Etrusklar, Rim podsholik davrida Reja: Kirish


Download 108.88 Kb.
bet6/11
Sana19.06.2023
Hajmi108.88 Kb.
#1605550
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
etrusklar

Senturiy komisiyalari. Rimda xalq yig‘inlari yoki komisiyalarning uch ko‘rinishi mavjud edi. Serviy Tulliy islohotlarigacha kuriya komisiyalari mavjud edi. Serviy Tulliy qurolli xalq yig‘ini – senturiy komisiyalarini kiritdi. Tezda ular kuriya komisiyalarini siqib chiqardi. Senturiy komisiyalari konsullar tomonidan Rim shahridan tashqaridagi Mars maydonida chaqirilar edi. Barcha Rim fuqarolari 193 senturiy, eng boy I toifa 98, jami senturiylarning yarmidan ko‘p senturiy qo‘yar edi. Ovoz berish senturiylar bo‘yicha o‘tkazilib, har bir senturiy bir ovozga ega edi. Ovoz berish qat’iy qabul qilingan tartibda: dastlab I toifa senturiylari, keyin II, III va h. k. ovoz berar edi. Agar taklif qilinayotgan masala bo‘yicha senturiylar ovozining 50% idan ko‘proq ovozi berilsa, ovoz berish to‘xtatilib, taklif qonun kuchiga kirar edi. Bunday ovoz berish tartibi bo‘yicha barcha masalalarni Rim fuqarolarining boy qismi bo‘lgan I toifaning 98 senturiylari hal qilar edi. Bu komisiyalarda pretorlar, konsullar va senzorlar saylanar edi. Ovoz berishning mulk senziga asoslanishi demokratik saylov tizimi tarafdorlarining noroziligiga uchradi. Rim respublikasi aristokratik xarakterda edi. Qonunchilik tashabbusiga ega bo‘lmagan senturiy yig‘ilishlarini jamiyatning patritsiy qatlamlarining vakili (konsul, diktator, pretor) chaqirishi mumkin edi. Bu komisiyalarning biror-bir qarori «patres» – senat tomonidan tasdiqlanmasa, kuchga kirmas edi. Mil.avv. 471-yildan kuriya va senturiy yig‘inlari namunasidagi plebey yig‘inlari chaqirila boshlandi. Plebey yig‘inlarida qabul qilingan qarorlar – «plebitsit» faqat plebeylar uchun majburiy edi. Mil. avv. 241-yilda senturiy komisiyalari islohoti o‘tkazildi. Endilikda har besh toifadan 70 senturiy qo‘yiladigan bo‘ldi. Ularga suvoriylarning 18 senturiylari, hunarmandlarning 4 senturiy va proletarlarning 1 senturiysi qo‘shiladigan bo‘ldi. Jami 370 senturiy (avvalgi 193 o‘rniga). Patritsiylar va plebeylarning kurashi jarayonida plebeylarning hududiy okrug – triblar bo‘yicha tribut komisiyalari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi (Rim hududi hududiy jihatdan 4 shahar va 31 qishloq tribiga bo‘lingan). Tribut komisiyalarida edillar, kvestorlar va plebey tribunlari saylanar edi.
Kvestorlar. Boshda kvestorlar konsullar tomonidan tayinlandilar va ular konsullarning yordamchilari edilar. Mil.avv. 447-yildan boshlab tribut komisiyalari to‘rt kvestorni saylay boshladi. Mil.avv. 409 -yildan bu lavozimga plebeylar ham saylandilar. Kvestorlar davlat xazinasini boshqardilar, kirimchiqim daftarlarini olib bordilar, davlat arxivining saqlovchilari edilar, harbiy yurishlarda konsullarga hamrohlik qildilar va qo‘shinning pul mablag‘ini boshqardilar. Hamda harbiy o‘ljani taqsimlash va sotish bilan shug‘ullandilar.
Pretor. Mil.avv. 366-yilda o‘zlarining oralaridan bir kishini konsulning o‘rinbosari – pretorni senturiy komisiyalarida saylashga erishdilar. Pretorning vazifasi shaharda tartibni saqlash edi. Pretor oldida oltita liktor yurgan, u sud ishlari bilan shug‘ullangan vaqtida uning oldida ikki liktor turgan. Mil.avv. 337-yildan plebeylar ham pretor lavozimini egallash huquqini olganlar.
Senzor. Mil.avv. 443-yildan boshlab senturiy komisiyalarida faqat patritsiylar ichidan ikki senzor saylanadigan bo‘ldi. Ular 5 yilda bir marta 18 oy muddatga saylanar edi. Senzorlar sobiq konsullardan saylangan. Ular Rim fuqarolarini mulk toifalariga kiritib, senatorlar tarkibini tekshirib, uning yangi ro‘yxatini tuzishlari lozim edi.

Download 108.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling