Etrusklar, Rim podsholik davrida Reja: Kirish
Download 108.88 Kb.
|
etrusklar
1.2 Etrusklar
Etrusklar Er. avv. I ming yillik boshlarida Italiyaga Kichik Osiyodan etrusk qabilalari kelib o’rnashdi. Latinlar ularni etrusklar yoki tusklar, yunonlar tirrenlar yoki tersenlar deb atadilar. Etrusklar tarixi bo`yicha sog’ona, dafn toshlari, qo’rg’oshin taxta, ko’za, muxrlarda mavjud bo’lgan 11 ming etrusk yozuvlari mavjud. Ularning ko`pchiligi bag’ishlov, in’om mazmunida bo’lib qisqa yozilgan. Etrusklar to’g’risidagi ilk aniq ma’lumotlar er. avv. VIII asrga tegishli. Etrusk madaniyatining asosiy yodgorliklari O’rta Italiyada Tibr va Arnus daryolari oralig’ida Rimliklar Etruriya (hozirgi Toskana) deb atagan viloyatda to’plangan. Etrusklar dehqonchilik va hunarmandchilik bilan mashg’ul bo’lganlar. Temir va misdan ajoyib buyumlar yasalgan. Ular vositachilik savdosi bilan ham shug’ullanganlar. Etrusk shaharlarini qadimdan rasman podsholar boshqardilar, er. avv. VI asrda ularni o’rnini magistratlar egalladilar. Amalda hokimiyat zodagonlar (harbiy-kohin zodagonlarluqumonlar) qo’lida edi. Etrusklar janubiy Italiya, Korsika va Sardiniyada o’z koloniyalarini barpo qildilar. Er. avv. VII-VI asrlarda Etruriyada markazi Volsiniya shahri (Bu shaharda etrusklarning oily xudosi kertumnani ziyoratgohi bor edi.)bo`lgan, etrukslarning 12 shahar konfederatsiyasi mavjud edi. Konfederatsiya siyosatiga 12 luqumon kengashi rahbarlik qilgan. Aholisi ko`p sonli va boy Veyi, Populoniya, Kluziy, Belsiniya, Peruziya, Tarkviniya, Vulchi, Tsere kabi etrusk shaharlari bo’lgan, Etrusk me’morchiligi yuqori darajada shakllangan bo’lib keng ko’chalar (kengligi 10-15 metr), maydon, kvartal, mudofaa devorlari, tosh kuprin, suvquvurlari va kanalizatsiyalarni mavjudligi buning dalilidir. Etrusklar kuchli harbiy flotga ega bo’lib Misr, Fnikiya va Sharqning boshqa mamlakatlari bilan savdo qilganlar va dengiz qaroqchiligi bilkan shug’ullanganlar. Janubiy Italiyadagi yunon shaharlari etrusklar bilan raqobat qildilar. Er. avv. 535-yilda Etrusklar Alaliya yonidagi jangda (Korsikada yaqinida ) yunonlarni tor-mor qiladilar. Korsikani etrusklar qo’lga oldi. Shu vaqtda etrusklar Latsiya, Kampaniya va shimoliy Italiyani bir qismi Etrusklar qo’lida edi. Er. avv. VI asrning birinchi yarmi Etruriyani iqtisodiy-siyosiy hayotini yuksalish davri edi. Er. avv. VI asrning ikkinchi yarmidan etrusklar zaiflasha boshladi. Ular birdaniga yunon, rimliklar va gallarni siquvi ostida qoldi. Er. avv. 524-yilda yunonlar Kampaniyada etrusklarni tor-mor qildilar. Er. avv. 509-yilda rimliklar so’ngi etrusk podshosi Tarkviniy mag’rurni shahardan haydab yuboradilar. Er. avv. 265-yilda Voliniyani qulashi bilan rimliklar Etruriyani to’la istilosini tugalladilar. Yangi era boshida Etrusklar romanlashtirish jarayonida o’z ona tillarini unutdilar va rimliklar bilan qo’shilib ketdilar. Etrusk san’ati tarixi to’rt davrga bo’linadi: Birinchi davr er. avv. VIII-VII asrlar, arxaik er. avv. VI asr, klassik er. avv. V-IV asrlar va ellin er. avv. III-I asrlar. Etrusk shaharlarida qal’a inshootlari qoldiqlari, ibodatxona xarobalari, ularni barchasi odatda tuf va travertindan qurilgan. Etrusklar qobiliyatli injenerlar bo’lib pishiq ko’priklar va yo’llarni quruvchilar edilar. Jahon san’at tarixiga mansub mashhur etrusk maqbaralari Kvyuzi, Cherveteri Vulchi Volterra va Mantanoli burtma naqshlar, jez va loydan yasalgan haykallar bilan bezatilgan, luqumonlarning naqshin sog’onalari, dafn ko’zalari jezdan yasalgan diniy va kundalik, zargarlik nafis, yuksak san’at asarlaridir. Bizgacha Tarkveniy Mag’rur oldida ishlagan haykaltarosh afsonaviy Vulku ma’lum. Shuningdek etrusklarni jezdan bunyod qilingan noyob haykallari “Kapitoliy ona bo’risi” va “Ximere” (er. avv. V asr) butun dunyoga tanilgan haykallar hisoblanadi. Etrusklarning dini asosida odamlarni qurbonlik keltirish bilan o’liklarga, ruhlar va devlarga e’tiqod qilish yotar edi. Oliy xudo Vertumn hisoblangan. Uning orqasida triada: Tiniya, uni va Menerva (rimliklarda-Yupiter, Yunona va Minerva). Qolgan xudolar fufluns keyin u rimliklar tomonidan Vakx- Dionis bilan, Maris-Mars bilan, Aplu-Apollon bilan, Turms-Germes bilan tenglashtirilgan edi. Etrusk madaniyatini shakllanishiga Sharqning qadimgi sivilizatsiyalari, yunon dunyosi ijobiy ta’sir qildi. O’z navbatida etrusk sivilizatsiyasi rim madaniyatini rivojlanishida jiddiy ta’sir ko’rsatdi. Rim tarixchilari, respublika boshlanishini mil.avv. 509-yil kelib chiqishi etrusk bo‘lgan so‘nggi Rim podshosi Tarkviniy Mag‘rurning (mil.avv. 534–509-yillar) Rimdan haydalishi bilan belgilaydilar. Erkinlik tarafdorlari, senat hokimiyati himoyachilari Yuniy Brut boshchiligida monarxiyani aristokratik respublika bilan almashtirdilar. Bu dunyo bo’yicha shakllangan ilk respublika edi. Lotinchadan tarjima qilganda “respublika” so’zi “xalq ishi, umumiy ish” degan ma’nolarni anglatadi ( “res”-ish, “publica”-xalq ). Respublika davlat boshqaruv tizimi birdaniga shakllanmadi. Uning shakllanishi asta-sekinlik bilan jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan birga bordi. Rim magistratura tizimining tugallangan shakli mil.avv. IV asr II yarmida yuzaga keldi. Miloddan avvalgi V-III asrlarda Rimda respublika tuzumining shakllanish jarayoni davom etgan. Lekin miloddan avvalgi III asr o’rtalariga kelib O’rtayer dengizida hukmronlik uchun kurash boshlanib ketadi. Natijada Rim va Karfagen davlatlari o’rtasida urush boshlanadi. Bu urush tarixga Puni urushlari nomi bilan kirgan. Urush respublikaning qulashiga turtki bo’ldi. Chunki o’sha davrga kelib respublika iqtisodi nochor ahvolga tusha boshlagan edi. Sarkardalar yollanma askarlardan foydalana boshlagan edilar. Qullar qo’zg’oloni ham kuchayib ketgan edi. Davlat hokimiyati muassasalari komissiyalar (xalq majlisi), magistraturalar va senat edi. Oliy hokimiyat egasi tub joy aholidan bo'lgan Rim fuqarolari (populis Romanus) bo'lganlar. Rasmiy jihatdan Rim fuqarolari xalq majlisida ishtirok etishga, davlat lavozimlariga saylanishga, mulkga egalik qilishga va Rim qo'shinida xizmat qilishga haqli edilar. Konsul. Respublika tuzumi o‘rnatilishi bilan oliy hokimiyat bir yil muddatga saylanadigan ikki konsul qo‘liga o‘tdi. Dastlab ular pretor (oldinda yuruvchilar) deb atalar edi. Farazlarga ko‘ra, respublikaning birinchi yillarida ijroiya hokimiyatining boshida bir oliy magistrat – pretor bo‘lib, unga o‘rinbosari – kvestor yordam bergan. Plebeylarning Muqaddas toqqa birinchi chiqib ketishlaridan so‘ng xalq tribunlari va plebey edillari, ularning yordamchilari lavozimlari joriy qilindi. Ammo ijroiya hokimiyatga pretorning yagona rahbarligi va u tomonidan hokimiyatni bosib olinish imkoniyati mavjudligi xavfi tug‘ildi. Shuning uchun mil.avv. V asr o‘rtalarida bir oliy magistrat o‘rniga ikkitasi saylanadigan bo‘ldi. Ular bir xil hokimiyatdan foydalandilar va birgalikda boshqardilar. Ular bir-birlari bilan maslahatlashishlari lozim edi. Shuning uchun ular konsullar (consulo – maslahatlashaman so‘zidan olingan) deb ataldilar. Lisiniy va Sekst qonuni bo‘yicha mil.avv. 367-yildan konsullardan biri plebeylardan saylana boshladi. Oliy magistratlar tarkibiga konsullar, senzorlar va pretorlar kirar edi. Konsullarni senturiy yig‘inlarda patritsiylar orasidan saylar edilar. Badavlat odam turli yo‘llar bilan saylovchilarni o‘z tarafi ga og‘dirib, bepul tushlik uyushtirishgan, sovg‘a-salom tarqatishgan va shunga o‘xshash ishlarni amalga oshirishgan. Saylov kuni konsullikka o‘z nomzodini qo‘ygan badavlat kishilar «kandida» deb ataluvchi oq-harir libos kiyib olishgan. Hozirgi «kandidat», ya’ni qandaydir lavozimni egallashga harakat qiluvchi nomzod shaxs ma’nosini beruvchi so‘z ham «kandida»dan kelib chiqqan. Oq rang nomzodning vijdoni ham uning libosidek beg‘ubor va pokiza bo‘lishi kerakligini bildirgan.Konsullar roziligisiz senat komisiyalari to‘plana olmas edi. O‘zlari esa vazifalarini bajarish davrida har qanday sud javobgarligidan ozod edilar. Konsullar urush vaqtida qo‘shin qo‘mondoni vazifasini bajarganlar. Senat va komisiyalarni chaqirar edilar hamda qonunchilik tashabbusiga ega edilar. Konsullar hokimiyati faqat biri ikkinchisining qaroriga veto (taqiq) qo‘yishi bilangina cheklangan edi. Amaliy hayotda esa konsullar patritsiylar va ularning oliy organi – senatning siyosiy man-faatlari bilan hisoblashishga majbur edilar. Rimdan tashqarida konsul cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lgan, shaharda esa konsullarning huquqi ma’lum bir normalar bilan cheklangan. Imperiya davrida senat o‘z mustaqilligini yo‘qotdi, lekin uning tashqi hashamati kuchaydi. Senat imperator irodasiga qullarcha bo‘ysundi. Imperator senator unvonini merosiy qilib, ularning sonini 600 taga tushirdi. So‘nggi imperiya davrida konsullik, pretor, edil lavozimlari faxrli unvonga aylandi. Download 108.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling