Etnologiya uzb


Polineziya  va  Yangi  Zelandiya  xalqlari


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/141
Sana05.01.2022
Hajmi0.82 Mb.
#226289
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   141
Polineziya  va  Yangi  Zelandiya  xalqlari:  Tinch  okeanining  markaziy  qismida  keng, 
taxminan  bir  million  kvadrat  kilometr  suv  sathidagi  son-sanoqsiz  katta-kichik  orollardan  iborat. 
Polineziya  («Kwp  orollik»)  shimoda  Gavayya  arxipelagi,  janubda  eng  katta  qwshorol  –  Yangi 
Zelandiya  va  sharqda  Pasxa  uchburchagi  joylashgan.  Asosan,  vulqon  va  marjonlardan  paydo 
bwlgan  Polineziya  orollari  (Yangi  Zelandiyani  hisobga  olmaganda)  26  ming  kvadrat  kilometrdan 
hududga  ega,  shundan  17  ming  kvadrat  kilometri  faqat  gavayya  arxipelagiga  tegishli,  220  ta  orol 
esa har bittasi bir kvadrat kilometrdan ham kam joyni egallaydi. 
Polineziyaning  tabiati  va  hayvonot  dunyosi  ancha  qashshoq  bwlib,  hududining  kwp  qismi 
adabiy yashil tropik wrmonlar va savannalardan iborat. Okean yuzida minglab mayda orol va riflar 
paydo bwlib, ba`zan ywqolib ketadi. Polineziya hududiga Yangi Zelandiya (uning hududi 265 ming 
km
2
)dan  tashqari  twqqizta  katta  arxipelag  –  Gavayya,  Samoa,  Jamiyat  orollari,  Markiz,  Tonga, 
Tuamotu,  Kuk,  Tubuan,  Ellis  va  boshqa  juda  kwp  yirik  hamda  mayda  orollar  kiredi.  Yangi 
Zelandiya  hozir  uch  milliondan  ortiq  aholi  bwlsa,  umuman  Polineziyada  1,5  mln.ga  yaqin  kishi 
yashaydi. Wtgan asrning oxiriga kelib Okeaniya aholisining soni 10 million kishidan oshib ketdi. 
Ichki  jamoa  munosabatlararo  va  jamoalararo  wzaro  munosabatlar  dastlab  qavm-
qarindoshchilik  va  urug`chilik  bilan  belgilangan.  Jamoa  va  qabilalar  wrtasida  turli  moddiy 
buyumlar,  ishlab  chiqarish  vositalarini  ayrboshlash  ancha  rivojlangan.  Savdo-sotiq  ishlarida  pul 
vazifasini  chig`anoqlar  tizmasi,  paket  tuz,  chwchqaning  swyloq  tishi,  toshbolta  va  hokazolar 
bajargan. 
Diniy  e`tiqodda  buyuk  tabiat  xudolariga  sig`inish  kuchli  bwlgan.  Butun  Polineziyada  twrtta 
xudo – Tane, Tu, Rongo, Tangaroa – tabiat kuchlarini ifodalaydi. Shuning uchun ham, kosmogonik 
afsona  va  rivoyatlar  keng  tarqalgan.  Shunisi  qiziqki,  xalq  ijodining  asosiy  ma`nosi  olam  va  inson 
bepoyon  Okeaniya  orollarini  izchillik  bilan  egallashi  tarixidan  kelib  chiqqan.  Barcha  afsona  va 
rivoyatlarning bosh qahramonlari jasur dengizchilar, yangi er va arxipelaglar axtaruvchi sayyohlar 
ekanligi shundan. Diniy e`tiqodlarning xususiyati har bir inson tug`ilishi bilan qudratli g`ayritabiiy 
kuch-managa ega bwlishdan iborat. Mana juda xavfli bwlib, birovga tegsa wlim keltirishi mumkin. 
U tabaqalarga qarab har xil kuchga ega, qullarda mana bwlmagan, ammo buyuk boshliqlar qudratli 
mana  egasi  hisoblangan.  «Mana»    tushunchasi  «tabu»  -  swzi  bilan  bevosita  bog`liq.  Nimaiki 
managa ega bwlsa, wsha narsa xavfli, ya`ni unga tegish man qilingan – tabu qwyilgan. Tabu swzi 
asli  Polineziyada  paydo  bwlib,  uni  dastlab  Evropaga  atoqli  dengiz  sayyohi  Kuk  keltirgan.  Tabu 
orolliklarda juda keng tarqalgan jamiyatdagi kasta (tabaqalanish) tizimini ifodalaydi. 
Barcha  diniy  urf-odat  va  marosimlar  kohinlar  qwlida  bwlib,  ular  merosiy  kasta  hisoblangan. 
Kohinlar ham tadaqalangan, ba`zilari ibodatxonalarda xizmat qilsa, ayrimlari tabibchilik, folbinlik 
bilan  shug`ullanganlar.  Qabila  boshliqlari  bilan  kohinlar  qavm-qarindoshchilik  munosabatiga 
kirishganlar. Ibodat qilish – ashula aytish yoki duo wqish, qurbonlik qilishdan iborat bwlgan. 
Anchadan  beri  mustaqil  davlat  hisoblangan  (1907-yildan  dominion  hududiga  ega)  Yangi 
Zelandiyaning 3,2 milliondan ortiq aholisining 80%i Buyuk  Britaniya va  Irlandiyadan kelgan, tub 
aholi  –  maorilar  esa  hozir  taxminan  300  ming  kishini  tashkil  qiladi,  xolos.  Asosiy  er  egalari  – 
fermerlarning  kwpchiligi  shaharda  yashaydilar,  fermerlarda  joylashgan  uylarda  esa  asosan, 
yullanma ishchilar yashaydi. Yuksak darajada rivojlangan qishloq xwjaligi sohasida hozir aholining 
12%i  band.  Sanoatning  asosiy  tarmoqlari  –  noz-ne`mat  va  oziq-ovqat  tayyorlash  hamda  tog`-kon 
sanoatidir. Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati, avtomashinalarni yig`ish va taxmirlash 
korxonalaridan  iborat.  Keyingi  iyllarda  AQSh,  Yaponiya  va  Avstraliya  sarmoyasi  yordamida  bir 
qancha qog`oz va yoqochni qayta ishlash korxonalari, alyuminiya savodi qurilgan. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling