Etnopsixologiya fanining predmeti, ob’yekti, maqsad va vazifalari
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Etnopsixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amliy vazifalari
- Etnik psixologiya
- Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki: Etnos
,
NAZARIY VA AMALIY VAZIFALARI Nazariy vazifasi - mustaqil fikrlovchi, erkin tafakkurli, insonparvar shaxsni tarbiyalash, yoshlarga mustaqlllik g„oyasini singdirish, xalqimizning ming yillik urf-odatlarini saqlash, xalqimiz bilan o„zaro munosabatlarda demokratiya tamoyillariga amal qilish. Amliy vazifalari - sanoatda, ta‟lim, tibbiyot, qishloq xo„jaligi va boshqa sohalardagi ijtimoiy xodisalarni chuqur o„rganish. E TNOPSIXOLOGIYA . «Etnopsixologiya» termini — uch so„zdan tashkil topgan (yunoncha): «etnos», so„zi «xalq, elat», mazmunida keladi, «psyuxe» — «qalb, ruh» va «logos», “so„z” “ta‟limot” mazmunida. Demak, «etnopsixologiya» xalq (etnos) ruhi to„g„risidagi fandir (ta‟limot). Etnik guruhlar (etnoslar) etnopsixologiya fani ob‟yektidir. Etnos va uning vakilllarini psixik chizgilari, etnoslararo o„zaro ta‟sir va nizolar esa etnopsixologiya fani predmetidir. Etnik psixologiya — «etnik psixikani» o„rganuvchi fan. Etnik psixika o„z ichiga etnik guruhning taraqqiyoti davomida o„zlashtirilgan xususiyatlar, jarayonlar va chizgilarni oladi. Etnos iborasi XIX asr oxirlaridan ilmiy tushuncha sifatida fanga kiritildi. Biroq etnos tushunchasining mazmuni xususida xozirga qadar olimlar o‘rtasida yakdillik mavjud emas. ▫ Etnos- bir tilda so„zlashuvchi, o„ziga xos turmush tarzi, urf-odat, marosimlar va an‟analari tizimiga ega bo„lgan, o„zining kelib chiqishi birligini tan oluvchi o„ziga xos kishilar guruhi (S.M.Shirokogorov). ▫ Etnos- til, davlatga tegishlilik, iqtisody aloqalar, madaniy turmush, din birligi singari bir qator ijtimoiy aloqalar natijasiga asoslanadigan kishilar jamoasi (S.A.Tokaryev). ▫ Etniklik- bu real ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar sharoitida o„zaro tushunarli tilda so„zlashadigan muayyan hududda yashaydigan kishilar orasida o„zaro shakllanib boradigan va o„zining ma‟lum madaniy xususiyatlarini, mustaqil ijtimoiy guruh ekanligini butun xayoti davomida anglab boradigan xar qanday jamoadir (N.N. Cheboksarov). ▫ Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki: Etnos - bu kishilar ijtimoiy guruhlarining tarixiy vujudga kelgan shakllari, jamoa bo„lib yashashning alohida shaklidir. Bunday jamoa tabiiy - tarixiy yo„l bilan paydo bo„ladi va taraqqiy etadi, ular jamoa guruhiga kiradigan kishilarning xohish-irodasiga bog„liq bo„lmasdan, o„zini-o„zi qayta tiklay olish qobiliyati hisobiga yuz yilllar mobaynida yashashga qodirdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling