Etuk yozuvchilar uslubini aniqlash Reja: Yozuvchilarning uslubiy o`ziga xosligi


Mashhur yozuvchilar qanday ijod qilgan?


Download 39.1 Kb.
bet3/6
Sana15.06.2023
Hajmi39.1 Kb.
#1481861
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Etuk yozuvchilar uslubini aniqlash

2. Mashhur yozuvchilar qanday ijod qilgan?
Yozuvchi - bu jamoat iste'moli uchun mo'ljallangan asarlarni yaratgan odam. Ushbu faoliyat turi uchun u mukofot oladi. Ushbu faoliyatning yana bir shakli - bu yozuvchilar uyushmasi, tanqidchilar tomonidan tan olinishi yoki boshqa ekspert bahosini olishdir.
Ulugʻ yozuvchilarning durdona kitoblarini oʻqib, ular favqulodda iqtidor egalari boʻlganini his etasiz. Haqiqatan ham bunday ajoyib asarlarni yozish oddiy hodisa emas. Iqtidor ijoddagi birlamchi asosdir. Biroq faqat isteʼdod bilangina qalam tebratib boʻlmaydi. Istalgan ulugʻ adibning tarjimai holi bilan tanishib chiqing. Bir narsani anglaysiz: ular oʻzlarini jiddiy tarbiyalagan. Oʻqigan, izlangan, yozgan, oʻchirgan, yozgan, qayta-qayta yozavergan. Ularga tez-tez ilhom kelib turgan, shuning uchun oson ijod qilishgan degan fikr ham xato. Ilhom juda kamyob narsa va hamisha ham kelavermaydi. Koʻpincha u majburan olib kelinadi. Qanday qilib deysizmi? Bu borada har kimning oʻziga xos uslubi bor. Masalan, buyuk adib Gabriel Garsia Markes “Ishtaha ovqat ustida keladi” degan maqolga amal qilgan. Ilhom, yaʼni yozish istagi bor-yoʻqligidan qatʼi nazar ishlashga oʻtirgan. Oʻzini fikrlashga, oʻylashga, tassavvur etishga yoʻnaltirgan va kutilgan natijaga erishgan.
Quyida ayrim yozuvchi-shoirlarning ijod uslubi, turmush tarzi haqida soʻz boradi. Agar siz ham qalam ahlidan boʻlsangiz, yanada diqqatliroq boʻling. Umuman, qaysi soha vakili boʻlishingizdan qatʼi nazar, agar ijodkorlik qobiliyatingiz kuchli boʻlsa, sohangizning yetakchi mutaxassislaridan biriga aylanasiz. Xullas, eʼtiborni susaytirmang. Balki bu usul va tartiblar sizga ham foyda berib qolar.
Fridrix Shiller (1759–1805)ning oʻta gʻaroyib odati boʻlgan. Shoirning ish stolidagi tortmada chirigan olma turmasa, unga ilhom kelmagan! Shillerning doʻsti, mshhur adib Gyote shunday hikoya qiladi: “Bir kuni Fridrixni koʻrgani bordim. Lekin u qayoqqadir chiqqan ekan, xotini uning xonasida kutib turishimni soʻradi. Oʻrindiqqa choʻkdim, tirsagimni stolga tirab oʻrnashib oldim. Birdan koʻnglim behuzur boʻldi. Toza havodan nafas olay deb ochiq deraza oldiga bordim. Boshida bu holatning sababini anglolmadim, keyinroq gap nimadaligini bilib oldim. Shillerning stolidagi qutida oʻn ikkita chirik olma turardi! Xizmatkorlarni chaqirib oldirib tashlamoqchi edim, lekin olmalar qutiga atay solinganini, shunday qilinmasa, xoʻjayin ishlay olmasligini aytishdi. Fridrix kelganida, shu haqda aytgandim, u hammasini tasdiqladi!”

Download 39.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling