Etnopedagogikada insonparvarlik va nafosat tarbiyasi masalalari


Etnopedagogikada insonparvarlik tarbiyasi xususida


Download 66.5 Kb.
bet2/4
Sana02.12.2023
Hajmi66.5 Kb.
#1779489
1   2   3   4
Bog'liq
Xalq pedagogikasi manbalarida nafosat tarbiyasi.

Etnopedagogikada insonparvarlik tarbiyasi xususida
Etnopedagogikada insonparvarlik tarbiyasi xalq pedagogik qarashlarining negizini tashkil etadi. Umuman, etnopedagogika manbalarida tasvirlangan barcha obrazlarda insonparvar shaxslar ijobiy obraz sifatida tasvirlanadi.
Xalq pedagogikasida insonparvarlik ruxidagi g`oyalar(gumanizm), avvalo, sevgi, oila, bolalar, ota-onalar, qarindosh-urug`lar, qo`ni-qo`shnilar, do`stlar va butun halqqa bo`lgan munosabatlar doirasida ko`p asrlar davomida shakllangan.
Ma`lumki, Respublikamizda chinakam insonparvarlik siyosati milliy istiqlol davrida amalga oshirilmoqda. O`zbekiston aholisi milliy tarkibining o`ziga xosligi, ko`pmillatligi, aholi tarkibining 60 % dan ortig`i bolalar ekanligi, ajdodlar yashab kelgan yurtda ularning tarixan turg`un hayot kechirishi va boshqalar insonparvarlik tarbiyasini yanada kuchaytirishni taqoza etayotir. Shuning uchun Respublikamizda xalqqa siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini o`zi tanlash huquqi berilgan. O`zbekistonda tug`ilgan va yashayotgan har bir kishi teng huquqli fuqaro sifatida yashamoqda. Mamlakatda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson manfaatiga qaratilgan. Bu yo`nalish kelajakda ham rivojlanib boradi. Shuning uchun kelajagi buyuk davlatimizning istiqboldagi egalarini haqiqiy insonparvar, komil shaxslar kilib tarbiyalashimiz kerak.
Insonparvarlik tuyg`usini tarbiyalash xalq pedagogikasida, avvalo, oilada va oilaviy munosabatlarda amalga oshirilishi zarur deb ko`rsatiladi. Agar bu fikrni hozirgi zamon pedagogik mezonlari doirasida bayon etsak, xalq o`z amaliy hayotida shunga amin bo`lganki, oilada bolaga tarbiyaviy ta`sir etish uchun xalq pedagogikasi tarbiya metodlarini belgilashda tashabbuskor bo`lishi lozim: u bolaning dam olishi, o`quv va mehnat mashg`uloti, ota-ona va qarindoshlar, qo`ni-qo`shnilar bilan munosabat tarzini belgilab berishi kerak. Ayniqsa, oilaviy munosabatlarni to`g`ri o`rnatish g`oyat nozik ish. Unda ota-onaning tarbiyachilik vazifasi amalga oshadi. Oilada bola oila a`zolariaro insonparvarlik tuyg`ularini sezadi. Qarindosh-urug`larga nisbatan odamiylik munosabatlari axloqini his etadi. Ularga nisbatan mehribonlik, izzat-hurmat, insonparvarlik tuyg`ularini tuyadi va buning oqibatida xalq ommasiga bo`lgan muhabbati o`sadi. Yoshlar orasidagi sof do`stlik tuyg`ulari sevgiga aylanadi. Xalq pedagogikasi: “Faqat ilk sevgi - haqiqiydir”, - deb ta`lim beradi. “Sevgi – maslahat so`ramaydi”, va “Sevgi – o`limdan kuchli” ekanligi ta`kidlanadi.
Qadimgi Turon xalqida nikoh to`yi oldidan va to`y jarayonida bajariladigan ko`plab insonparvarlik urf-odatlari shakllangan (sovchi qo`yish, qalin solish, to`qqiz tovoq, asal yalatish ...).
Xalq ertaklarida, afsona va rivoyatlarida, topishmoq va qo`shiqlarida, do`stlik va sevgi ulug`lanadi. Jamiyatning ilk beshigi hisoblanmish oilada yuz beruvchi ziddiyatlarni hal etishning insonparvarona metodlari ko`rsatiladi: “Er bilan xotinning urushi – doka ro`molning qurishi” ga o`xshatiladi. “Yaqinlar urushganda begonalar bayram qilishi”, do`stlikni kayta tiklash uchun yon berish (“Bir marta yon bersang, yuz marta yutasan”) zarurligi ta`kidlanadi.
Bolalarga insonparvarlik tarbiyasi berishda ularga ertaklar, dostonlar aytib berish, qo`shiqlar o`rgatish, marosimlarda qatnashtirish, ukalariga muhabbat ruhini tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, quyidagi maqollarni o`rgatish bu borada muhim ahamiyatga ega: “Bola aziz, odobi undan aziz”, “Davlating – ota-onang”, “Yomon xotin – umr azobi”, “Oriqmidi, sariqmidi – erim edi, yoriqmidi, yuriqmidi – uyim edi”, “Ota-onang o`tirgan uyning tomiga chiqma”, “Tengini topsang tekin ber”, “Yaxshi xotin ishlik bo`lar, yomon xotin tillik bo`lar”, “Qozilashgan qarindosh bo`lmas”, “Hovli olma, qo`shni ol”, “Hazil edi chin bo`ldi, o`ynash edi er bo`ldi”, “Mehmon – otangdan ulug`”, “CHaqirgan yerga bor, chaqirmasa nima bor?”, “Kunda kelgan mehmonning qadri yo`q” va boshqalar.



Download 66.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling