«etnomadaniyat»
Download 5.23 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topishmoqlar – xalq zukkoligi va topqirligi mahsuli.
- Xalq qo’shiqlarining paydo bo’lishi
- Doston – o’zbek folklorining keng tarqalgan va yirik janrlaridan biri
Maqollar va ularning yuzaga kelishi Maqol deb xalqning ijtimoiy-tarixiy, hayotiy-maishiy tajribasi umumlashgan badiiy, obrazli mulohazalardan iborat hikmatli so‘zlarga aytiladi. Maqol o‘zbek tilida maqol, tojiklarda zarbulmasal, ruslarda poslovitsa, arablarda (jonli so‘zlashuvda) naql, turklarda ata so‘zi atamasi bilan yuritiladi. Maqol atamasi arabcha [قوڶ] – qavlun – gapirmoq, aytmoq so‘zidan olingan. Maqollar xalq hayotiy tajribalari xulosasini ifodalovchi hikmatli fikrlar majmuasidir. Ular kishilarni ezgulikka, rostgo‘ylikka, samimiylikka, mehnatsevarlikka etaklaydi. Har bir maqolning vujudga kelishida birorta ibratli voqeaning ahamiyati benihoya katta. Topishmoqlar – xalq zukkoligi va topqirligi mahsuli. Topishmoqlar va chistonlar xalq zukkoligi va topqirligining mahsuli bo’lib, benazir shoira Uvaysiyning “Anor” chistoni ana shu zukkolik va topqirlikning namunasidir. Topishmoqlarda topilishi lozim bo’lgan narsaning shakli, hajmi, rangi, vazifasi va shu kabi xususiyatlari haqida ma’lumot beriladi, ammo bu belgilar istiora san’atidan foydalanilgan holda boshqa narsa bilan bog’lanadi. Xalq qo’shiqlarining paydo bo’lishi Qo’shiqning paydo bo’lishiga bosh sabab inson kayfiyatidagi chuqur iztirob yoki to’satdan paydo bo’lgan ko’tarinki ruhdir. Inson noxush damlarda ko’proq sukut saqlaydi, xayolda vaziyat echimini topishga urinadi. Bunday daqiqalarda mungli kuy tasalli beradi, ko’ngilni bir oz bo’lsa-da yozadi. Xursandchilik onlarida esa sho’x qo’shiq, raqs hamroh bo’ladi. Ayni ana shunday manfiy va musbat holatlar shaxs qalbida lirik kechinmalarning paydo bo’lishiga zamin hozirlaydi: oqibatda qo’shiqning yaratilishiga sabab bo’ladi. Xalqimizda «Kuygan – qo’shiqchi, suygan – baxshi» hikmati bejiz aytilmaydi. 119 3-ilova: 1-O‘quv topshiriq: «Piramida» organayzerini to‘ldiring “O‘zbek xalq og‘zaki ijodi deganda nimani tushunasiz?” Doston – o’zbek folklorining keng tarqalgan va yirik janrlaridan biri Doston o’zbek folklorining keng tarqalgan va yirik janrlaridan biridir. Uning yaratilishi xalqimizning ma’naviy-maishiy qiyofasi, ijtimoiy-siyosiy kurashlari, axloqiy-estetik qarashlari, adolat va haqqoniyat, ozodlik va tenglik, qahramonlik va vatanparvarlik haqidagi g’oyalari bilan chambarchas bog’liq. Dostonlar sinkretik - omuxta janr hisoblanadi. Xalq dostonlarining ijrochilari O’zbekistonning turli hududlarida turli nomlar bilan yuritiladi. Masalan, baxshilar, xalfalar va bsh. 120 4-ilova: 5-ilova: Insert usulidan foydalanib ishlash qoidasi 1. Ma’ruza matnini o‘qib, matnning chetiga quyidagi belgilarni qo‘yib chiqing: Y – bilaman Q - men uchun yangi ma’lumot – - men bilgan ma’lumotni inkor qiladi ? – noaniq (aniqlashtirish talab qiladigan) qo‘shimcha ma’lumot. 2.Olingan natijalarni jadval shaklida rasmiylashtiring. Mavzu savollari Y Q – ? 1. 2. 3. 4. Mavzu: O‘zbek xalq og‘zaki ijodi: xalq maqollari, topishmoqlari,qo‘shiqlari va xalq dostonlari Reja: 1.O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. 2. Maqollar va ularning yuzaga kelishi. 3.Topishmoqlar – xalq zukkoligi va topqirligi mahsuli. 4.Xalq qo‘shiqlarining paydo bo‘lishi. 5.Doston – o‘zbek folklorining keng tarqalgan va yirik janrlaridan biri 1-masalaning bayoni: O‘zbek xalq og‘zaki badiiy ijodi o‘zbek xalqining asrlar davomida ijodkor farzandlari tomonidan yaratilgan madaniy merosidir. Bu meros Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Xalq og’zaki ijodiga qaysi janrlar kiradi? 2. Maqol nima? 3. Topishmoqlarning qanday ahamiyati bor? 4. Dostonlar qaysi turkumga kiradi? 5. Dastonlar qanday janr hisoblanadi? 6. Surxondaryoda doston ijrochilarini nima deb atashadi? 7. Nima uchun xalq qo’shiqlarini xalqning orzu armonlari ifoda etilgan sarchashmalar deb ataymiz? 121 maqollar, matallar, latifalar, qo‘shiqlar, ertaklar, dostonlar va boshqa janrlardagi asarlardan iborat. Xalqimiz og‘zaki ijodining tarixiy ildizlari Markaziy Osiyoda yashab o‘tgan turkiy xalqlarning mifik dunyoqarashiga borib taqaladi. Mazkur mifik qarashlar O‘rxun - enasoy tosh bitiklari, «O‘g‘uznoma», «Kitobi dadam Qo‘rqut», Koshg‘ariy tuzgan «Devonu lug‘atit-turk», Ahmad Yugnakiyning «Hibatul-haqoyiq», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» kabi adabiy asarlarida ham o‘z ifodasini topgan. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng xalq og‘zaki ijodiga milliy qadriyatlarning ajralmas tarkibiy qismi sifatida munosabatda bo‘la boshlandi. Mustaqillik zudlik bilan milliy mafkura asoslarini yaratish vazifasini kun tartibiga qo‘ydi. Ayniqsa, Prezidentimiz I. A. Karimovning 1997 yil 31 avgust kuni Oliy majlis I-chaqiriq IX sessiyasida so‘zlangan «Barkamol avlod-O‘zbekiston kelajagining poydevori» mavzuidagi nutqida og‘zaki ijod asarlariga milliy mafkura tamoyillari singdirilgan ma’naviy qadriyatlar sifatida munosabatda bo‘lish masalasiga alohida e’tibor berildi. 1997 yil 6 oktyabr’ kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi»ni qabul qildi. Mazkur dasturda ham xalq og‘zaki ijodi namunalari yosh avlodni milliy mafkura asosida tarbiyalashning asosiy manbalaridan biri sifatida baholandi. «Folklor» atamasi inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, «xalq donoligi», «xalq donishmandligi» ma’nolarini anglatadi. Bu atama birinchi marotaba 1846 yilda Vil’yam Toms tomonidan qo‘llangan va bugungi kunda jahon ilmu fanida xalq ijodi tushunchasini bildiradi. Masalan, biz «folklor» so‘zini qo‘llaganda xalq og‘zaki ijodini nazarda tutamiz. Shu bilan birga «folklor» so‘zi xalq amaliy san’ati, xalq me’morchiligi va boshqa sohalarni ifodalaydigan atamadir. Faqat har bir soha mutaxassisi folklor deganda o‘z sohasini, masalan, biz xalq og‘zaki ijodini, xoreograf xalq raqsini, musiqashunos esa xalq kuylarini nazarda tutadi. Folklor asarlarida xalq hayoti badiiy aks etadi. Shuning uchun xalq og‘zaki ijodi so‘z san’atining - badiiy adabiyotning og‘zaki shakli sifatida o‘rganiladi. Xalq og‘zaki ijodining maqol, topishmoq, ertak, doston, tez aytish, sanamachoq, qo‘shiq, askiya kabi janrlari bor. Xalqimiz tomonidan ming yillar davomida yaratilgan og‘zaki ijod namunalari o‘zbek xalqining tarixiy va qimmatli madaniy merosidir. Ayni kunlarda o‘rganish va asrab avaylash qayta-qayta ta’kidlanayotgan xalq qadriyatlari tarkibida xalq og‘zaki ijodi ham mavjuddir. Xususan, «To‘maris», «Shiroq» kabi afsonalar, «Alpomish», «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi», «Ravshan», «Oshiq G‘arib va Shohsanam» kabi dostonlar, «Bulbuligo‘yo», «Malikai Husnobod», «Uch og‘a-ini botirlar» kabi ertaklar, lirik qo‘shiqlar, marosim va mehnat qo‘shiqlari hamda boshqa og‘zaki ijod namunalari xalqimiz qadriyatlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Bugungi kunda ma’lum bo‘lyaptiki, shaxsni tarbiyalashda uning ruhiy holatiga ta’sir kilmasdan samaraga erishib bo‘lmaydi. Xalq og‘zaki ijodida avlod tarbiyasi aynan ana shu usuldan foydalangan holda amalga oshiriladi. Jumladan, «Alpomish» dostonida Alpomishning soddaligi va ishonuvchanligidan foydalangan dushman uni va sheriklarini tuzoqqa tushiradi. Qahramonning bir kun may ichib hushyorligining yo‘qotishi 7 yil zindonda yotishiga sabab bo‘ladi. Yoki dostonda aka-uka Boybo‘ri va Boysarining murosasizligi tufayli o‘n minglab qo‘ng‘irotliklarning boshiga misilsiz ko‘rgiliklar tushadi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, dono xalqimiz psixologiya fanining zamonaviy yutuqlaridan bexabar holda yoshlarni tarbiyalashda eng ma’qul yo‘lni tanlagan ekan. Pedagogikada yosh avlodni vatanparvarlik, xalqparvarlik, mehnatsevarlik, rostgo‘ylik ruhida tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor beriladi. Bundan tashqari, xalq o‘z farzandlarining ziyrak, irodali, insonparvar bo‘lib etishishini orzu qilgan. Xalq 122 og‘zaki badiiy ijodidagi asarlarda tanqid ostiga olingan qahramon o‘z fe’lidagi kamchiliklarni tuzatadi va murod-maqsadiga etadi. Bu misollar ham xalqimiz og‘zaki ijodining muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanini tasdiqlaydi. Xalq og‘zaki ijodi bilan yaqindan tanishish bu asarlarda inson tarbiyasiga oid hech qanday bo‘sh o‘rin qolmaganligini ko‘rsatadi. Xususan, ba’zi ertaklarda asar qahramonining ziyrakligini tekshiruvchi topishmoqlar mavjud. Bir qator epik asarlarda esa hayotda yomonlik qilgan shaxsning jazosiz qolmasligi ta’kidlanadi. Bevosita yosh bolalarning tarbiyasiga oid masalalar ham xalq og‘zaki ijodi namunalaridan sezilarli o‘rin olgan. Bu o‘rinda topishmoqlarda majoziy fikr yuritilishini, tez aytishlarda nutq organlari shakllanishiga e’tibor berilganini, bolalar qo‘shiqlarida estetik tarbiya bilan jismoniy tarbiyaning uyg‘un ekanligini nazarda tutamiz. Xalq og‘zaki ijodida katta o‘rin tutuvchi doston va ertaklar orqali yosh avlodga qadim zamonlarda quyosh, er, suv, ot, tuya, yo‘lbars, baliq, qaldirg‘och, behi, chinor kabi tushunchalarning muqaddasligi uqtirilgan. Shuningdek, bunday asarlarda to‘y, aza kabi marosimlar qanday o‘tkazilishi haqida aniq ma’lumotlar berilgan. Natijada doston va ertaklarni tinglovchilar bir tomondan, hayot, ikkinchi tomondan, badiiy ijod namunalari orqali milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalanganlar. Bu esa bugungi kunda davlatimiz tomonidan alohida e’tibor berilayotgan umuminsoniylikni va milliylikni, mustaqillik mafkurasi asoslarini o‘zlashtirish omili hisoblangan. Har bir fan, sohaning muhim nazariy masalalari bo‘ladi. Badiiy adabiyotni o‘rganuvchi fan adabiyotshunoslik deb ataladi. Xalq og‘zaki poetik ijodini o‘rganish sohasini folklorshunoslik deymiz. Folklorshunoslik adabiyotshunoslik tarkibidagi mustaqil fan hisoblansa-da, o‘rganish ob’ekti badiiy adabiyot bo‘lgani sabab bir qator umumiy va mushtarak jihatlari bor. Xususan, janrlar masalasi adabiyotshunoslik uchun ham, folklorshunoslik uchun ham muhim hisoblanadi. Faqat adabiyotshunoslikda yozma adabiyot vakillari qalamiga mansub g‘azal, ruboiy, doston, noma kabi (mumtoz adabiyot); she’r, hikoya, roman, drama kabilar (zamonaviy adabiyot) ning janr xususiyalari o‘rganiladi. Folklorshunoslikda esa xalq og‘zaki adabiyotidagi maqol, qo‘shiq, ertak, doston kabi janrlarning o‘ziga xoslik tomonlari tadqiq etiladi. Ammo qaysi shaklda yaratilgan adabiyot ekanidan qat’i nazar har bir yo‘nalishdagi yutuqlar va kashfiyotlar adabiyotshunoslik ilmi taraqqiyotiga qo‘shilgan hissa sifatida baholanaveradi. Avvalo, badiiy asarlar yaratilish jinsi yoki turiga ko‘ra uch xil bo‘lishini esga olaylik. Badiiy adabiyot – so‘z san’ati ekani haqida ma’lumot berganimizda jins va turlarni aytib o‘tgan edik. Endi ana shu tushunchalarni mustahkamlaymiz. Umuman olganda, jahon adabiyotida uchta jinsning mavjudligi (epos, lirika, drama) qayd etilgan, tan olingan. Janr deganda, ana shu uchta jinsdagi asarlar tarkibini tashkil qiluvchi kichik turlar tushuniladi. Masalan, yozma adabiyotda epik asarlar turini roman, qissa, hikoya janrlari, og‘zaki adabiyotda ertak, doston, latifalar tashkil etadi. Ya’ni jins nomi saqlanishi, tarkibi esa asar yaratilish usuliga ko‘ra (og‘zaki yoki yozma) boshqa-boshqa janrlardan iborat bo‘lishi mumkin. Epos – yunoncha “epos” – rivoyat, hikoya, qo‘shiq so‘zidan iborat bo‘lib, badiiy adabiyotda voqea, hodisani bayon qilish, hayotiy lavhaning tafsilotlarini ifodalash ma’nosini anglatadi. Ta’rifdagi “qo‘shiq” so‘ziga ajablanish kerak emas, chunki qadimgi yunonlar nazarda tutgan qo‘shiqlar so‘zning hozirgi paytda tushunilishidan farqli ravishda voqea-hodisani bayon qilish xususiyatiga ega edi. Badiiy adabiyotdagi epik jinsda biron voqea badiiy so‘z vositasida hikoya qilinadi. Xalq og‘zaki ijodida bunday jinsga mansub janrlar afsona, naql, rivoyat, ertak, doston, ayrim termalar, latifa, loflardan iboratdir. 123 2-masalaning bayoni: Ana shu janrlarning orasida xalq maqollari, topishmoqlar, xalq qo‘shiqlari va xalq dostonlarining alohida o‘rni bor. Maqol deb xalqning ijtimoiy-tarixiy, hayotiy-maishiy tajribasi umumlashgan badiiy, obrazli mulohazalardan iborat hikmatli so‘zlarga aytiladi. Maqol o‘zbek tilida maqol, tojiklarda zarbulmasal, ruslarda poslovitsa, arablarda (jonli so‘zlashuvda) naql, turklarda ata so‘zi atamasi bilan yuritiladi. Maqol atamsi arabcha [قوڶ] – qavlun – gapirmoq, aytmoq so‘zidan olingan. Maqollarda so‘z qimmati alohida yorqin ifodalanadi. Chunki maqollardagi so‘zlarni boshqasi bilan almashtirish, biron so‘z qo‘shish mumkin emas. Ular milliy til tarkibida qoliplashgan holda namoyon bo‘ladi. Bu janr dunyodagi hamma xalqlar og‘zaki ijodida bor bo‘lib, hajm, shakl, yaratilishi maqsadiga ko‘ra mushtarak hisoblanadi. Hatto nomlanishida ham yaqinlik aniq seziladi. Jumladan, arablarda “qavlun” – gap, so‘z ma’nosini ifodalasa, tojiklarning “zarbulmasal” atamalarida misol keltirish, ruslar “poslovitsa”sida so‘zlar bilan fikrni ifodalash, turklardagi “ota so‘zi”da esa ajdodlar fikrini eslash ma’nosi etakchi. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida ham “sav” atamasi otalar so‘zini eslash tarzida keltirilgan. Xullas, maqol atamasi umumiy mazmun jihatdan “so‘z” tushunchasi bilan bog‘lanadi. Dunyodagi hamma xalqlar og‘zaki ijodida maqollarchalik shaklan va mazmunan o‘zaro yaqin janr deyarli yo‘q. Masalan, ruscha “Shilo v meshke ne utaish” (bigizni qopda yashirib bo‘lmas) – o‘zbekcha “Oyni etak bilan yopib bo‘lmas”; inglizlarda “East and West, home is best” (Sharqmi, G‘arbmi, uying eng yaxshisi) – o‘zbekcha “O‘z uying, o‘lan to‘shaging”; Vetnamda “Risoval drakona, poluchilsya chervyak” (Ajdar suratini ishlagandim, chuvalchang bo‘lib chiqdi) – o‘zbekcha “Men dedim o‘ttiz – Alloh dedi to‘qqiz”, osetinlarda “Ego v seni ne puskayut, a on lezet v komnatu” – o‘zbekcha “O‘ziga eng bo‘lmagan, o‘zgaga en bo‘larmi”; tatarlarda “Tovuq tuxum qo‘ymasdan, egasi jo‘ja sotmoqchi” – o‘zbekcha “Jo‘jani kuzda sana”; ruslarda “Na chujoy strane i vesna ne krasna” (o‘zga yurtda bahor go‘zal emas) – o‘zbekcha “O‘zga yurtda shoh bo‘lguncha, o‘z yurtingda gado bo‘l” ma’nolarini ifodalaydi. Folklorshunos olimlar maqollar va matallarni o‘rganuvchi sohani paremiologiya deb atashadi. Paremiya – yunoncha chuqur ma’noli gap, hikmatli so‘z, ibora, maqol, matal ma’nosini beradi. Maqollarning janr xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1. Maqollarning hajmi qisqa va cheklangan. 2. Maqollar mazmunan serko‘lam va chuqur ma’noni ifodalaydi. 3. Xalq maqollari shaklan she’riy va nasriy bo‘ladi. Ammo nasriy maqollar ham she’riy misralarni eslatadi. Masalan: Ko‘za kunda emas, kunida sinadi. 4. Maqollarda hayotiy voqea-hodisa haqida qat’iy hukm ifolanadi. Bu hukm musbat yoki manfiy mazmunda aks etadi. 5. Maqol shaxs hayotidagi xususiy vaziyatni xalq, omma, hayot nuqtai nazardan umumlashtiradi. 6. Maqol matni tilshunoslikda shaxsi umumlashgan gap hisoblanadi. Xalq maqollari tarixi o‘nlab asrlar bilan o‘lchanadi. O‘rxun-Enasoy bitiglarida “Oriq va semiz buqani (birov) tezagidan bilsa, birov oriq va semiz buqani ajrata olmaydi”, “Yupqa qalin bo‘lsa, tor-mor qiladigan bahodir emish, ingichka yo‘g‘on bo‘lsa, uzadigan bahodir emish” kabi maqolni eslatuvchi parchalarni o‘qiymiz. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida o‘nlab hikmatli so‘zlarni uchratamiz: “Esa, ichsa oxir bari och to‘yar, 124 Ko‘zi och ochligin o‘lganda qo‘yar”. “Kishiga chiroydir uyat-andisha, U asrar nojo‘ya ishdan hamisha”. Aynan shunga o‘xshash fikr Ahmad Yassaviy she’rida shunday keladi: “Al hayoyu minal iymon” – Rasul aytdi”, ya’ni Hadisdan olingan parcha: “Hayo iymondan nishonadur”, - deyiladi. Ahmad Yugnakiy “Hibatu-l-haqoyiq” dostonida “Vale kiysang atlas, unutma bo‘zing” misrasini yozadi. Bu misra “Boy bo‘lsang, chorig‘ingni unutma” hikmatli so‘ziga mos keladi. Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘oti-t-turk” tadqiqotida dala safarlarida yozib olgan 268 maqol matnini keltirgan. Bu namunalar qatorida biroz o‘zgarish bilan yashayotgan quyidagilarni uchratamiz: “Otug‘ uzguch birla o‘churmas” – O‘t alanga bilan o‘chirilmas; “Tog‘ toqqa qavushmas, kishi kishiga qavushar” – “Tog‘ tog‘ bilan uchrashmas, odam odam bilan uchrashar”. Ayni paytda “Õt tesa, ag‘iz kuymas” – o‘t degan bilan og‘iz kuymaydi; “Tulki o‘z iniga ursa, uzuz o‘lur” – tulki o‘z iniga qarab hursa, qo‘tir bo‘ladi kabilar bugungi kunda unutilgan. Ular o‘rniga “Holva degan bilan og‘iz chuchimas”, “Vataniga tosh otgan vatangado bo‘ladi” degan maqollar qo‘llanmoqda. Maqollarni tasnif qilishning bir turida mazmun etakchi hisoblanadi. Unga ko‘ra Vatan, mehnat, xalq, ilm-hunar, mardlik, mehmon, tadbirkorlik, muhabbat va vafo, yaxshi so‘z – jami 30 ga yaqin mavzular qayd etilgan. Ammo bu mavzularni yana ko‘paytirish ham, kamaytirish ham mumkin. Muhimi, mazmun etakchi bo‘lgan tasnifda masalani har tomonlama ifodalashga urinish aniq seziladi. “Bulbul chamanni sevar, Odam – vatanni”. Mazkur maqolda inson ruhiy olamida Vatan tushunchasining ahamiyati qayd etilgan. Maqoldagi Vatan so‘zida faqat muayyan hudud, manzil, o‘rin-joy, tabiat aks etgan, desak yanglish bo‘ladi. Bu so‘z ma’no jihatdan ajdodlar ruhi, ma’naviy meros obidalari, qadriyatlar, millat birligi, mentalitet xususiyatlari bilan uyg‘unlashadi. Bulbul chamanda qanchalar yayrasa, inson o‘z vatanida shunchalar erkin his qiladi. Bulbulni bog‘larsiz, gulzorsiz, chamansiz tasavvur etib bo‘lmaganidek, odamni o‘z ona diyorisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu maqolni aytganimiz zahoti Zokirjon Furqatning chet ellardagi azobini ta’riflab o‘z vatanini sog‘ingani yodga tushadi: “G‘amingda kecha – tong otquncha yig‘lar, Tong otg‘och, dag‘i kun botquncha yig‘lar”. Vatan haqidagi maqollarda qiyoslash, taqqos etakchidir: Kishi yurtida shoh bo‘lguncha, O‘z yurtingda gado bo‘l. Ma’lum bo‘ladiki, bu maqol avvalgi namunadagi mazmunni chuqurlashtiradi. Moddiy ta’minotdan ko‘ra ma’naviy ehtiyoj muhimroq ekani ifodalanadi. Tajribasiz odam hayotdagi hamma muammoni iqtisod bilan o‘lchaydi. Uning uchun turmush to‘kinligi har qanday tushunchadan afzaldek tuyiladi. Lekin Boburdek shoh o‘z diyorini eslab azoblanganidan xulosa chiqarsak, maqoldagi fikrning qanchalar aniq va ibratli tarzda berilgani ma’lum bo‘ladi. Endi boshqa bir maqolga murojaat qilaylik: Ona yurting omon bo‘lsa, Rangi-ro‘ying somon bo‘lmas. Bu maqolda shaxsning ona yurtida yashashi va istiqomat qilishi undan ma’lum burchni ham talab qilishi ifodalangan. Inson o‘z yurtida bemalol yashashi mumkin. Ammo bu yurt omon bo‘lsa, ya’ni tinch bo‘lsa, erkin-ozod bo‘lsa. Yurt tinchligi, 125 erkinligi, ozodligi esa xalqning o‘z yurtiga bo‘lgan iymonli munosabati oqibatida vujudga keladi. Agar xalq og‘zaki ijodi asarlarini tahlil qilsak, Vatan mavzuiga alohida e’tibor berilganiga guvoh bo‘lamiz. Tarixiy ma’lumot va hujjatlar bevosita xalq farzandlarining ajdodlar vasiyatiga sodiq ekanliklarini tasdiqlamoqda. Qayta-qayta ko‘p namunalarda vatan ozodligi, erkinligi haqidagi ta’kidning kuchayishi bejiz emas. Ko‘pincha, bu maqollarda vatan va el tushunchasi uyg‘unlashadi: Eling omon bo‘lsa – sen omon. Eling, yurting bo‘lmasa, Xullas, xalq maqollarida qaysi mavzu, hayotning qaysi sohasi haqida fikr yuritilmasin, tanlangan muammo har tomonlama, atroflicha yoritiladi. Bularning hammasi o‘zbek xalqining asrlar davomida naqadar dono va aqlli ijodkor farzandlarga ega ekanini dalillaydi. Xalq maqollarining uzoq o‘tmish mahsuli ekanligi ayrim namunalarni bugungi kunda tushunish oson emasligini ham izohlaydi. Ba’zan maqollar qatorida shundaylari ham uchraydiki, hatto umumiy fikr nima bilan bog‘liq ekanligini anglash qiyin bo‘lib qoladi. Masalan: “Bir pul berib yig‘latdim, ming pul berib yupatdim” maqolini olaylik. Bu maqolning mohiyatini maqoldagi fikr yo‘nalishi va qarshilantirish usulidan taxmin qilish mumkin, xolos. Ya’ni umumiy mazmunda nojo‘ya qilingan harakat yoki tadbir oxir oqibatda insonga qo‘shimcha tashvish keltirishi mumkinligi haqida ogohlantirilmoqda. Sen shunday harakat qilginki, bu harakating yomon oqibatlarga olib kelmasin, deyilmoqda. Ammo nima uchun bir pul berib yig‘latsa, ming pul berib ovutadi yoki yupatadi. Bu muammoni hal qilish uchun tarixga murojaat qilamiz. Qadim zamonlarda aza paytida yig‘lab beradigan maxsus odamlar bo‘lgan ekan. Ularni “giyrandi” deb atashgan. Aslida “giyrandi” “giryandi”dan olingan bo‘lib, “yig‘lamoq” fe’li bilan ma’nodoshdir. Uyida biror yaqin odami o‘lsa, mayit egasi giyrandini chaqirgan. U aza davomida ma’lum haq evaziga yig‘lab berishni bo‘yniga olgan. Lekin giyrandi o‘z san’atini shunday egallashi ham mumkin ediki, mayit egasi bu aytuvlarga, bu dod-fig‘onga, bu nolalarga chidamasdi. Shunda u giyrandidan yig‘lamaslikni iltimos qilgan. Giyrandi esa atayin avjga chiqqan. Natijada uni yig‘idan to‘xtatish uchun ko‘proq haq berilgan. Maqolda arzimagan haq evaziga yig‘lovchini chaqirish, ammo uning jim bo‘lishi uchun katta pul berish voqeasi aks etgan. Shunday qilib, maqollar mazmuni ularning o‘zi va tabiati kabi sirli olamga egadir. Xalq og‘zaki ijodidagi maqollar janri tarixiy hayot davomida son va mazmun jihatdan boyish xususiyatiga ega. Ya’ni maqollar zamon o‘tishi bilan iste’moldan chiqishi va ayni paytda yangi-yangi namunalari vujudga kelishi mumkin. Xalq maqollari shakl va mazmun jihatdan matallarga yaqin janr hisoblanadi. Matallar ham ixcham matnga ega ekanligi bilan maqolga o‘xshaydi. Matal, odatda, notiq nutqi tarkibiy qismini tashkil etadi, ammo mustaqil qo‘llanganda tugal fikr anglatmaydi. Masalan, xalqimizda “Yaxshi gap bilan ilon inidan, yomon gap bilan qilich qinidan chiqar” degan maqol bor. Agar maqolning yarim matnini “Falonchi ilon inidan chiqadigan qilib gapirdi” tarzida qo‘llasak, biz matal aytgan bo‘lamiz va “Falonchi yaxshi gapirdi” ma’nosini bildiramiz. Chunki “ilon inidan chiqadigan” so‘z birikmasi alohida aytilsa, mustaqil ma’no anglatmaydi. Ma’lum bo‘ladiki, matal shaxs nutqini go‘zallashtirish uchun xizmat qilar ekan, xolos. Maqol esa mataldan mustaqil ma’no ifodalay olish xususiyati bilan farqlanadi. Download 5.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling