Etnologiya


Download 0.69 Mb.
bet5/7
Sana15.03.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1269994
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Zuxraxon

XVIII asr oxirlariga qadar etnos tushunchasi nihoyatda chegaralangan tarzda iste'molda bo'ldi. Faqat XIX asrdan e'tiboran bu termin ilmiy adabiyotlarda "xalq" ("narod") ma'nosida keng qo'llanila boshlagan.XIX asrgacha setnologiya» atamasi maxsus fanga nisbatan emas, balki onda-sonda ko'zga tashlanib turadigan turli etnografik jarayonlarni tavsiflash maqsadidagina ishlatilgan.Darvoqye, shuni ham ta'kidlab o'tish joizki, "etnologiya" termini fanga ilk marotaba 1784-yilda A. Shavann tomonidan olib kirilgan. Lekin, ushbu fanning taraqqiyoti biroz keyingi davr bilan bog'liq bo'lib, fransuz olimi Jan Jak Amper tomonidan 18.30-yilda «antropologik» (ijtimoiy) fanlarning umumiy tasnifini ishlab chiqishda xalqlar va ularning madaniyati to'g'risidagi yangi fanning nomlanishi tarzida maxsus izoh sifatida qo'llanilgan. Keyinchalik mazkur termin Yevropa davlatlariga juda tezlik bilan yoyilgan. Umuman, etnologiya mustaqil fan sifatida bir qator etnologlar jamiyatlari (1839-yil Parijda Fransiya etnologlar jamiyati, 1842-yil AQShda Amerika etnologlar jamiyati)ning tuzilishi bilan rasman tasdiqlangan'. Biroq, shundan keyin turli ilmiy maktablar va yo'nalishlar o'rtasida mazkur ilmning fanlar tizimidagi o'rni, tadqiqot mavzusiga daxldor masalalar borasida keskin munozaralar bo'lgan. Bu bahslarning ayrimlari esa hatto bugungi kunga qadar davom etib kelmoqda. Qizg'in bahs- munozaralarga sabab bo'lib kelayotgan muammolardan biri fanning mazmuni va nomlanishi borasidagi masaladir.

Bugungi kunga kelib ayrim mamlakatlarda mazkur fan "etnologiya", yoki "etnografiya" deb nomlansa, qator G'arb mamlakatlarida ushbu fanni "madaniy antropologiya" yoki "ijtimoiy (sotsial) antropologiya" deb yuritish an'anaga aylangan. Ma'lumki, yaqin o'tmishda sobiq Ittifoqda bu yo'nalish "etno- grafiya" deb nomlanib, mazkur sohada ilmiy tadqiqotlar olib borgan institut va ilmiy tadqiqot markazlari ham shu atama bilan yuritilar edi. Biroq, o'tgan asrning 90-yillaridan e'tiboran ushbu fanga nisbatan "etnografiya" atamasi bilan birga "etnologiya" termini ham qo'llaniladigan bo'ldi.Shu o'rinda har ikki atamaning funksional chegarali va uyg'un tomonlari haqida to'xtalib o'tish maqsadga muvofiq. Etnografiya yunoncha bo'lib, "etnos" - xalq, "grafiya" "tavsiflash", degan ma'nolarni anglatadi. Mazkur fanning metodologik masalalariga bag'ishlangan qator ishlardan ko'rinadiki, "etnologiya" va "etnografiya" tushunchalarini aynan bir ma'noda qabul qilish ham to'g'ri emas. Negaki, agar an'anaviy "etnografiya" u yoki bu etnos (etnik birlik)ga daxldor bo'lgan materiallarni to'plab, tizimlashtirib va ularni ko'proq tavsiflab bersa, "etnologiya" etnos haqidagi barcha ma'lumotlarni nazariy-metodologik jihatdan tah- lil, talqin qiladi va bu xususda umumiy xulosalar chiqaradi. Demak, "etnologiya" atamasi "etnografiya" tushunchasiga nisba- tan nafaqat kengroq tushuncha, balki etnografiyani etno- logiyaning ma'lum bir qismi deb baholash mumkin.


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling