodning I asrlarida yashagan Strabonning «Geografiya» nomli ensiklopedik asarida tanqidiy tarzda keltirilgan.
Afinalik mashhur tarixchi Fukidid asarlarida, Sokratning atoqli shogirdi Ksenofontning «Anabasis»ida Bolqon yarim oroli, Kichik Osiѐ, Qora dengiz bo‘ylari va Frakiyada yashagan xalq va elatlar to‘g‘risida juda ko‘p etnografik ma’lumotlar aks etgan. «Iskandarning yurishlari» nomli asarini yaratgan Arrian ham makedoniyalik jahongir bosib olgan xalqlar to‘g‘risida batafsil axborot ѐzib qoldirgan.
Qadimgi davrning buyuk mutafakkirlari – Aflotun va Arastu asarlarida afsonaviy Atlantida aholisi, qo‘shni xalqlarning urf-odatlari, elatlar ruhiyati, rasm-udumlari va davlat tuzumiga ta’siri to‘g‘risida ma’lumotlar, nazariy mulohazalar uchraydi. Qadimgi elladaning ajoyib faylasufi materialist Demokrit asarlarida jahon adabiѐtida birinchi marta insoniyat urug‘ining yarim hayvoniy, vahshiy holatdan o‘z mehnati va idroki tufayli madaniy haѐt tarziga o‘tish jaraѐni tasvirlangan. Tibbiѐt fanining otasi, mashhur olim va shifokor Gippokrat etnologik dalillarga tayanib xalqlarning urf-odatlari, milliy ruhiyati, xarakteri va tafovuti tabiiy-geografik sharoit bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi dastlabki ilmiy mulohazalarni ilgari surgan.
Jahon sivilizasiyasida beqiѐs o‘rin tutgan qadimgi Rim mutafakkirlarining asarlarida ham muhim etnologik ma’lumotlar, qimmatbaho mulohazalar, nazariy fikrlar mavjud. Ayniqsa, Korneliy Tasit, Lukresiy Karlar qadimgi germanlar va keltlar, sarmatlar va skiflarning turmush tarzi, siѐsiy va harbiy tuzumi, ijtimoiy va oilaviy haѐli, mashg‘uloti, uylari, kiyimlari, axloqi va tarbiyasi, taomi va o‘yinlari to‘g‘risida ajoyib ma’lumotlar ѐzib qoldirganlar. Tasit chirib boraѐtgan Rim davlatining axloqiy inqiroziga «ѐvvoyi odam» (germanlar)ning qo‘pol va qashshoq, ammo sog‘lom va pok turniush tarzini qarama-qarshi qo‘yadi. Muarrix shoir Lukresiy Kar «Buyumlar tabiati

to‘g‘risida» nomli asarida haѐtning rivojlanishi, odamning paydo bo‘lishi va uning madaniy o‘sishi to‘g‘risida umumiy fikrlar yuritadi.


Shunday qilib, qadim zamonda yuqori madaniy saviyaga erishgan Yevropaliklar boy etnologik bilimga ega bo‘lganlar. Ular o‘rta yer dengizi atrofida joylashgan xalqlar, Shimoliy Afrika va Old Osiѐ, qisman uzoqroq joylardagi etnoslar to‘g‘risida aniq ma’lumotlar to‘plashgan, bu xalqlarning maishiy turmushi, madaniy xususiyatlarini haqqoniy tasavvur qila bilganlar. Mazkur ma’lumotlardan ayrim olim va mutafakkirlar umumiy xulosalar chiqarib, ba’zi qonuniyat va o‘xshashliklarni kashf qilganlar. Ayrim faylasuf olimlar xalqlarning kelib chiqish tafovuti, o‘xshashligini ko‘rsatibgina qolmay, ularning sababini izohlashga ham intilganlar.
Qadimiy madaniyatning yemirilishi, madaniy darajali quyi qabilalarning hujumlari, xo‘jalik va madaniy haѐtning inqirozi milodning V-VI asrlarida geografik va etnografik bilimlar doirasi qisqarib ketishiga sabab bo‘ldi. Ilk feodalizm davrida Yevropada paydo bo‘lgan siѐsiy tarqoqlik hatto hukmron tabaqalar orasida ham bilimga qiziqishni, ilmga intilishni

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Karimov Sh.I. Soglom ovkatlanish –salomatlik mеzoni 2015 yil


Faulеr M.. Etika i sеstrinskoе dеlo. M., 1994.
Mеrta Dj.. Spravochnik vracha obhеy praktiki. M.,1998.
Magazanik N.A.. Iskusstvo obhеniya s bolno`mi. M., 1991.
Qosimov E.Yu.. Muloqot san'ati. Toshkеnt, 1996.
CURRENT Medical diagnosis and treatmet
Download 21.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling