Etnopsixalogiya va gender muammosi
Download 33.68 Kb.
|
ETNOPSIXALOGIYA VA GENDER MUAMMOSI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fransiyadagi dastlabki feminizm
- Qo’shma Shtatlarda ayollar xuquqi uchun kurash
Mehnatdagi tengsizlik
Hozirgi paytda ishchi-ayollar aksariyat hollarda kam ish haqi to’lanadigan og’ir mehnatni bajaradi. Bunday holat bandlik tizimidagi o’zgarishlar bilan bir qatorda, shuningdek, xotin-qizlarning jamiyatdagi o’rniga eskicha yondashuv ta’siri natijasida vujudga kelgan. Idora xizmatining moxiyati va nufuzida o’zgarishlar bo’lgani bunga yaxshi misoldir. 1850 yilda Buyuk Britaniyada klerklarning 99%i erkaklar edi. Xizmatchi bo’lish degani, odatda, mas’uliyatli.davozimni egallash, hisob-kitob ishlarini bilish va kerak bo’lsa, boshqaruvchi vazifasi-ni zimmaga olishni nazarda tutar edi. Fransiyadagi dastlabki feminizm Ayollar huquqini himoya qiluvchi dastlabki faol guruhlar 1789 yilgi fransuz inqilobidan keyin paydo bo’lgan edi. XVIII asrning 90-yillarida tenglik va ozodlik g’oyalari ta’sirida qator shaharlarda bir necha ayollar klublari tashkil etiladi. Ularda ayollar to’planib, ta’lim, mehnat, jamiyat ish-larini boshqarishda ishtirok etishga da’vat qiluvchi siyosiy dasturlar ishlab chiqishgan. Shunday klublardan birining rah-bari Mari Juz «Ayollar huquklari deklarasiyasi» deb nomlangan chaqiriq yaratgan. Bu hujjat inkilobning asosiy konstitusiyaviy hujjati bo’lgan «Inson va fuqaro huquqlari deklarasiyasi»ga asoslangan edi. Chaqiriqning muallifi ta’kidlashicha, erkinlik va teng fuqarolik huquqi faqat erkaklarga tegishli bo’lib, jamiyatning yarmi ana shunday ustuvorliklardan mahrum bo’lgan sharoitda haqiqiy tenglikka erishib bo’lmaydi. Inqilob rahbarlari bu chaqiriqqa qo’shilmadi va Mari Juz qatl etildi. Ayollar klublari hukumat dekretiga ko’ra tarqatib yuborildi. Shundan so’ng feministik guruhlar g’arb mamlakatlarida bot-bot tashkil topgan va qayta tashkil etilgan, ko’pincha noxush qarashlarga duchor bo’lib, hukumat tomonidan tazyiqqa uchragan. Biroq-Mari Juz feministik harakat uchun jon fido qilgan yolg’iz ayolligicha qoldi. Qo’shma Shtatlarda ayollar xuquqi uchun kurash XIX asrda feminizm ko’proq Qo’shma Shtatlarda rivoj topdi. Boshqa mamlakatlardagi xotin-qizlar harakatlari yetakchilari amerikalik ayollarning o’z huquqi uchun kurashini o’ziga namuna, deb bilgan. 1830—1850 yillarda amerikalik feministlar qullikka qarshi kurashuvchi guruhlar faoliyatida ishtirok etgan. Bu boradagi hujjatlarga ko’plab ayollar imzo chekkan. Ayni paytda rasmiy siyosiy huquqlarga ega bo’lmay turib, ayol-lar siyosiy ta’sir ko’rsata olmas edi. 1840 yilda Londonda o’tkazilgan qullikka qarshi kurash masalasiga bag’ishlangan, umumjahon konferensiyasida bironta ayol ishtirok etmagan. Bu fakt ayollarni jinslar tengsizligi muammosiga murojaat etishiga sabab bo’ldi. 1848 yilda AQSh xotin-qizlar harakati yetak-chilari uchrashib, amerikaliklarning «Mustaqillik deklarasiyasi»ga o’xshash «hissiyotlar deklarasiyasini qabul qilishdi. «Bizningcha, shu narsa tabiiyki, barcha ayollar va erkaklar teng huquqli qilib yaralgan». Ushbu hujjatda ayollargambo’lgan adolatsiz munosabat misollari keltirilgan, Biroq bu davr ayollarning ijtimoiy va siyosiy ahvolida sezilarli o’zgarishlarga olib kelmadi. Qullik barham topgach, Kongress fakat ozod etilgan qul-erkaklargagina saylov huquqini berdi. AQShda xotin-qizlar harakatining dastlabki davrida qora tanli amerikaliklar muhim rol o’ynadi, vaholanki oq tanli amerikalik ayollar ularga qarshi chiqar edi. Sojuner Tras qora tanli ayol bo’lib, u ham qullikka hamda ayoYalkrt ovoz berip dan mahrum etishga qarshi kurashgan edi. U o’ggan asrning 50-yillarida Indiana shtatida ehtiros bilan nutq so’zlayotgani-da, oq tanli ayollardan biri unga shunday deb baqirdi: «Sening ayel ekaningga ishonmayman!» Bunga javoban S.Trans ko’kraklarini yalongochlab ko’rsatdi. 1852 yili Akron shahrida (Ogayo shtati) nutq so’zlayotgan paytida unga baqiriq-chaqiriqlar bilan xalaqit berishga urinishgan. U barcha qarshiliklarni yengib, ayollar harakatiga o’z hissasini qo’sha oldi. Biroq boshqa qora tanli ayollar oq tanli ayollar bilan birga kurashishga urinib, hafsalasi pir bo’lganlar. Shundan beri feministlar orasida qora tanli ayollar kam uchraydigan bo’ldi. Download 33.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling