Etuk yozuvchilar uslubini aniqlash Reja: Yozuvchilarning uslubiy o`ziga xosligi


Download 39.1 Kb.
bet4/6
Sana15.06.2023
Hajmi39.1 Kb.
#1481861
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Etuk yozuvchilar uslubini aniqlash

Aleksandr Pushkin (1799–1837) daftar yoki qogʻoz hoshiyasiga har xil aji-buji xatlar yozishni xush koʻrgan. Ish paytida limonad ichmasa turolmagan. “Baʼzan kechasi yozadigan boʻlsa, butun tunga yetarli limonad olib chiqib berardim”, deb eslaydi shoirning uy xizmatkori Nikifor Fedorov.
Aleksandr Dyuma (1802–1870) fransuztilli yozuvchilar ichida dunyo boʻyicha eng koʻp oʻquvchiga ega adiblardan biridir. “Graf Monte Kristo”, “Uch mushketyor” singari sarguzasht asarlari bilan dunyoga mashhur adib juda gʻalati odatga amal qilgan. U har kuni soat yettida Gʻalaba arkasi ostida olma yegan. Bir qarashda oʻta mantiqsiz koʻrinidigan ushbu mashgʻulotning tashkilotchisi Dyumaning shaxsiy doʻxtiri edi. Bu tadbirga yozuvchining tartibsiz hayoti sabab boʻlgan. U nosogʻlom turmush tarzi tufayli uyqusizlik dardiga chalingandi. Ertalab soat oltida turib, yettigacha arka yoniga yetib borish va u yerda olma yeyish uchun Dyuma ertaroq yotishi, kun tartibiga rioya etishi kerak edi.
Nikolay Gogol (1809–1852) tik turib yozgan. Memuarchi Pavel Annenkov esdaliklarida ulugʻ yozuvchi “kontorka” deb ataladigan baland stolda ishlaganini taʼkidlaydi. Aslida, bu noyob holat emas. Virjiniya Vulf, Ernest Heminguey va Tomas Vulf kabi ijodkorlar tik holda yozgani maʼlum. Biroq Gogol shaxsiga qiziqish kuchli boʻlgani, u haqida har xil mishmishlar toʻqilgani sabab bu holatga ham gʻayrioddiy hol sifatida qaralgan, turli maʼnolar yuklangan.
Lev Tolstoy (1828–1910) ish jarayonida odamoviga aylanardi. Ertalab ancha kech – toʻqqizlarga yaqin uygʻonar, yuvinib, kiyinib, soqollarini tartibga keltirmagunicha birov bilan gaplashmasdi. Qahva va bir juft chala pishgan tuxum bilan nonushta qilgach, tushlikkacha ish xonasiga qamalib olardi. Baʼzida bu xonada yozuvchining xotini Sofya Andreevna ham jimgina oʻtirar, agar “Urush va tinchlik”ning biror bobini qayta yozish yoki navbatdagi bobni eshitish zarur boʻlib qolsa, uning xizmatidan foydalanilardi. Tushlikdan oldin Tolstoy sayrga otlanardi. Aylanishdan yaxshi kayfiyatda qaytsa, taassurotlari bilan oʻrtoqlashar yoki bolalarni oʻynatardi. Mabodo aksi boʻlsa, kitob oʻqir, qarta oʻynar yoki mehmonlar bilan suhbatlashardi.

Download 39.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling