Etnologiya uzb
Evropa qit`asining Tabiiy-geografik jihatdan
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Evropa qit`asining Tabiiy-geografik jihatdan- geologik tarixi, rel`ef va iqtimining umumiy
belgilari, biologik birligi, suv taxiralari tabiiy sharoitlarga qarab bir necha muzofotlarga bwlingan. Etnografik klassifikatsiyaga binoan Evropa mamlakatlari twrt guruhni tashkil qiladi: Shimoliy Evropa (Finlyandiya, Shvetsiya va Norvegiya, Daniya va Islandiya), Sharqiy Evropa (Pol`sha, Germaniya, Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya, Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Albaniya), G`arbiy Evropa (Angliya, Irlandiya, Frantsiya, Bel`giya, Niderlandiya, Shveytsariya, Avstriya, Monako va Lyuksemburg) va Janubiy Evropa (Portugaliya, Ispaniya, Italiya, Gretsiya, Gibraltar, Mal`ta, San-Marino). Tarixiy jihatdan bu mamlakatlar nihoyatda murakkab turli voqealarga boy davrlarni bosib wtgan, jahon miqyosida buyuk geografik kashfiyotlar va Uyg`onish davridan, keyin butun insoniyat taqdirini belgilab bergan olamshumumul hodisalarning sababchisi va guvohi bwlgan. Ammo eng qadimiy yuksak madaniya wchrg`i bu erda emas, miloddan avvalgi V-III ming yilliklarda Shimoliy Afrika, Janubiy (G`arbiy va Janubiy) Osiyo hududida paydo bwlgan. Wsha davrlarda Evropada ovchilik va terimchilik bilan shug`ullangan ibtidoiy qabilalar yashagan. Insoniyat Janubiy Evropa va uning wrta qismini eng qadimiy davrlardan wzlashtira boshlagan. Wtgan asrda wtkazilgan tadqiqotlar shuni kwrsatadiki, aksariyat Evropa mamlakatlarida ilk paleolit davridan odamlar yashagan. Frantsiya g`orlarida topilgan tosh qurollar, arxeologlarning ta`rificha, bu erda ketma-ket paleolit madaniyati shakllanib kelganligini tasdiqlaydi. Ibtidoiy ajdodlar dastlab yirik hayvonlarga ov qilib kun kechirganlar, g`orlarda, chayla va ertwlalarda yashaganlar, toshlardan, yog`och va suyakdan turli qurollar yasaganlar, teridan kiyim tikishni bilganlar. Ular kichik urug` turkumlarga bwlingan, qoyalarga rasmlar chizishgan, turlicha xwjalik shakllari yaratganlar. Masalan, Baltika bwylarida asosan, baliqchilik (maglemos madaniyati), Shimoliy dengiz sohillarida dengiz terimchiligi (kuokkemeding madaniyati), ichki hududlarda bug`u ovchiligi (tardenuaz, svider kabi madaniyatlar) xwjaliklari paydo bwlgan. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling