Etnologiya uzb


Antoropologik  klassifikatsiyasi


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/141
Sana05.01.2022
Hajmi0.82 Mb.
#226289
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   141
Antoropologik  klassifikatsiyasi:  Yuqorida  ta`kidlaganidek,  G`arbiy  Evropaning  etnik 
qiyofasidagi milliy tuzilish murakkab va kwp asrlik jarayon mahsulidir. Hozirgi davrda bu erda 60 
ga  yaqin  etnoslar  yashaydi.  Shulardan  38  tasi,  ya`ni  67,5  foizi  bir  milliondan  ziyod  aholiga  ega. 
Evropa  xalqlari  boshqa  qit`a  xalqlariga  qaraganda  milliy  jihatdan  oldinroq  shakllana  boshlagan. 
XIX asrning wrtalariga kelib kwpchilik xalqlar millat sifatida asosan, wz milliy davlati chegarasida 
shakllangan.  Ayrim  xalqlar  (masalan,  italyanlar  va  nemislar)  XIX  asrning  70-yillarga  kelib, 
ba`zilari  (Janubi-Sharqiy  Evropadagi  Gabsburg  va  Usmon  imperiyalari  tomonidan  asoratga 
solingan elatlar) birinchi jahon urushi tugagach milliy shakllanish jarayonini boshidan kechirgan. 
Hozirgi  Evropa  aholisining  yarmiga  yaqini  (Daniya,  Vengriya,  Italiya,  Polsha,  Germaniya, 
Portugaliya,  Islandiya,  Gretsiya,  Irlandiya  va  hk.)  bir  millatlik,  ya`ni  95  foizdan  ortig`i  asosiy  tub 
millat vakillari yashaydigan mamlakatlardir. Ayrim davlatlarda mayda millatlarning yirik guruhlari 
joylashgan (Frantsiya, Bolgariya, Finlyandiya va Ruminiya), ba`zilari esa kwp millatli mamlakatlar 
qatoriga  kiradi.  XX  asr  swngida  anna  shunday  mamlakatlardan  biri  Yugoslaviya  asosiy,  ijtimoiy, 
iqtisodiy  va  etnik  sabablarga  kwra  parchalanib  ketdi.  Uning  merosxwri  sifatidda  besh  mustaqil 
davlat Serbiya va Chernogoriya, Xorvatiya, Makedoniya, Bosniya va Gersogovina, Sloveniya jahon 
xaritasida  paydo  bwldi.  Bugungi  kunda  kwp  millatli  mamlakat  hisoblanadigan  Buyuk  Britaniyada 
inglizlar,  shotlandlar,  irlandlar,  uelsliklar,  gallar;  Ispaniyada  ispanlar,  kattalonliklar  nalisiylar, 
basklar yashashadi. 
G`arbiy Evropaning turli qismlarida, ayniqsa, chegaradosh hududlarda, aralash etnik guruqlar, 
kwp millatli viloyatlar ham uchraydi. Ammo kwp mamlakatlarning milliy lingvistik tuzilishi ancha 
yaxlit. Yarim milliardlik mintaqa aholisining asosiy qismi (95 foiz) hind-evropa tillarining vakillari 
bwlib, ular twrtta til oilalariga-german, roman, slavyan va kelt tillariga mansubdirlar.  Bu tillardan 
eng kattasi 17 xalqdan iborat German guruhi bwlib, unda 178 mln.ga yaqin kishi gapiradi va u bir 
necha yirik shevalarga bwlinadi. Nisbatan ancha yaxlit hisoblangan roman til guruhiga kiradigan 15 
ta  xalq  (177  mln.kishi)  zich  joylashgan.  Slavyan  tillarida  (g`arbiy  va  janubiy  slavyanlar) 
gapiradigan  11  ta  elatning  soni  taxminan  79  mln.  kishi. Juda  kam  aholiga  ega  bwlgan  keltlar  (7,4 
mln. dan ortiq) Evropa xalqlarining eng qadimiy avlodlari hisoblanadi. 
Hind-evropa til oilasiga kiradigan qadimgi Frakiya (illiriya) – liklarning avlodlari hisoblangan 
albanlar (4,9 mln. kishi) va qadimgi davrdagi yunonlar bilan wrta asrlarda shimodan kwchib kelgan 
slavyanlar va albanlar bilan aralashib ketgan hozirgi  greklar (10 mln. dan  ortiq) mustaqil guruhga 
ajralib tilida va turmush tarzida wziga xos xususiyatlarni saqlab qolganlar. Butun Evropaga mayda 
guruhlarga  bwlinib  tarqalgan  lwlilar  (asli  ular  X-XII  asrlarda  Hindistondan  kelib,  XIV-XV  asrlar 
davomida  turli  mamlakatlarga  joylashgan)  ham  hind-evropa  tillarining  vakillaridir.  Daydichilik 


 
91 
 
turmush  tarziga  wrgangan  lwlilarning  kwpchiligi  hozir  Bolgariya,  Ruminiya,  Vengriya  va  qisman 
Chexiya va Slovakiyada yashaydi. 
Evropa  mamlakatlarida  yashovchi  yahudiylar  asosan,  wsha  mamlakatning  tilida  gapiradilar, 
ammo  diniy  ibodatda  qadimiy  yahudiylar  tili  (ivrit)dan  foydalanadilar.  Boshqa  til  oilalarining 
vakillaridan  ural  tili  oilasiga  mansub  (taxminan  18  mln.)  uchta  xalq:  finlar,  vengerlar  hamda 
kwchmanchi lopar (saam)lar, turkiy til guruhiga tegishli Bolqon yarim orolidagi usmon turklari va 
gagauzlar  wz  tillarida  gapiradilar.  Malta  va  Sitsiliya  janubidagi  Choko  orollarida  yashovchi  aholi 
semit  til  oilasiga  mansub  Tunis  shevasiga  yaqin  arab  tili  vakillaridir.  Ammo  ularning  tillarida 
italyan va ingliz swzlari kwp uchraydi. 
Evropala  qadimiy  davrlardan  mahalliy  tabiiy  sharoitga  moslashgan  evropoid  irqining  har  xil 
tiplari  joylashgan.  Aslida  bu  erda  ikkita  irqiy  tip  farqlanadi:  oqtanli,  malla  rang  sochli,  kwk  kwz 
(blondin)  belgilari  bilan  ajralib  turgan  shimoliy  evropoid  va  qora  sochli,  qora  kwzli  (brunet) 
tipidagi  janubi  evropoid  irqlari.  Mazkur  tiplarning  wrta  tipii  (shaten)  ikkalasining  belgilarini 
saqlagan.  Keyinchalik  Evropaga  mwg`ullarning  kirib  kelishi  ayrim  etnoslarda  qisman  wz  ta`sirini 
qoldirgan. Bunga Skandinaviyada yashovchi mongoloid belgilariga ega bwlgan loparlar misol bwla 
oladi.  Keyingi  yillarda  Evropa  mamlakatlarida,  ayniqsa,  Frantsiya  va  Germaniya  Federativ 
respublikasida,  kwplab  negroidlar  paydo  bwlgan.  Ularning  ancha  qismi  mahalliy  xalqlar  bilan 
aralashib mulatlar guruhini yaratgan. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling