«etnomadaniyat»
Milliylik falsafiy va axloqiy kategoriya sifatida
Download 5.23 Kb. Pdf ko'rish
|
Milliylik falsafiy va axloqiy kategoriya sifatida Ong sohasidagi milliylik badiiy madaniyatda xalq milliy xarakterining ifodalanishi. Etnik birliklar shakllanishiga ta’sir qiluvchi ijtimoiy, iqtisodiy va tabiiy omillar. Etnotsentrizm ommaviy ong va alohida shaxsning o‘z-o‘zini anglash darajasidagi psixologik mo‘ljallar yig‘indisi. Etnotsentrik stereotiplarni bartaraf qilishning zaruriyati. Millatchilikda milliy egoizm, milliy fobizm, milliy antipatiyaning namoyon bo‘lishi. Etnomadaniyat va milliy o‘z-o‘zini anglash. Etnomadaniyat va milliy o‘z-o‘zini anglash uyg‘unligi. Milliy o‘z-o‘zini anglashning asosiy omillari. Milliy o‘z-o‘zini anglash ijtimoiy ong fenomeni sifatida. Umuminsoniy madaniy qadriyatlarning etnik madaniyat va milliy o‘z-o‘zini anglash bilan uyg‘unligi. Milliy o‘z-o‘zini anglashning genezisi va funktsiyasini o‘rganishda etnopsixologiya va etnopedagogika usullaridan foydalanishning ahamiyati. Xalq etnopsixologik xususiyatlarining madaniyat va tarix bilan bog‘liqligi. Milliy psixologiya milliy o‘z-o‘zini anglashning komponenti. Ekologik ong va etnomadaniyat Ekologik ongning etnomadaniyat bilan uyg‘unligi. Tabiat xalqlarning etnik beshigi. Ekologik madaniyat va etnoekologik an’analar haqidagi tarixiy falsafiy manbalar. Fan, madaniyat, ijtimoiy ong va milliy o‘z-o‘zini anglashning ekologizatsiyasi. Ijtimoiy ekologiya jamiyat va tabiat o‘zaro ta’sirini o‘rganuvchi fan. Ekologik an’analarda kattalarning yosh avlod ongida moddiy va ma’naviy ne’matlarni asrash madaniyati shakllantirish zaruriyatining namoyon bo‘lishi Xalq axloqida tabiatni asrash haqidagi tasavvurlarning shakllanishi. Zamonaviy global ekologik ziddiyatlarni echishda davlat tashkilotlarining roli. Yangilangan milliy o‘z-o‘zini anglash strukturasida etnomadaniy jarayonlar Etnoijtimoiy va etnomadaniy jarayonlarning milliy o‘z-o‘zini anglashning yangilanishidagi ahamiyati. Milliy o‘z-o‘zini anglashdagi plyuralizmning milliy tiklanish bilan bog‘liqligi. Demokratiyalashtirish jarayonida fikrlar plyuralizmining jamiyat ijtimoiy siyosiy tizimida namoyon bo‘lishi. Madaniyatning etnos va tabiat bilan o‘zaro aloqasidagi roli. Etnos biosfera va sotsiosfera o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in. 16 Demokratik islohotlar xalqlar etnik ongidagi o‘zgarishlar omili. Etnik ongdagi ijobiy va salbiy omillar. Etnomadaniyat va milliy g‘oya mushtarakligi Milliy g‘oyada ma’naviy qadriyatlarga ega bo‘lgan etnos borlig‘i mohiyatining ifodalanishi. Sotsializm davri xalqlari ongida milliy g‘oyaga munosabat. Millatlararo munosabatlarda mayda millat va elatlar manfaatlarini himoya qilishning ahamiyati. Departatsiya qilingan xalqlar ongida etnomadaniyatga munosabat. Etnos milliyligining umuminsoniylik bilan mutanosibligi. Millatararo munosabatlarda barqarorlik taraqqiyot omili. Etnomadaniy jarayonlarda tolerantlikning ifodasi. Madaniyatlararo muloqot mintaqaviy konfliktlarni echish omili. Etnoetiketda axloqiy tasavvurlarning ifodalanishi. Etnomadaniyat va etnopsixologiya Xalqlar etnopsixologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari. Etnopsixologiyaning muayyan xalqning bioetnogenetik xususiyatlar bilan bog‘liqligi. Xalqlar etnopsixologiya va madaniyatida qadimiy donishmandlikning namoyon bo‘lishi. Etnomadaniyatda milliy g‘urur va milliy o‘z-o‘zini anglashning ifodasi. Milliy tiklanishning axloqiy jihatlari. Milliy tiklanish va etnomadaniyat rivojlanishining tendentsiyalari. Dunyoviy tsivilizatsiya tizimida etnomadaniy fenomen. Milliy madaniyat insoniyat rivojining mahsuli. Dunyoviy madaniyat milliy madaniyatlarning yig‘indisi. Milliy ong va milliy optimizm. Milliy optimizm, milliy ong va etnomadaniyat uyg‘unligini bilish tabiatni bilish. Etnomadaniyat va tarixiy ong. Tarixiy ongning badiiy adabiyotda ifodasi. Etnik va ijtimoiy xotira. Tarixiy va etnik xotira. XX asrdagi jahon urushi etnik birliklar xotirasida urush qatnashchilarining jasorati, burchining ifodasi. Ijtimoiy xotirada xususiy etnik voqelik. Yangi avlod ongida axloqiy qadriyatlarning deformatsiyasi. Ijtimoiy ongda onomistika. Onomistika tilni o‘rganish haqidagi fan. Ijodiy ongda ijtimoiy xotira. Skul’ptorlar ijodida tarixiylik va tarixiy xotira. Badiiy adabiyot, san’at asarlarida tarixiylik va tarixiy xotira. Memorial yodgorliklarda tarixiy xotira, etnoxotira va etnomadaniyatning ifodasi. Etnoijtimoiy xotira va etnotarixiy bilim. Toponomika – etnos ongning tarkibiy qismi Toponomika milliy o‘z-o‘zini anglash, etnik xotira va etnik ongning tarkibiy qismi. Repressiya qilingan xalqlarning ijtimoiy ongida toponomik nomlarning ifodasi. Repressiya qilingan xalqlarda etnohududning yo‘qligi. Qatag‘on qilingan xalqlarning etnik ongidan ular yashagan hududning geografik nomining yo‘qotilishi. Etnos ongidan geografik nomlar yo‘qotilishining qatag‘on qilingan xalq madaniyatiga ta’siri. Etnos xotirasidan milliy toponomlarning yo‘qotilishi ma’naviy tiklanishning buzilishiga yo‘naltirilgan harakat. Seminar mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari 1. Etnomadaniyat atamasining kelib chiqishi, fan sifatida shakllanishi. 17 2. Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari. 3. Etnomadaniyat fanining boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi. 4. O‘tmish milliy madaniyatimizni yanada taraqqiy ettirishda Etnomadaniyat fanining ahamiyati. Markaziy Osiyo xalqlari tarixi, madaniyati, etnografiyasi muammolari 1. Markaziy Osiyo kishilik jamiyatining eng qadimiy markazlaridan biri. 2. Ajdodlarimiz madaniyatining rivojlanish bosqichlari. 3. Markaziy Osiyo xalqlari etnografiyasi tarixi. 4. Vatanimiz hududlaridan topilgan asori atiqalar, qazilmalar. 5. Bugungi kunda o‘tmish ajdodlarimiz hayoti, madaniyati, rasm-rusm hamda urf- odatlarini o‘rganish uchun yaratilayotgan sharoitlar. O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixiga oid eng muhim manbalar 1. Tarixiy manbalarning umumiy tavsifi. 2. Tarixni o‘rganishda tarixiy manbalarni beqiyos ahamiyati. 3. Hozirgi zamon tarix fanida tarixiy manbalarning asosiy guruhlari. 4. O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixiga oid eng muhim manbalarni o‘rganishning ahamiyati. Etnomadaniyatning shakllanishida xalq o‘yinlarining o‘rni 1. Xalmiqiz hayotiga marosim-bayramlarning kirib kelishi. 2. Marosim, san’at, ijod kabi madaniyat turlarining vujudga kelishi va rivojlanishida o‘yinlarni o‘rni. 3. Xalq o‘yinlari – Etnomadaniyatning tarkibiy qismi. 4. Sho‘rolar davrida xalq o‘yinlariga bo‘lgan munosabat. 5. Mustaqillik sharoitida O‘zbekistonda Milliy o‘yinlarning tiklanishi va rivojlanishi. Qadimgi davr o‘zbek folklori – etnomadaniyat tarixida muhim manba 1. Folklorshunoslik yoki folkloristika. 2. Folklorshunoslik asoslarining yuzaga kelishi. 3. Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘atit-turk» asaridagi folklor namunalari. 4. Qadimgi davr folklori. 5. Etnomadaniy jarayonning shakllanishida qadimgi davr folklorining o‘rni va ahamiyati . O‘zbek xalq og‘zaki ijodi: xalq maqollari, topishmoqlari,qo‘shiqlari va xalq dostonlari 1. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. 2. Maqollar va ularning yuzaga kelishi. 3. Topishmoqlar – xalq zukkoligi va topqirligi mahsuli. 4. Xalq qo‘shiqlarining paydo bo‘lishi. 5. Doston – o‘zbek folklorining keng tarqalgan va yirik janrlaridan biri 18 Madaniy taraqqiyotda xalq teatri va milliy raqslarning o‘rni 1. Insoniyatning madaniy taraqqiyoti tarixida antik teatrning o‘rni. 2. Qadimgi Yunonistonda teatr rivoji. 3. Raqs san’ati madaniyatning o‘ziga xos, eng go‘zal turi sifatida. 4. Xalq madaniyatining takomillashib borishida teatr va raqs san’atining o‘rni. Etnopedagogika va milliy ma’naviyat 1. Millatning shakllanishida milliy tarbiyaning o‘rni. 2. Xalq pedagogikasi va xalq ijodi. 3. Bayramlar – inson hayotining eng muhim va tarkibiy qismi. 4. O‘zbek xalqining bayramlari. An’anaviy oila - turmush marosimlari – xalq madaniyatining fenomeni 1. Marosimlar – xalq madaniyatining fenomeni. 2. Etnik xususiyatlarni saqlab qolish omillari va milliy marosimlarni tadqiq etish muammosi. 3. Oila va oilaviy marosimlar. 4. Xalqimizning qadimiy e’tiqodlarini, madaniyat tarixi, orzu intilishlari, hayotga munosabatini o‘rganishda nikoh to‘yi bilan bog‘liq marosimlarning ahamiyati. O‘zbek xalqi moddiy madaniyatida qadimiy diniy tasavvurlar va qarashlarning arxaik izlari 1. Moddiy madaniyatning etnologik yo‘nalishda tadqiq etilishi. 2. Moddiy madaniyat namunalarida aks etuvchi ramz, belgilar va ular bog‘liq tasavvurlar, e’tiqodiy qarashlar. 3. Moddiy madaniyat namunalarining inson bilan aloqadorligi. 4. Etnologiya sohasini rivojlantirish muammolari Milliylik falsafiy va axloqiy kategoriya sifatida 1. Badiiy madaniyatda xalq milliy xarakterining ifodalanishi. 2. Etnik birliklar shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillar. 3. Etnotsentrizm ommaviy ong va alohida shaxsning o‘z-o‘zini anglash darajasidagi psixologik mo‘ljallar yig‘indisi. 4. Millatchilikda milliy egoizm, milliy fobizm, milliy antipatiyaning namoyon bo‘lishi. Etnomadaniyat va milliy o‘z-o‘zini anglash. 1. Etnomadaniyat va milliy o‘z-o‘zini anglash uyg‘unligi. 2. Milliy o‘z-o‘zini anglash ijtimoiy ong fenomeni sifatida. 3. Umuminsoniy madaniy qadriyatlarning etnik madaniyat va milliy o‘z-o‘zini anglash bilan uyg‘unligi. 4. Milliy o‘z-o‘zini anglashning genezisi va funktsiyasini o‘rganishda etnopsixologiya va etnopedagogika usullaridan foydalanish. 5. Xalq etnopsixologik xususiyatlarining madaniyat va tarix bilan bog‘liqligi. Ekologik ong va etnomadaniyat 1. Ekologik ongning etnomadaniyat bilan uyg‘unligi. 19 2. Ekologik madaniyat va etnoekologik an’analar haqidagi tarixiy falsafiy manbalar. 3. Ijtimoiy ekologiya jamiyat va tabiat o‘zaro ta’sirini o‘rganuvchi fan. 4. Xalq axloqida tabiatni asrash haqidagi tasavvurlarning shakllanishi. 5. Zamonaviy global ekologik ziddiyatlarni echishda davlat tashkilotlarining roli. Yangilangan milliy o‘z-o‘zini anglash strukturasida etnomadaniy jarayonlar 1. Etnoijtimoiy va etnomadaniy jarayonlarning milliy o‘z-o‘zini anglashning yangilanishidagi ahamiyati. 2. Milliy o‘z-o‘zini anglashdagi plyuralizmning milliy tiklanish bilan bog‘liqligi. 3. Madaniyatning etnos va tabiat bilan o‘zaro aloqasidagi roli. 4. Demokratik islohotlar xalqlar etnik ongidagi o‘zgarishlar omili. 5. Etnik ongdagi ijobiy va salbiy omillar. Etnomadaniyat va milliy g‘oya mushtarakligi. 1. Milliy g‘oyada ma’naviy qadriyatlarga ega bo‘lgan etnos borlig‘i mohiyatining ifodalanishi. 2. Sotsializm davri xalqlari ongida milliy g‘oyaga munosabat. 3. Millatlararo munosabatlarda mayda millat va elatlar manfaatlarini himoya qilishning ahamiyati. 4. Departatsiya qilingan xalqlar ongida etnomadaniyatga munosabat. 5. Madaniyatlararo muloqot mintaqaviy konfliktlarni echish omili. Etnomadaniyat va etnopsixologiya 1. Xalqlar etnopsixologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari. 2. Etnopsixologiyaning muayyan xalqning bioetnogenetik xususiyatlar bilan bog‘liqligi. 3. Etnomadaniyatda milliy g‘urur va milliy o‘z-o‘zini anglashning ifodasi. 4. Dunyoviy tsivilizatsiya tizimida etnomadaniy fenomen. 5. Etnomadaniyat va tarixiy ong. Tarixiy ongning badiiy adabiyotda ifodasi. Etnik va ijtimoiy xotira 1. Tarixiy va etnik xotira. 2. Ijtimoiy xotirada xususiy etnik voqelik. 3. Ijtimoiy ongda onomistika. 4. Ijodiy ongda ijtimoiy xotira. 5. Etnoijtimoiy xotira va etnotarixiy bilim. Toponomika – etnos ongning tarkibiy qismi 1. Toponomika milliy o‘z-o‘zini anglash, etnik xotira va etnik ongning tarkibiy qismi. 2. Repressiya qilingan xalqlarning ijtimoiy ongida toponomik nomlarning ifodasi. 3. Qatag‘on qilingan xalqlarning etnik ongidan ular yashagan hududning geografik nomining yo‘qotilishi. 20 4. Etnos ongidan geografik nomlar yo‘qotilishining qatag‘on qilingan xalq madaniyatiga ta’siri. 5. Etnos xotirasidan milliy toponomlarning yo‘qotilishi ma’naviy tiklanishning buzilishiga yo‘naltirilgan harakat. Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni Darslik va o‘quv qo‘llanmalarining (ularning to‘la ta’minlanganligi taqdirda) boblari va mavzularini o‘rganish. Tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza qismlarini o‘zlashtirish. O‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. Fanning boblari va mavzulari ustida ishlash. Etnomadaniyat fanidan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tish davomida talabalarni ijodiy jarayonga yo‘naltirish, ularni tahlil qilish, mustaqil ishlashga o‘rgatish. Malakaviy amaliyotni o‘tish chog‘ida yangi texnika, jihozlar, keng ko‘lamli ilmiy ish olib borishga qulay jarayonlar va texnologiyalarni o‘rganish. 1. Etnomadaniyat fani va uning tarixiy-nazariy asoslari 2. Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati va uning tub negizlari 3. O‘rta Osiyo etnomadaniyatini o‘rganishda o‘zma manbalarning o‘rni 4. O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixiga oid manbalar 5. O‘zbeklar etnik tarixining dastlabki bosqichi 6. O‘zbekiston xalqlari: ahmoniylar, kushon, qang‘lar, toxarlar va eftaliylar davrida 7. O‘zbek milliy mentaliteti va uning o‘ziga xos xususiyatlari 8. IX-XII asrlarda Movarounnahr va unga tutash mintaqalardagi etno-madaniy jarayonlar 9. Zamonaviy etnik jarayonlar 10. O‘zbek xalq o‘yinlarining vujudga kelishi va shakllanishi 11. Xalq o‘yinlarining turlari va an’analari 12. Milliy xalq o‘yinlarini tiklash va rivojlantirish 13. Folklorshunoslik fani. Folklorning o‘ziga xos xususiyatlari 14. Qadimgi davr o‘zbek folklori 15. O‘zbek xalq og‘zaki ijodining rivojlanishida xalq maqollari, topishmoqlari va qo‘shiqlarining tutgan o‘rni 16. Xalq og‘zaki ijodida dostonchilik 17. Xalq teatri va milliy raqslar 18. Ilk orta asrlar davrida tarbiya va pedogogik qarashlar 19. Ma’rifat darg‘alari 20. Etnopedagogika va milliy ma’naviyat 21. Bayramlarning vujudga kelishi 22. O‘zbek xalq bayramlari tarixidan 23. Tabiat bayramlari. Navro‘z va Hosil bayramlari 24. Qadimiy diniy e’tiqodlar va dinlar 25. Shamanlik genezisi va lokal xususiyatlari 26. Zardushtiylik dini bilan bog‘liq an’ana va marosimlar 27. An’anaviy oila - turmush marosimlarda qadimiy diniy e’tiqodlar 28. Nikoh to‘yi marosimlarida afsungarliklar va qadimiy diniy e’tiqodlar simbiozi 29. Motam marosimlarida arxaik diniy e’tiqodlar izlari 30. O‘zbeklarning xo‘jalik an’analarida diniy-e’tiqodiy qarashlar simbiozi 31. Chorvachilik bilan bog‘liq marosimlarda qadimiy diniy e’tiqodlar. 21 32. O‘zbek xalqi moddiy madaniyatida qadimiy diniy tasavvurlar va e’tiqodiy qarashlarning arxaik izlari 33. An’anaviy kiyimlarda qadimiy diniy tasavvurlar va ramziylik Dasturning informatsion-uslubiy ta’minoti Mazkur fanni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilishi nazarda tutilgan. Etnomadaniyat faniga tegishli ma’ruza darslarida zamonaviy komp’yuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalardan hamda mazkur kurs bo‘yicha o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlarda aqliy xujum, guruhli fikrlash singari pedagogik texnologiyalaridan va turli didaktik metodlardan foydalaniladi. Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning asarlari va O‘zbekiston Respublikasi qonunlari: 1. Ўзбекистон Республикасининг “Таълим тўg‘рисида”ги Қонуни. 1997 йил 29 август. / “Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори” – Т.: “Шарқ” нашриёти, 1998 йил. 2. Ўзбекистон Республикасининг “Кадрлар тайёрлаш Миллий дастури тўg‘рисида”ги Қонуни. 1997 йил 29 август. / “Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори” – Т.: “Шарқ” нашриёти, 1998 йил. 3. Ўзбекистон Республикасининг “Виждон эркинлиги ва диний ташкилотлар тўg‘рисида”(Янги таҳрирда)ги Қонуни. – Т.: “Адолат” нашриёти 1998 йил 4. Каримов И.А. Маънавий юксалиш йўлида. -Т.: Маънавият, 1998 5. Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси – Т.: “Ўзбекистон” нашриёти, 2007 йил. 6. Каримов И. А. Юксак маънавият –енгилмас куч. – Т.: “Маънавият” нашриёти, 2008 йил. 7. Каримов И.А. Асосий вазифамиз – Ватанимиз тараққиёти ва халқимиз фаровонлигини янада юксалтиришдир. Т.: “Ўзбекистон” нашриёти, 2010 йил. 8. Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. Т.: “Ўзбекистон” нашриёти, 2011 йил. Darslik va qo‘shimcha adabiyotlar 1. Имомназаров М. Миллий маънавиятимизнинг такомил босқичлари. Т.: 1996 йил. 2. Абдуллаев М. Маданиятшунослик. Фарg‘она, 1998 йил. 3. Абдуллаев М. Абдуллаев А. Маънавият ва маданият тарихи. Фарg‘она, 1998 йил. 4. Этномаданият фанидан маърузалар матни. 1-қисм. Фарg‘она, 2001 йил. 5. Шониёзов К. Ўзбек халқининг шаклланиш жараёни. Т.: Шарқ, 2001йил. 6. Муродов. М. Қорабаев У. Рустамова Р . Этномаданият.. Т.: Адолат, 2003 йил. 22 6. Аширов А. Атаджанов Ш. Этнология. Т.: 2007 йил. 7. Аширов А. Ўзбек халқининг қадимий эътиқод ва маросимлари. Т.: 2007 йил. Elektron ta’lim resurslari: 1. www. tdpu. uz 2. www. Ziyonet. uz 3. www. edu. uz 4. www. ma’naviyat. uz 5. www.bilim.uz . 23 24 25 I. KIRISH “Etnomadaniyat” fani dasturi “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo‘yiladigan talablardan kelib chiqqan holda tayyorlandi. Milliy madaniyatimizni yanada taraqqiy ettirish, buyuk ajdodlarimizning asrlar davomida yaratgan bebaho madaniy-ma’rifiy merosini ko‘z qorochig‘iday asrab-avaylash, kelgusi avlodlarga yodgorlik qilib qoldirish, xalqimizning umuminsoniy qadriyatlar xazinasiga qo‘shgan ulkan hissasini butun dunyoga qayta tanitish, uni keng targ‘ib etish, kishilarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ongiga milliy g‘urur, milliy iftixor, Vatanga muhabbat va istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini singdirib borishda mazkur fanning o‘rni va ahamiyoti beqiyos. Zotan, kishilik tarixida yaratilgan va ma’lum taraqqiyot bosqichlarni o‘z boshidan kechirgan buyuk siymolar hamda ota-bobolarimiz, ma’naviy madaniyat yutuqlarini oltin meros sifatida kelajak avlodlarga qoldirib ketganlar. Albatta bunday vorisiylik o‘z navbatida yosh avlodning ijtimoiy ongida hurmat, ehtirom shukuhini tashkil etsa, bu muqaddas qadriyatni ijtimoiy hayotda sodir bo‘layotgan barcha o‘zgarishlarga qaramay, bu merosdan mukammal foydalanishni, uni yanada taraqqiy etishi uchun barcha imkoniyatlarimizni amalda qo‘llashlikni taqozo etadi. Download 5.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling