Etrusklar, Rim podsholik davrida Reja: Kirish
Ilk respublikaning davlat boshqaruv tizimi
Download 108.88 Kb.
|
etrusklar
1.3 Ilk respublikaning davlat boshqaruv tizimi
Xalq yig‘ini. Rim respublikasida oliy davlat organi – xalq yig‘ini hisoblangan. Xalq yig‘ini qonunlarni qabul qilish va bekor qilish, urush e’lon qilish va sulh tuzish, oliy mansabdor shaxslar – magistrat (magister – boshliq)larni saylar edi. Shu bilan birga, u oliy sud tashkiloti edi. Rim xalq yig‘inlarini demokratik mohiyati va ularning keng vakolatiga qaramay, eng demokratik tribut komisiyalari ham aristokratiya qo‘lida qurol bo‘ldi. Xalq yig‘ini faqat senatda muhokama qilingan, magistratlar kiritgan masalalarnigina muhokama qilar edi. Komisiyalar qonunchilik tashabbusi huquqiga ega emas edi. Tribunat. Xalq tribunlari triblar bo‘yicha o‘tkaziladigan plebey yig‘ilishlarida saylangan. Xalq tribuni lavozimiga faqat plebeylar saylanishi mumkin edi. Dastlab ikki tribun saylangan, keyin ularning soni o‘ntaga yetgan. Xalq tribuni shaxsi daxlsiz bo‘lgan. Ularning asosiy vazifasi plebeylarning manfaatlarini himoya qilish edi. Plebeylar manfaati uchun xalq tribunlari diktator va senzordan tashqari magistratlar faoliyatiga aralashishlari mumkin bo‘lgan. Xalq tribuni magistrat topshirig‘i, xalq yig‘ini, senat qarorini Veto (taqiq) bilan bekor qilish huquqiga ega bo‘lgan. U hatto magistratni qamoqqa olish huquqiga ega bo‘lgan. Tribunlar plebey yig‘inlarini chaqirish huquqiga ega edi. Shahardan tashqarida tribun o‘z vakolatini yo‘qotgan. Ular magistrat emas edilar. Tribunning uyi har qanday plebey uchun boshpana bo‘lib, u kecha-kunduz ochiq turgan. Senat. Senat podsholik davrining oxirida patritsiy urug‘lari oqsoqollari kengashi asosida paydo bo‘ldi. Jamoa ishlarini harbiy boshliq bilan birga boshqarishda katta obro‘ga ega edi. Podsholik davrida podsho oldidagi davlat kengashi edi. Mil. avv. 509-yilda podsho hokimiyati qulagandan so‘ng senatning ahamiyati kuchaydi. Respublika davrida senat 300 a’zoga ega bo‘lgan. Senat harbiy ishga, tashqi siyosatga, moliya ishlari va davlat mulkiga rahbarlik qilar edi. U diniy e’tiqod ustidan nazorat qilib, favqulodda holat e’lon qilish huquqiga ega edi. U hukumat vazifasini amalga oshirdi. Mil.avv. 287-yilgacha har qanday qonun loyihasi senatda muhokama qilinganidan keyingina xalq yig‘ini muhokamasiga olib chiqilar edi. Xalq yig‘inida qabul qilingan qonun faqat senat tasdiqlaganidan keyingina qonun kuchiga kirar edi. Shunday qilib, senat o‘ziga kerakli yo‘nalishda xalq yig‘ini faoliyatiga rahbarlik va nazorat qilar edi. Senat tashqi siyosatga rahbarlik qilib, davlat moliyasining egasi edi. Mansabga saylangan magistratlar o‘z faoliyati uchun senat oldida hisobot berar edilar, shu bilan senatga tobe edilar. Mil.avv. IV asrdan vakolatlari muddati tugagan oliy mansabdor magistratlar senat tarkibiga kirar edilar. Senatorlar ro‘yxatini senzorlar tuzganlar. Ularning rahbari eng keksa va obro‘li senator – princeps senatus (u munozara paytida birinchi bo‘lib so‘zlagan) edi. Senat ro‘yxatida birinchi senzorlar, keyin konsullar, pretorlar turar edi. Senat majlisini chaqirish huquqiga oliy magistratlar: diktator, konsullar, pretorlar haqli edi. Senatning qarori senatus konsul (senatus konsultum) yoki dekret (dekretum – qaror) deyilar edi. Senat Rim oligarxiyasining tayanchi edi. Senator unvoni umrbod edi. Odatda, senatorlar ro‘yxati ilgari magiustratura lavozimini egallagan yoki egallab turgan kishilardan ma’lum bir mulk senzi asosida (Oktavian davrida 1 mln sestersiy) nobillarning tor doirasidan tuzilgan. Imperiya davrida Oktavian hukmronligidan boshlab, senatning funksiyalari cheklana boshladi (ayniqsa moliya, harbiy ish, tashqi siyosat, provinsiyalar boshqaruvi). Imperiya davrida senat o‘z mustaqilligini yo‘qotdi, lekin uning tashqi hashamati kuchaydi. Senat imperator irodasiga qullarcha bo‘ysundi. Imperator senator unvonini merosiy qilib, ularning sonini 600 taga tushirdi. So‘nggi imperiya davrida konsullik, pretor, edil lavozimlari faxrli unvonga aylandi. Imperiya davrida senat o‘z mustaqilligini yo‘qotdi, lekin uning tashqi hashamati kuchaydi. Senat imperator irodasiga qullarcha bo‘ysundi. Imperator senator unvonini merosiy qilib, ularning sonini 600 taga tushirdi. So‘nggi imperiyaning tugashi arafasida konsullik, pretor, edil lavozimlari faxrli unvonga aylandi. Amalda hokimiyat prinseps qo‘lida bo‘lib, senat davlatning oliy tashkilotlaridan biri hisoblanar edi. Imperator Diokletian davridan senat o‘z ahamiyatini to‘la yo‘qotdi, u Rim shahar kengashiga aylandi. Download 108.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling