«etnomadaniyat»
Mavzuga oid tayanch tushuncha va atamalar
Download 5.23 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzuga oid tayanch tushuncha va atamalar: Markaziy Osiyo, kishilik jamiyatining eng qadimiy markazi, Zardo‘sht, "Avesto", Yasna, Videvdat, Visparat, Yashta, marosimlar, "Hosil bayrami", "Mehnat bayrami", madaniyat, ma`naviyat, Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviy-madaniy hayoti. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Qanday tekshiruvlar natijalariga asoslanib Markaziy Osiyo kishilik jamiyatining eng qadimiy markazlaridan biri deya e’tirof etiladi? 2. Mamlakatimizdagi tarixiy jarayonlar haqida hikoya qiluvchi qanday manbalarni bilasiz? 3. Zardusht ta’limoti haqimda nimalarni bilasiz? 4. Avestoning qanday qismlarni bilasiz? 5. Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviy-madaniy hayotida zardo‘shtiylik dini qanday ahamiyat kasb etadi? Foydalanilgan manbalar: 1. Karimov I. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008. 2. Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q.// "Muloqot" 11. 5-son. 1998y. 3. Aminjonova I E. Qadimiy yodgorliklar qissasi. T. 1968. 4. Ashirov A. Atadjanov Sh. Etnologiya. T. 2007 y. 5.www. tdpu. uz 6.www. Ziyonet. uz 7.www. edu. uz 8.www. ma’naviyat. uz 9. www.bilim.uz . 75 3-mavzu: О‘ZBEK XALQINING ETNOGENEZI VA ETNIK TARIXIGA OID ENG MUHIM MANBALAR 3.1.Mа’ruzа mаshg‘ulotining о‘qitish texnologiyasi: Vаqti –2 soаt Tаlаbаlаr soni: 60-70 nаfаr О‘quv mаshg‘ulotining shаkli: Mа’ruzа mаshg‘uloti: Mа’ruzа mаshg‘ulotining rejаsi 1. Tаrixiy mаnbаlаrning umumiy tаvsifi 2. О‘tmishni о‘rgаnishdа tаrixiy mаnbаlаrning аhаmiyati 3. Tаrixiy mаnbаlаrning guruhlаrgа bо‘linishi. 4. Etnomadaniyat va milliy mentalitetni rivojlantirish masalalari. О‘quv mаshg‘ulotining mаqsаdi: О‘tmishdаgi аjdodlаrimiz mаdаniyatining rivojlаnish kurtаklаri, zаrdushtiylik dаvrigаchа vа undаn keyingi mаdаniy tаkomil hаqidа tаlаbаlаrgа аtroflichа bilim berib, ulаrning mаvzuni chuqurroq о‘zlаshtirishlаrigа erishish Pedаgogik vаzifаlаr: - Mаrkаziy Osiyo tаrixi bilаn tаnishtirish; -О‘tmishdаgi аjdodlаrimiz mаdаniyatining rivojlаnish kurtаklаri bilаn tаnishtirish; - Etnomаdаniy jаrаyonlаr hаqidаgi bilimlаrni chuqurlаshtirish. О‘quv fаoliyatining nаtijаlаri: Tаlаbа: -аjdodlаrimiz yashаgаn dаvr mаdаniy tаrаqqiyoti tо‘g‘risidа bilimgа egа bо‘lаdi; -etnomаdаniy jаrаyonlаri hаqidаgi tаsаvvurlаri doirаsi kengаyadi. О‘qitish uslubi vа texnikаsi Аq chаrxi, bаyon qilish, vizuаl mа’ruzа, blits- sо‘rov, klаster usuli О‘qitish vositаlаri Mа’ruzаlаr mаtni, tаrqаtmа mаteriаllаr, slаydlаr, proyektor, mаrker, doskа О‘qitish shаkli Jаmoа, guruhlаrdа vа juftlikdа ishlаsh О‘qitish shаrt-shаroiti Proyektor, kompyutor bilаn jihozlаngаn аuditoriya 3.2.Mа’ruzа mаshg‘ulotining texnologik xаritаsi: Bosqichlаr, vаqti Fаoliyat mаzmuni: О‘qituvchi: Tаlаbа: 1-bosqich. Kirish (10 min) 1.1. Sаlomlаshib, mаvzugа о‘tishdаn oldin qisqа dаqiqаli аql chаrxi mаshqini о‘tkаzаdi. 1.2.Mаvzu, uning mаqsаdi, о‘quv 1.1.Аql chаrxi uchun аjrаtilgаn qisqа dаqiqаli jаrаyondа fаol bо‘lаdi. 1.2. Mа’ruzаgа 76 mаshg‘ulotidаn kutilаyotgаn nаtijаlаrni mа’lum qilаdi(1-ilovа) tаyyorgаrlik kо‘rаdi. 2-bosqich. Аsosiy qism (60 min) 2.1. О‘tgаn mаvzuni mustаhkаmlаsh hаmdа birinchi vа ikkinchi mаvzuni bir birigа bog‘lаsh uchun sаvol jаvob tаshkil etаdi: 2.2. Sаvol-jаvoblаr jаrаyonini yangi mаvzu bilаn bog‘lаydi, mа’ruzаni bаyon etishni boshlаydi.Tаqdimotlаr nаmoyish etаdi(2- ilovа). 2.3. «NEGА?» orgаnаyzerini tо‘ldirish orqаli “Negа tаrixiy mаnbаlаrni о‘rgаnаmiz?” sаvoligа jаvob berishgа tаlаbаlаrni jаlb qilаdi(3-ilovа) 2.4.Tаlаbаlаrning fikrlаrigа аniqlik kiritаdi, vizuаl mа’ruzаning kerаkli joylаrini yozib olishlаrini tаklif etаdi. 2.1. Sаvollаrni tinglаydi, blits-sо‘rov jаrаyonidа ishtirok etаdi. 2.2.Mа’ruzаni diqqаt bilаn tinglаydi. 2.3.Chizmаni tо‘ldirib, о‘qituvchining xulosаsi bilаn solishtirаdi 2.4. Vizuаl mа’ruzаning kerаkli joylаrini yozib olаdi. 3-bosqich: Yakuniy qism: (10 min) 3.1. Mаvzugа yakun yasаydi, dаrsdа fаol ishtirok etgаn tаlаbаlаrni rаg‘bаtlаntirаdi. 3.2. Mustаqil ish uchun tаlаbаlаrgа “FSMU” usulidа sаvollаr tаqdim etаdi, ulаrgа yozmа jаvob tаyyorlаshni topshirаdi. 3.1.Eshitаdi 3.2.Uygа berilgаn vаzifаni yozib olаdi. 1-ilovа: О‘quv mаshg‘ulotining mаqsаdi: О‘tmishdаgi аjdodlаrimiz mаdаniyatining rivojlаnish kurtаklаri, zаrdushtiylik dаvrigаchа vа undаn keyingi mаdаniy tаkomil hаqidа tаlаbаlаrgа аtroflichа bilim berib, ulаrning mаvzuni chuqurroq о‘zlаshtirishlаrigа erishish. О‘quv fаoliyatining nаtijаsi: Tаlаbаlаr Zаrdushtiylik dаvrigаchа vа undаn keyingi mаdаniy tаkomil tо‘g‘risidа bilimgа egа bо‘lаdilаr. Mavzu:О‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixiga oid eng muhim manbalar Reja: 1. Tarixiy manbalarning umumiy tavsifi 2. О‘tmishni о‘rganishda tarixiy manbalarning ahamiyati 3. Tarixiy manbalarning guruhlarga bо‘linishi. 4. Etnomadaniyat va milliy mentalitetni rivojlantirish masalalari. 77 2-ilova: Tarixiy manbalarning umumiy tavsifi Tarixiy manba – deganda biz о‘tmishdan qolgan xamda jamiyat xayotining ayrim bosqichi yoki tomonlarini о‘zida mujassamlashtirgan moddiy va ma’naviy yodgorliklarni tushunamiz. Tarixiy manbalar qatoriga qadimgi odamlarning manzilgoxlari, qadimgi shaharlar, qal’alar va ularning xarobalari, sug‘orish inshoatlari qoldiqlari, ajdodlarimizning mehnat qurollari, uy-rо‘zg‘or buyumlari, zeb-ziynatlar, tangalar, qoyatosh sur’atlari, petrogliflar, yozma xujjatlar va boshqalar kiradi. О‘tmishni о‘rganishda tarixiy manbalarning ahamiyati Tarixiy manbalar insonlarning ijtimoiy faoliyati davomida yaratiladi va о‘tish xodisalarini о‘zida aks ettiradi. Tarixiy manbalarning mavjudligi tarix fani rivojlanishining asosiy shartidir. Tarixiy manbalarsiz tarixni о‘rganish mumkin emas. 78 Tarixiy manbalarning guruhlarga bо‘linishi Xozirgi zamon tarix fanida tarixiy manbalarni shartli ravishda quyidagi 7 asosiy guruhga bо‘linadi. ASHYOVIY MANBALAR. Ashyoviy manbalarga qadimgi odamlarning manzilgohlari, binolar, turli inshoatlar, mehnat qurollari va turli buyumlar kiradi. ETNOGRAFIK MANBALAR. Xalqlarning kelib chiqishi, turmush tarzi, ma’naviy xayotini, sodir bо‘lgan va bо‘layotgan etnik jarayonlarni о‘zida aks ettirgan materiallar etnografik manbalar guruhiga kiradi. FOL’KLOR MANBALAR. Xalq uzoq asrlar davomida о‘zi ortirgan tarixiy bilimlarni og‘zaki ijod orqali avloddan- avlodga etkazib keldi. Turli rivoyatlar, asotirlar, xalq dostonlari va maqollarda tarixning u yoki bu tomonlari о‘z aksini topdi. LINGVISTIK MANBA. О‘zbek tili va boshqa tillarning leksik tarkibida mavjud bо‘lgan va xozir xam mavjud atamalar va toponimlar (joy nomlari)ni tadqiq etish jarayonida qimmatli tarixiy materiallar qо‘lga kiritilishi mumkin. FOTOKINOXUJJATLAR. Fotograf hamda kino san’ati paydo bо‘lgandan sо‘ng tarixiy manbalarning yangi bir guruhi vujudga keldi. Bunday manbalar fotoxujjatlar deb ataladi. FONOXUJJATLAR. Fonoxujjatlar deganda biz grammafon plastinkalari hamda magnit tasmalarga yozib olingan nutqlar, suxbatlar, adabiyot va san’at asarlarini tushunamiz. YOZMA MANBALAR. Yozma manbalar tarixiy manbalarning muhim va asosiy qismi hisoblanadi. О‘rta Osiyoda miloddan avvalgi 1 mingyillikda dastlab oromiy yozuvlari, sо‘ngra asoslangan sо‘g‘d, xorazm va baqtriya yozuvlari tarqaldi. Keyinchalik bu mintaqada yunon, kushon, turk va arab yozuvlari yoyildi. 79 3-ilovа 1-о‘quv topshirig‘i: «NEGА?» orgаnаyzerini tо‘ldiring Negа? Negа? Negа? Negа? Negа? Negа? Negа? Nega tarixiy manbalarni о‘rganamiz? Etnomadaniyat va milliy mentalitetni rivojlantirish masalalari Etnomadaniyat va milliy mentalitetni rivojlantirish masalalari Prezidentimiz Islom Karimovning asarlarida har tomonlama ochib berilgan. Ammo, Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan kontse’tual g’oyalar asosida mazkur mavzuni mustaqil tadqiqot sifatida fundamental tarzida res’ublikamiz olimlari kam o’rganganlar. Mazkur masalani o’rganib kelayotgan tadqiqotchilarni shartli ravishda uch guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga etnomadaniyatning turli tarmoqlarini ijtimoiy-falsafiy va sotsiologik jihatdan o’rganib kelayotgan, F.R.Abduraxmonov, A.Ashirov, Q.B.Bo’ronov, M.B. Bekmurodov, SH.Valiev, SH.Gayu’ova, U.X.Qoraboev, I.Karimov, V.Qo’chqorov, N.Mamanazarov, A.S.Ochildiev, S.Otamuratov, I.S.Saifnazarov, J.T.To’lanov, F.Turg’unov, Q.X.Xanazarov, S.SH.Shermuhamedov, E.Yusupov va boshqalarni kiritish mumkin. 80 4-ilova 2-о‘quv topshirig‘i FSMU texnologiyasi Sаvol О‘tmishni о‘rgаnishdа tаrixiy mаnbаlаrning qаndаy аhаmiyati bor? (F) Fikringizni bаyon eting (S) Fikringiz bаyonigа sаbаb kо‘rsаting (M) Kо‘rsаtgаn sаbаbingizni isbotlovchi dаlil keltiring (U) Fikringizni umumlаshtiring 5-ilovа: Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda xamda о‘quv jarayonini baxs-munozarali о‘tkazishda qо‘llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni о‘z fikrini ximoya qilishga, erkin fikrlash va о‘z fikrini boshqalarga о‘tkazishga, ochiq xolda baxslashishga xamda shu bilan birga baxslashish madaniyatini о‘ratadi.Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga о‘z fikrlarini aniq va qisqa xolatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi. F – fikringizni bayon eting S – fikringiz bayoniga sabab kо‘rsating M – kо‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring U – fikringizni umumlashtiring Umumlashtiruvchi savollar: 1. Tarixiy manbalarga umumiy tavsif bering... 2. Hozirgi zamon tarix fanida tarixiy manbalar nechta asosiy guruhga bo‘linadi? 3. Atamalar va topilmalarning kelib chiqishi va mazmuniga doir manbalar qaysi guruhga kiradi? 4. Fonoxujjatlar guruhiga qanday manbalar kiradi? 81 Mavzu: O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixiga oid eng muhim manbalar R E J A: 1.Tarixiy manbalarning umumiy tavsifi 2.О‘tmishni о‘rganishda tarixiy manbalarning ahamiyati 3.Tarixiy manbalarning guruhlarga bо‘linishi. 4.Etnomadaniyat va milliy mentalitetni rivojlantirish masalalari. 1-masalaninig bayoni: Tarixiy manbalarning umumiy tavsifi. Tarixiy manba- deganda biz o`tmishdan qolgan hamda jamiyat xayotining ayrim bosqichi yoki tomonlarini o`zida mujassamlashtirgan moddiy va ma`naviy yodgorliklarni tushunamiz. Tarixiy manbalar qatoriga qadimgi odamlarning manzilgoxlari, qadimgi shaharlar, qal`alar va ularning xarobalari, sug‘orish inshoatlari qoldiqlari, ajdodlarimizning mehnat qurollari, uy- ro`zg‘or buyumlari, zeb-ziynatlar, tangalar, qoyatosh sur`atlari, ‘etrogliflar, yozma xujjatlar va boshqalar kiradi. 2-masalaninig bayoni: Tarixiy manbalar insonlarning ijtimoiy faoliyati davomida yaratiladi va o`tish xodisalarini o`zida aks ettiradi. Tarixiy manbalarning mavjudligi tarix fani rivojlanishining asosiy shartidir. Tarixiy manbalarsiz tarixni o`rganish mumkin emas. Bizgacha etib kelgan tarixiy manbalarning asosiy qismi milodiy X-XX asrlarga mansubdir. XIX asrning oxiri - XX asrning boshlaridan yozma manbalarning miqdori keskin oshib bordi. Xozirgi kunga kelib yozma xujjatlar shu darajada ko`’ayib ketdiki, ularni unifikatsiya qilish, axborotni kodlashtirish, xujjatlarni saralash va saqlash yo`llarini takomillashtirish extiyoji tug‘ildi. Tarixiy manbalarni 7 ta guruhga bo`lish shartli xarakterga egadir. Masalan, etnografik, fol'klor va lingvistik manbalar yozma shaklda yoki fotoxujjat shaklida bo`lishi mumkin. Bundan tashqari, yuqorida ko`rsatib o`tilgan tarixiy manbalar guruhi o`z navbatida yana kichikroq guruhlarga bo`linishi mumkin. 3-masalaninig bayoni: Xozirgi zamon tarix fanida tarixiy manbalarni shartli ravishda quyidagi 7 asosiy guruhga bo`linadi. 1. ASHYOVIY MANBALAR. Ashyoviy manbalarga qadimgi odamlarning manzilgohlari, binolar, turli inshoatlar, mehnat qurollari va turli buyumlar kiradi. Ashyoviy manbalarni qidirib to‘ish va o`rganish bilan asosan arxeologiya fani shug‘ullanadi. 2. ETNOGRAFIK MANBALAR. Xalqlarning kelib chiqishi, turmush tarzi, ma`naviy xayotini, sodir bo`lgan va bo`layotgan etnik jarayonlarni o`zida aks ettirgan materiallar etnografik manbalar guruhiga kiradi. Bu manbalarni ko`makchi tarix fanlari - etnologiya fani o`rganadi. Etnografik manbalar ayrim xollarda uzoq o`tmishini qayta tiklashda g‘oyat muhim rol' o`ynaydi. Masalan, XIX asrda amerikalik etnograf olim L. Morgan SHimoliy Amerikada yashagan xindularning irokezlar qaiblasi xayotini o`rganib, o`zining "Qadimgi jamiyat" nomli asarini yozdi. Uning bu asarini insoniyat tarixining ilk davri - ibtidoiy jamiyat tarixini tadqiq etishda yaqindan yordam berdi. Xozirgi kunda turli o`zbek urug‘lariga mansub bo`lgan axoli guruhlarining jamlovi. Ularning etnik xususiyatlarini o`rganish tariximizning etnik saxifalarini yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi. 3. FOL`KLOR MANBALAR. Xalq uzoq asrlar davomida o`zi ortirgan tarixiy bilimlarni og‘zaki ijod orqali avloddan-avlodga etkazib keldi. Turli rivoyatlar, asotirlar, xalq dostonlari va maqollarda tarixning u yoki bu tomonlari o`z aksini to‘di. Taniqli rus tarixchisi B. D. Grekov yozganidek, rivoyat va asotirlar - "Bu xalqning o`zi so`zlab bergan tarixidir". O`rta Osiyo eng qadimgi xalqlarining ogzaki ijodiyoti namunalari bizgacha 82 "Avesto" kitobi orqali, shuningdek antik tarixchilar xamda Tabariy, Narshaxiy, Beruniy va boshqalar asarlari orqali etib keldi. O`rta Osiyoda istiqomat qilgan qadimgi qabila va elatlarning rivoyatu asotirlarlari ularning turmush tarzi va ma`naviy dunyosi xaqida ma`lumot beradi. Qadimgi ajdodlarimizning ajnabiy bosqinchilarga qarshi olib borgan kurashlari to`grisida hikoya qiladi. Bu rivoyat va ertaklarda malika To`maris, cho`’on Shiroq, baxodirlar Rustam va Siyovushlar obrazini yaratdi. Ularning Vatan ozodligi yo`lidagi fidokorona kurashlarini tarannum etdi. Xalq afsonalari Abulqosim Firdavsiyning mashhur "Shoxnoma" asarining syujetini tashkil etdi. O`rta asrlarda o`zbek xalqi ijod qilgan e’ik dostonlar, ertaklar va qo`shiqlar, maqol va to‘ishmoqlar xalq tarixini, uning ruhiyati va ma`naviyati tadqiq etishda muhim ahamiyatga egadir. Lekin shuni ham ta`kidlab o`tish lozimki, fol'klor manbalari aniq tarixiy manba sifatida qabul qilinishi mumkin emas. Buning asosiy sababi shuki, rivoyatlarda ko`’ xronologik chalkashliklar mavjud xamda tarixiy shaxslarning faoliyat ko`rsatgan davri o`zgarib turadi. Fol'klor shunday janrki, unda so`zlovchi voqealar syujetini o`zi hohlagan tarzda o`zgartirishi mumkin. Shuning uchun fol'klor materiallaridan faqat qo`shimcha tarixiy manba sifatida foydlanish maqsadga muvofiqdir. 4. LINGVISTIK MANBA. O`zbek tili va boshqa tillarning leksik tarkibida mavjud bo`lgan va xozir xam mavjud atamalar va to‘onimlar (joy nomlari)ni tadqiq etish jarayonida qimmatli tarixiy materiallar qo`lga kiritilishi mumkin. Atamalar va to‘ilmalarning kelib chiqishi va mazmunini aniqash bilan lingvistika (tilshunoslik) fani shug‘ullanadi. Bunday ma`lumotlar lingvistik manbalar deb ataladi. Masalan, "Buxoro" to‘onimi sanskrit tilidagi "vixara" so`zining o`zgargan varianti bo`lib, "ibodatgoh" degan ma`noni bildirilishi aniqlangan. Qadimda Buxoro shahrida buddaviylarning ibodatxonasi mavjud bo`lganligi sababli keyinchalik bu so`z mazkur shaharga nisbatan ishlatila boshlagan. Shunga o`xshab "vag‘nze", "dax'yu", "suyurg‘ol", "tanxo" singari yuzlab atamalarning kelib chiqishini o`rganish qiziqarli tarixiy ma`lumotlar beradi. 5. FOTOKINOXUJJATLAR. Fotograf hamda kino san`ati ‘aydo bo`lgandan so`ng tarixiy manbalarning yangi bir guruhi vujudga keldi. Bunday manbalar fotoxujjatlar deb ataladi. Toshkentdagi O`zbekiston Res’ublikasi Markaziy kinofotofonoxujjatlar Davlat arxivida XIX asrning oxiridan xozirgi kunga qadar bo`lgan muddatda o`lkamizda sodir bo`lgan voqealarni aks ettiruvchi boy fotoxujjatlar kollektsiyasi saqlanadi. Kinoxujjatlar esa asosan Oktyabr' to`ntarishidan keyingi davrni aks ettiradi. Fotokinoxujjatlarning muhim tomoni shundan iboratki, ular tariximizning turli laxzalarini jonli tarzda gavdalantiradi. Xujjatlarning bu guruhini o`rganish va ulardan foydalanish bizning tarixiy tasavvurimizni yana kengaytiradi va chuqurlashtiradi. 6. FONOXUJJATLAR. Fonoxujjatlar deganda biz grammafon ‘lastinkalari hamda magnit tasmalarga yozib olingan nutqlar, suxbatlar, adabiyot va san`at asarlarini tushunamiz. O`zbekiston Markaziy kinofotofonoxujjatlar Davlat arxivida qator shunday xujjatlar saqlanmoqda. SSSR va O`zbekiston SSR davlat va jamoat arboblari, fan adabiyot va san`at namoyondalari, ishlab chiqarish ijodkorlarining nutq va interv'yulari, eski bol'sheviklar, grajdanlar urushi va ikkinchi jahon urushi faxriylarining esdaliklari alohida o`rin tutadi. Lekin bu xujjatlarning ko`’chiligi o`sha davrda hukmron bo`lgan komunistik mafkura ruxi bilan yo`g‘irilganligini ta`kidlab o`tish zarur. Arxivda shoir va yozuvchilarning o`z asarlaridan o`qigan ‘archalari matni, san`at ustalarining kontsertlari ham yozib olingan. Fonoxujjatlar xam tarixning jonli manzaralarini yaratishga, adabiyot va san`at tarixini teran o`rganishda muhim o`rin tutadi. 7. YOZMA MANBALAR. Yozma manbalar tarixiy manbalarning muhim va asosiy qismi hisoblanadi. O`rta Osiyoda miloddan avvalgi 1 mingyillikda dastlab oromiy 83 yozuvlari, so`ngra asoslangan so`g‘d, xorazm va baqtriya yozuvlari tarq’aldi. Keyinchalik bu mintaqada yunon, kushon, turk va arab yozuvlari yoyildi. Qadimgi Fors, So`g‘d, Xorazm, Qadimgi turk, fors-tojik, eski o`zbek, rus va boshqa tillarda bitilgan yozma manbalar ko`’ asrlik tariximizni o`rganishda ulkan rol' o`ynaydi. Yozma manbalar q’oyalarga, taxta va matolarga, ‘ergament qog‘ozlarga yozilgan bitiklardan iborat. Yozma manbalar davrlar bo`yicha nixoyatda notekis bo`lingandir. Eng qadimgi davrlar bo`yicha yozma manbalar nixoyatda oz bo`lib, keyingi asrlarga oid manbalar esa tobora ko`’ayib boradi. Yozma manbalarning katta qismi son-sanoq’siz jangu jadallar va tabiiy ofatlar natijasida nobud bo`ldi. Download 5.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling