Etnologiya
Download 0.69 Mb.
|
Zuxraxon
Qolaversa, buyuk geografik kashfiyotlar natijasida dunyoning turli mintaqalari orasida etnomadaniy taraqqiyotdagi o'zaro farqlar, boshqa el- larda yashovchi etnik guruhlarning o'ziga xos etnopsixologiyasi va ularning etnik o'zlikni anglash mexanizmi, tarixning ma'lum davrlarida u yoki bu xalqning tutgan o'rni, sivilizatsiyalar va madaniyatlar taraqqiyoti hamda tanazzulida etnik omilning o'rni kabi muammolarning kun tartibiga qo'yilishiga sabab boʻlgan. Yuqorida ta'kidlangan muammolar va savollarning yechimi sifatida fanda qator yangi nazariyalar va konsepsiyalar yaratilgan.Bu esa, o'z navbatida etnologiyaning dastlabki ilmiy maktablari va yoʻnalishlari paydo bo'lishiga sabab boʻlgan. Keyinchalik mazkur ilmiy maktablar va yo'nalishlar asosida xalqlar to'g'risidagi maxsus fan- etnologiya shakllangan. Etnologiya fanining nomi ham boshqa ko'plab ijtimoiy-gumanitar fanlar kabi yunoncha - etnos (xalq) va logos (fan) so'zlaridan olingan boʻlib, "xalq to'g'risidagi fan" degan ma'noni bildiradi'. "Etnos" so'zi ilk bora qadimgi yunon tilidagi manbalarda uchraydi. Taxminan miloddan avvalgi VI-V asrlarda bu atama kelib chiqishi yunon bo'lmagan urug' va qabilalarga nisbatan qo'llanilgan. Aynan shu ma'noda mazkur ibora rim madaniyati va lotin tilida ham ishlatilgan.
Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling