Etnologiya uzb
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Evropa madaniyati ning keyingi rivojida neolit davri katta ahamiyatga ega. Miloddan
avvalgi IV-II ming yilliklarini wz ichiga olgan bu davr tosh qurollarni ishlab chiqarishning takomillashishi, wq-yoyning kashf etilishi, kulolchilik va twqimachilikning paydo bwlishi, asta sekin behqonchilik va chorvachilik xwjaliklarining vujudga kelishi, wtroq azoliga xos qishloqlarning tashkil topishi bilan belgilanadi. Turli madaniyat yaratgan elatlarning qaysi tillarda gapirganligi hozirgacha noaniq. Faqat miloddan avvalgi ikkinchi ming yillikdan boshlab butun Evropa qit`asiga hind-evrpa tillarida gapiradigan qabilalar tarqala boshlaydi. Ular asta-sekin junabda Bolqon yarim orolini va Krit orolini, keyin (miloddan avvalgi I ming yilliklarda) Italiyaning kwp qismini egallaydilar. Eng katta twlqin (kelt qabilalari) G`arbiy Evropaga yetib hozirgi Frantsiya va Belgiyaga joylashgan Pireney yarim oroliga kelgan keltlar iberlar bilan aralashib (keltiber) aholisiga asos solgan, Britaniya orolini egallagan. Shunday qilib, hind-evropa tillari tillari eramizdan avvalgi II-I ming yilliklarda butun Evropaga tarqalgan. Ammo bu tillarning asli kelib chiqishi qanday ekanligi haligacha qorong`i. Keyingi xalqlarning buyuk kwchishi davrida kwhna Evropa aholisi yana ham kwproq aralashib ketgan. Sharqdan kwchib kelgan gunlar, avarlar, bulg`or va vengerlar mahalliy hind-evropa xalqlarini harakatga keltirgan. Wsha davrda German qabilalari g`arb tomon siljib keng hududda joylashgan. Dnepr va Visla vohalarida yashagan slavyan qabilalari esa Bolqon yarim oroliga va Sharqiy Evropaga kwchib kelib wrnashgan. Bu etnik jarayon keyin ham davom qilib, hozirgi Evropa xalqlarining shakllanishiga asos solgan edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling