Etnopsixologiya fanining predmeti, ob’yekti, maqsad va vazifalari


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana19.06.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1622720
1   2   3   4
Bog'liq
Etnopsixologiya

Millat atamasi - qadimda va o„rta asrlarda kelib chiqishi bir bo„lgan iqtisodiy va siyosiy 
jihatdan umumiylik kasb etgan ma‟lum bir guruh kishilariga nisbatan qo„llanilgan.
Millatning ilmiy konsepsiyasi asoschisi E.Renandir. Uning fikricha, millat ma‟lum bir 
guruhga taalluqli kishilarning birgalikda yashashi, oldingi ajdodlardan avlodlarga o„tib 
kelayotgan an‟analarni saqlab qolishga bo„lgan harakati hamda umumiy maqsad yo„lida 
birlashishidir. 
V.M.Mijuyev «etnosdan farqli o„laroq millat bu mening tug„ilishim bilan belgilanadigan 
fakt emas, balki mening shaxsiy tanlovim va xarakatlarim mahsulidir. Etnosni men 
tanlamayman, millatni esa tanlashim mumknn. Millat bu individning davlatga taalluqli, 
ijtimoiy, madaniy mansubligidir. Aslo uning antropologik va etnik mansubligi emas» deb 
ta‟kidlaydi 


Bir etnos tarkibiga madaniyat va din singari o‘nlab millatlar kirishi mumkin. 
Etnos millatning bir qismini anglatshi mumkin. Masalan: 
- millat tarkibidagi etnik diniy guruhlar (bolgarlar orasidagi musulmon va xristianlar
nemislar orasidagi protestantlar);
- etnik irqiy guruhlar (Amerika millati bunga misol bo„ladi);
- etnik hududiy guruhlar (ma‟lum millat vakillari u yoki bu hudud, mamlakatda jips 
bo„lib yashashi);
- etnos millat yoki millat shakillanishidan oldingi davrni anglatshi mumkin. 
Etnos millatdan kengroq tushuncha bo„lganligi uchun unga millatdan tashqari irqlar, 
urug„lar, elatlar kabi milliy guruhlarga xos etnik guruhlar xam kiradi. 


 

Etnoslar umumiy biologik ajdodlarga ega yo shunday afsonalar mavjud. Masalan 
turkiylar xususida shunday afsonalar mavjud( Rahmon, Nasimxon, Turk 
xoqonligi). 
G„arbiy dengiz qirg„og„ida yashagan turkiylarning ota-bobolari qo„shni qabilalar
tomonidan qirib tashlandi. Faqat o„n yoshli bola yashirinib tirik qoldi. O„sha yerlarda
yashaydigan urg„ochi bo„ri unga xotin bo„ldi. Ochlikdan qutqarish, dushmanlardan
yashirinish uchun bo„ri o „sha bolani olib Turfon tog„lariga qochib ketdi. Tog„da bir g„or
bor edi. U yerda urg„ochi bo„ri o„nta bola tug„di. Bolalarning otasi o„sha qutqarilgan turk
edi. Bo„ri bolalari Turfondagi ayollarga uylandi. Har bir boladan bir urug„ kelib chiqdi.
O„g„illaridan birining ismi Ashin edi. Uning nomi hamma qabila nomini anglatadigan bo„l
di. Ashin boshqa aka-ukalariga qaraganda qobiliyatliroq, ham aqlliroq edi. Shu sababli 
Ashin yangi qabilaning dohiysi bo„lib qoldi. Urug„ soni asta-sekin bir necha yuz kishiga 
yetdi. Ashinning merosxo„rlaridan biri, qabila dohiysi Asyan shad bo„ri avlodlarini
Turfondan Oltoy yerlariga olib keldi. Bo„ri avlodlari bu yerda jujanlarning fuqarosiga 
aylanib, ularga temir qazib berar edilar. Oltoyda ular turk nomini oldilar. 

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling