Etnologiya uzb
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Okeaniya deb- atalgan bepoyon Tinch okeanida joylashgan kwp sonli katta-kichik arxipelag va orollarda turli xalq va elatlar yashaydi. Odatda ularni uch qismga bwladilar. Polineziya Yangi Zelandiya bilan, Melaneziya Yangi Gvineya bilan va Mikroneziya. Okeaniya xalqlari beshinchi qit`a aholisiga qaraganda nisbatan yuqori madaniyatga ega bwlgan. Dastlabki odamlar Melaneziyaga Janubi-sharqiy Osiyodan neolit davri boshlarida kelganlar. Antropologik jihatdan umuman yagona turga ega bwlgan melaneziyaliklar (qora tanli, jingalak sochli negroidlar mazkur viloyat nomini kelib chiqishiga sabab bwlgan, chunki melaneziya – «qora orollar» degan ma`noni anglatadi) Okeaniyaning eng qadimiy aholisi hisoblanadi. Antropologik va lingvistik jihatdan ham polineziyaliklar Janubiy Osiyoga borib taqaladi. Ular til va madaniy qiyofasi bilan umumiy xarakterga ega bwlsa-da, irqiy jihatdan negro-avstraloid va mongoloidlar aralashmasidan tashkil topgan wziga xos tipdan iborat. Malayya-polineziya til oilasiga kirgan indoneziya tiliga ekanligi ham polineziyaliklarning vatani Osiyo bilan bog`liq degan fikrni ma`qullaydi. Moddiy va ma`naviy madaniyat belgilarining ancha qismi ham polineziyaliklarni Indoneziya va Hindi-Xitoy (Malayziya) bilan bog`laydi. Kwpchilik tadqiqotchilarning fikricha, dastlabki odamlar Melaneziyaga – ming yillar muqaddam kela boshlagan. N.N.mikluxo-Maklay avstroosiyo, shu jumladan, Melaneziya dastlab yagona «papuas irqi» aholisi tomonidan egallanib, keyin Okeaniyaga tarqala boshlagan, deb taxmin qilgan. Bugungi kun olimlari ham mazkur fikrni davom ettirib, wzaro yaqin antropologik tiplarning uzoq davr ichida davom qilgan migratsiyasi natijasida hozirgi aholi tipi paydo bwlgan deb 66 tasdiqlamoqdalar. Wziga xos tili, madaniyati va antropologik tipi bilan ajralib turgan Melaneziya aholisi bunga dalil bwla oladi. Uning eng qadimiy qismi negritos va papuaslar hisoblanadi. Negritos qabilalar asosan, Yangi Gvineyaning wrta tog`i hududlarida va qisman Yangi Gebridda yashaydilar. Ular wzlarining past bwyligi (erkaklar 145 sm gacha), kalta jingalak sochlari, twg`ri va keng burni, ochiq jigarrang badani bilan ajralib turadi. Asl melaneziyaliklarning wzlari wrta bwyli, negritoslarga nisbatan qoraroq tanli bwlib, Yangi Gvineyaning sohillarida va Markaziy Melaneziyada joylashganlar. Papuaslar asosan, wrta bwyli (162-165 sm), bir oz twlqinsimon uzun sochli, semitik tipdagi burunli, pragmatizmi sezilarli, yuzlari chwzinchoqroqdir. Avstraliyaliklarning ma`naviy madaniyati, diniy e`tiqodi ishlab chiqarish kuchlarining darajasi va ijtimoiy tuzumiga mos kelgan. Ularning tasavvurida butun tevarak-atrof g`ayritabiiy kuchlar, turli maxluq va arvohlar bilan twla. Avstraliyani odatda totemizm vatani deydilar. Eng ibtidoiy din shakllaridan biri hisoblangan totemizm falsafasi bilan uyg`inlashib ketgan kishilar, urug` yoki qabilalar wzlarini muayyan moddiy buyumlar, asosan, ayrim jonivorlar yoki wsimliklar bilan yaqin qavm-qardosh, deb biladilar va shunga ishonadilar. Shuning uchun ham, ayrim urug`lar totemistik guruh hisoblanib, hayvonlar yoki wsimliklarning, ba`zan jonsiz buyumlarning nomi bilan atalganlar. Shu nomdagi hayvon yoki wsimlikka – bobo, dada yoki aka-uka qarindosh deb ishonilgani uchun ularni wldirish, iste`mol qilish qattiq man etilgan. Markaziy Avstraliyada afsonaviy ajdodlarning arvohlari muqaddas buyumlarga kwchirilgan. Bunday buyumlar odatda sehrli belgilar chizilgan taxtacha – churingidan iborat bwlib, uni maxsus joyga yashirganlar. Har bir totemistik guruh wzining churingiga yashiringan muqaddas joyga ega bwlgan. Wsha erda yilda bir marta maxsus marosim (intichiuma) wtkazilgan. Avstraliyaliklar orasida turli sehrgarlik, duogwylik, ziyon yetkazish magiyasi juda keng tarqalgan. Dushman qabilalar turli duolar bilan ziyon yetkaza bilish qobiliyatiga ega, degan tasavvurlar muhim rol wynagan. Tub aholi tushunchasida dushman uzoqdan ziyon yetkazmoqchi bwlgan kishiga uchi ywnilgan yog`och, wtkir suyak twg`rilab nafratli duo wqisa shu kishi yo kasal bwlar, yo wlar emish. Sehrgarlik bilan birovni sovutish yoki maftun qilish (sevgi magiyasi), yomg`ir yog`dirish (obi havo magiyasi), davolash (duoxonlik magiyasi) kasbini egallagan maxsus folbin va duoxonlar shug`illangan. Magik tasavvularga nisbatan Avstraliya qabilalarida animizm (jonga ishonish) kam tarqalgan. Ularda kosmogonik afsonalar ham rivojlangan. Jonning narigi dunyoda yashashiga ishonganlar. Avstraliyaliklarning diniyo e`tiqodida hukmron va qaram bwlish tushunchalari ywq. Ular wz totemlariga itoat qilib tiz chwkmagan. Bu elat na buyuk arvoh, na xudo twg`risida tasavvurni, na qurbonlik, na ibodatxona, na avliyoni bilganlar. Faqat turli sehrgarlik marosimi va odatlar, kohinlar wrniga folbin va duoxonlar, muqaddas avliyolar va machit wrniga buyumlarning saqlanish joylari ibtidoiy dunyoning asosiy ifodasi edi. Avstraliyada xalq og`zaki ijodi dastavval rivoyatlar, afsona va ertaklar, ashula va raqslarda namoyon bwlgan. Afsona va rivoyatlar, asosan, totemistik tasavvurlar bilan bog`liq bwlsa ham muqaddashlashtirilmagan, tinglovchilar ularning haqqoniyligiga ishonishmaydi, kulgi va hazil bilan qabul qilishadi. Afsona personajlari (kishi yoki hayvon) hech qanday qaramonlik kwrsatmaydi, odatdagicha kwchib yuradi, ov qiladi, yeydi, yotadi, ba`zan urushadi va bir-birini wldiradi. Musiqa kuylar odatda raqslarga jwr bwladi. Ularning raqslari kwpincha jamoa xarakterida (orro bori) bwlib, turli ma`noni tasvirlaydi, ayrimlari totem bilan bog`liq dramatik afsonalarni ifodalaydi. Barcha wzaro uchrashuvlar, tadbir va marosimlarda raqs ijro etilgan. Wziga xos tasviriy san`at ham turli ijtimoiy va diniy ehtiyojlarga bwysundirilgan. Unda ayrim primitiv, realistik tasvirlar bilan bir qatorda, har xil shartli belgilar – chiziq, nuqta, doira kabilar totemistik tasavvurlarni ifodalagan. Turli naqshlar va ornamentlar qurollarga, marosimlarga kishi badaniga, sirli belgilar esa churungi va boshqa diniy buyumlarga, qoya va toshlarga yasalgan Tasmaniyaliklar ham bezaklarni va badan bwyashni bilganlar. Ancha oddi kishilarning bilimlari tevarak-atrofdagi tabiiy sharoitga moslashgan bwlib, ishlab chiqarish tajribasiga bwysindirilgan. Avstraliyaliklar wz guruhi kwchib yuradigan hududni juda yaxshi bilganlar, bepoyon dashtlarda suv, ywl va taom topish usullarini egallaganlar. Tabiblarning 67 sehrli tajribasidan tashqari har bir avstraliyalik ayrim kasallik va yaralarni davolash ywllarini ham bilgan. Ular ibtidoiy tabobat qwlga kiritgan barcha bilimlardan foydalanganlar, maxsus tayyorlangan tarkibiy dorilarni ham, wsimlikdan qaynatilgan va kukun holidagi dorilarni ham ishlatganlar, qon oqishni twxtatish, singan joyni tuzatish kabi jarrohlik usullaridan xabardor bwlganlar. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling