Etnopedagogikada insonparvarlik va nafosat tarbiyasi masalalari
Do`stlik va do`st tanlash odobi xususida
Download 66.5 Kb.
|
Xalq pedagogikasi manbalarida nafosat tarbiyasi.
2. Do`stlik va do`st tanlash odobi xususida .
“Dunyoda do`stlikdan qudratliroq tuyg`u yo`q”, - deb ta`lim beradi xalq pedagogikasi. Shuning uchun uning turfa xil manbalarda do`stlik, boshqalar bilan ahil va inoq bo`lish g`oyasi olg`a suriladi. Hayot muammolarini hamkorlikda bartaraf etish, zulm va razolatga qarshi birgalikda kurashish, do`stni hayotning achchiq damlarida sinovdan o`tkazish haqidagi fikrlari maslahat beriladi. Ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi pallasida yosh avlodga milliy totuvlik, baynalmilal do`stlik ruxini singdirishda etnopedagogikaning mazkur g`oyalari muhim ahamiyat kasb etadi.CHunki, bugungi global xaetiy muammolarni insoniyat yaxshi ko`shnichilik, hamjixatlik, do`stlik aloqalarisiz hal kila olmaydi. Etnopedagogikada, avvalo, “Aybsiz do`st axtargan do`stsiz qoladi” maqolida kechirimli bo`lishga undaladi, mayda kamchiliklar tufayli do`stlikni uzish qoralanadi. Chunki, xalqning ta`kidicha: “Birlashgan kuch yengilmas”. Lekin do`stlar orasidagi “Gumon do`stni do`stdan ajratadi”. Shuningdek: “Dil og`ritgan do`st emas”. Shuning uchun “Do`stga dilingni toza tut!”, kezi kelganda “Do`sting uchun zahar yut”. Negaki, “Do`stlik barcha boylikdan afzal”. Ayni paytda, hech kim dunyoda yolg`iz yashay olmaydi. Shuning uchun “Baliqning tirikligi suv bilan, odamning tirikligi odam bilan”. Chunki: “Ahillik baxtning boshi”, negaki: “Arg`amchiga qil quvvat” deganlaridek, “Birlashgan kuch yengilmas” ligi ta`kidlanadi. Etnopedagogikada do`stlararo munosabatlarda mehr-muhabbatli bo`lish zarurligi ham ta`kidlanadi. Aks holda, “Bemehr qarindoshdan, mehr bilgan yot yaxshi” bo`lishi ham mumkin. Do`st tanlash haqida xalq pedagogikasida ming yillar davomida sinalgan metodlarni tavsiya etadi. Xalqning ta`kidlashicha, “Do`st achitib gapiradi”, “Dil og`ritgan do`st emas”. Do`st boylikka, dasturxonga boqmaydi, orqadan gapirmaydi, yurakdan so`zlaydi. Shuning uchun u tug`ishgan bilan teng hisoblanadi. Bunday do`stlarga hamisha eshikni ochib qo`yish mumkin. Do`stlikning ijtimoiy ahamiyati etnopedagogikada yuqori qo`yiladi. Hamjihatlikda yashash, tinch hayot kechirish, ulug`vor vazifalarni bajarish, obodonchilik uchun va dushmanga qarshi birgalikda kurash jarayonlarida do`stlikning ahamiyati katta ekanligi ta`kidlanadi: “Quyosh havoni isitsa, do`stlik qalbni isitadi”, “Piyozning po`sti ko`p, yaxshining do`sti ko`p”, “Yolg`iz otning changi chiqmas, changi chiqsa ham dong`i chiqmas”, “Birlashgan o`zar, birlashmagan to`zar”... . Lekin: “Hisobli do`st ayrilmas”, yoki: “Do`stingdan top” maqollari do`st tanlashda kishini sergaklikka undaydi. Download 66.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling