Etnologiya uzb
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
«Etnologiya» atamasi- yuqorida qayd qilinganidek, qadimgi yunoncha «etnos» (xalq, elat)
va «logos» (swz, ma`no) swzlaridan tashkil topgan. Uning asl ma`nosi «xalqshunoslik» deb tarjima qilinadi. Qadimgi davrlarda greklar «etnos» swzini boshqa g`ayri xalq (elatlar)ga nisbatan ishlanganlar. Ayrim mamlakatlarda hozirgacha Etnologiya atamasi bilan birga Etnologiya, madaniy yoki sotsial antropologiya, xalqshunoslik nomlari ishlatiladi. Ba`zi evropalik olimlar Etnologiyani nazariy fan, Etnologiyani esa ta`riflovchi fan sohasi deb aytadilar. Aslida ikkala atama ham mazmunan sinonim, ya`ni bir ma`noni anglatuvchi tarix fani sohasi desa bwladi. XIX asrlargacha «Etnologiya» atamasi fanda ba`zan ayrim etnografik jarayonlarni tasvirlashda ishlatilib kelingan. Mazkur atamani xalqlarni va madaniyatlarni wrganishdagi yangi fan sohasi sifatida birinchi marta frantsuz olimi Jan Jak Amper ishlatgan. U 1830-yilda «antropologik», ya`ni gumanitar fanlar umumiy klassifikatsiyani ishlab chiqqan va shu tizimga «Etnologiya» swzini kiritgan. Bu atama qisqa muddatda keng tarqalib mustaqil fan sifatida tanilgan. Rasmiy ravishda Etnologiya mustaqil fan sifatida 1839-yili Parij Etnologiya jamiyatiga asos solingan davrdan boshlab tan olingan. Albatta, bunday holat yengil, murosasig` wtmagan, yangi fanning predmeti, maqsad va fan olamida tutgan wrni tevaragida, jiddiy ilmiy-nazariy kurashlar bwlib, ayrim ywnalish va maktablarni yuzaga keltirgan. Swnggi vaqtda taniqli tadqiqotchilar Etnologiyani tarixiy fan ekanligini ta`kidlab, uni jahondagi barcha elat va xaqlarni, qoloq yoki rivojlangan bwlishidan qat`i nazar, teng, baravar wrganuvchi fan sohasi deb tan oldilar. XIX asr wrtalarida G`arbiy Evropa mamlakatlarida Etnologiya fanining tez sur`atlar bilan wsishi mustamlakachilik siyosatining keng miqyosida wtkazilishi bilan bog`liq bwlgan. Mustalakachi davlatlar Afroosiyo wlkalarida wziga qaram qilib olgan wlkalarni boshqarish maqsadida har tomonlama xilma-xil etnografik ma`lumotlarga muhtoj edilar. Shuning uchun ham bunday ma`lumotlarni faqat Etnologiya etkazib berishi mumkin edi. Shuni ham alohida qayd etish lozimki, bu fan sohasi hozirgacha yagona ta`rifga ega emas. Yaqin davrlargacha adabiyotlarda ikki turdagi ta`rif mavjud edi. Barcha entsiklopedik lug`atlarda chop etilgan ta`rif asosan, mashhur rus olimi S.P.Tolstovning swzlarini qaytalagan. Uning yozishicha, «Etnologiya turli jahon xalqlarining madaniy va maishiy hayoti xususiyatlarini asosan, bevosita kuzatish ywli bilan wrganadigan, mazkur xususiyatlarning tarixiy wzgarishi va rivoji, xalqlarning kelib chiqishi (etnogenez), joylashuvi (etnik geografik) va madaniy-tarixiy wzaro munosabatlari muammolarini tadqiq qiluvchi tarixiy fan»dir. M.G.Levin, S.A.Tokarev, Yu.V.Bromley va G.E.Markov kabi mashhur etnolog olimlarning ikkinchi turdagi Etnologiya (Etnologiya) ta`riflari bir oz qisqa ixcham bwlsa-da, ammo mazmunan S.P.Tolstov ta`rifini takrorlaydi. Har bir fanning wziga xosligi uning tadqiqiy predmeti va uslubi bilan belgilanadi. Etnologiya fani shakllana boshlagan davrdan hozirgacha mufassal saqlanib kelayotgan mavzu etnik madaniyatlarning wzaro munosabatlarining genezisi muammolari bilan bog`liq bwlgan. Hozirgi kunda Etnologiya fanining yutuqlari ijtimoiy hayotning turli ohalarida, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilishda, ommaviy mulohatlar, xalqaro savdo va diplomatik munosabatlarni mustahkamlashda muhim rol wynamoqda. Demak, barcha mavjud mulohaza va wy-fikrlarni, kontseptsiya va ywnalishlarni umumiylashtirib quyidagi ta`rifni berish maqsadga muvofiq: «Etnologiya – har xil elat va xalqlarning kelib chiqishi, etnik tuzilishi va shakllanishi, wziga xos moddiy va ma`naviy xususiyatlari, turmush tarzi, etnik tabiati, xarakteri va his- tuyg`ularini wrganadigan fan sohasidir». Etnologiya fanining umumilmiy ahamiyatini kamsitmay, uni umumtarix fani tarkibida mustaqil metodologik (dunyoqarash) xususiyatiga ega ekanligini alohida qayd qilish lozim. 10 Etnologiya ayrim xalq va elatlarni wrganishda etnik tarixning barcha tomonlari ijtimoiy jarayon bilan bog`liq bwlganligi tufayli keng ma`noda madaniyat sohasida milliy-madaniy xususiyatlarni tarixiy arxeologik, iqtisodiy-geografik tadqiqotlar wtkazishda eng zarur materiallarni etkazib berishi mumkin. Bunday holat fanning boshqa soha vakillari etnologik tadqiqotlar natijalaridan foydalanib uni qwshimcha (yordamchi) soha sifatida munosabat bildirishlarida kwzatiladi. Swnggi yillarda paydo bwlgan etnosotsiologiya, etnopsixologiya, etnogeografiya kabi egizak fan tarmoqlarining paydo bwlishi bejiz emas. Demak, Etnologiya zamonaviy fan sohasi sifatida umumilmiy va sotsial ahamiyatga ega ekanligini qayd qilib, uni 1) insoniyot tarixi va ayrim xalqlarning etnik muammolarini metodologik jihatdan mustaqil hal qilishga qobil dunyoqarash; 2) inson va jamiyatni wrganuvchi boshqa ijtimoiy fanlarga qwshimcha materiallar beruvchi ilmiy soha; 3) davlatlar va hukumat arboblari siyosiy jihatdan dolzarb milliy muammolarni twg`ri hal qilishda, irqchilik, millatchilik va shovinizm kabi illarlarga qarshi kurashda muhim asos bwlib xizmat qiladigan fan hisoblanadi. Ma`lumki, tarixiylik va tarixiyq-qiyoslash ilmiy dunyoqarashning butun metodologik negizini tashkil qiladi. Tarixiy yondashish har bir predmetni, shu jumladan, ayrim fanni twg`ri tushunishning birdan-bir haqqoniy usuli sanaladi. Shu bois Etnologiya fanining mohiyati va jimiyatda tutgan wrnini belgilash uchun uning tarixiga bir nazar tashlash zarur. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling