Etnopedagogika manbalari tizimi
Havolarni yog`dirgan, Sust xotin
Download 51.75 Kb.
|
1362580515 41708
Havolarni yog`dirgan, Sust xotin,
Bug`doylarni bo`ldirgan, Sust xotin. Osmondan tomchi tashlab, Sust xotin, Elu yurtni to`ydirgin, Sust xotin... Yozgi marosimlar: “CHoy momo” (SHamol ona demakdir, unda shamolda mevalarni to`kilishdan saqlashga undalgan), va boshqalar. Oilaviy-maishiy marosimlar jumlasiga to`y, (beshik) to`yi, sunnat to`yi, nikoh to`yi, kelin salom, motam marosimi, yig`i-yo`qlovlar va boshqalarda ko`zda tutilgan kishining tarbiyaviy sifatlari ulug`langan, insoniyat qadr-qimmati yuqori ko`tarilgan, insonparvarlik, yoshlarda ularga havas, hurmat uyg`otishga undalgan. Qo`shiqlar – voqelikni yakka shaxs kechinmalari orqali aks ettiradi. “Qo`shiq” – turkiy “qo`shmoq” so`zidan olingan bo`lib, misraga misrani qo`shib kuylash, aytish ma`nolarini anglatadi. Qo`shiqlarda xalq ma`naviyati qudrati, irodasi ifodalanadi. U kishilarni ruhan tetiklikka, jasoratga, mehnatsevarlikka, vatanparvarlikka, do`stlikka, sevgi sadoqatga chorlaydi. Xalq qo`shiqlarining mehnat qo`shiqlari (dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik), lirik qo`shiqlar, tarixiy qo`shiqlar, termalar singari turlari mavjud. Doston – qissa, hikoya, ta`rif, sarguzasht ma`nolarini anglatadi. U keng tarqalgan etnopedagogik janr bo`lib, xalqning ma`naviy-maishiy qiyofasi, kurashi, axloqiy-estetik qarashlari, adolat, ozodlik, tinchlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, do`stlik kabi tarbiyaviy sifatlarni targ`ib etadi. Dostonlarda komil shaxs tarbiyaviy sifatlari umumlashgan holda beriladi. Oliy insoniy sifatlar bo`rttiriladi. Shuning uchun tinglovchida doston qahramonlaridan o`rnak olish hissi tug`iladi. Dostonlarni baxshilar kuylashadi. “Baxshi” mo`g`ulcha va buryatcha “baxsha”, “bag`sha” sўzlaridan olingan bo`lib, “ustod” , “ma`rifatchi” degan ma`nolarni anglatadi. Og`zaki drama – etnopedagogika yo`nalishidagi ijodning mustaqil turi bo`lib, qadim zamonlarda vujudga kelgan. U xalq ongi, axloqiy mezonlari, estetik didini tarbiyalashga xizmat qiladi. Og`zaki dramada tomosha ko`rsatish bahonasida hayot qiyinchiliklari, sinfiy munosabatlar fosh qilingan, tomoshabinda zarur tarbiyaviy sifatlarni tarbiyalashga xizmat qilgan. Og`zaki dramani qiziqchilar, askiyabozlar, masxarabozlar satirik uslubda ijro etishgan. Ularda ochko`zlik, ko`zbo`yamachilik, zulm, adolatsizlik, zo`ravonlik, buzuqlik kabi salbiy axloqiy sifatlar hajv va yengil kulgi ostida tanqid qilingan. Askiya – arabcha “zakiy” so`zidan olingan bo`lib, “so`zamol”, “o`tkir”, “zehnli” degan ma`nolarni anglatadi. Askiya – so`z o`yini yoki hozirjavoblar musobaqasidir. Askiyaning payrov turida “Bo`lasizmi”, “O`xshatdim”, “Gulmisiz, rayhonmisiz, jambilmisiz” kabi turlari mavjud. Ularda kishilarning salbiy xislatlari achchiq kulgi vositasida tanqid (masxara) qilinadi. Askiya ko`pincha to`y, sayil, marosimlarda uyushtiriladi. Askiya Farg`ona vodiysida keng tarqalgan bo`lib, u kishiga estetik zavq berish bilan birga did-farosat, aql-zakovat, sezgirlik, topqirlik, hozirjavoblik sifatlarini tarbiyalaydi. Insonni izza qilish vositasida o`z-o`zini tarbiyalashga undaydi. Download 51.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling