Eukariot hujayra


Download 15.95 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi15.95 Kb.
#1629547
Bog'liq
eukariot hujayra


Mavzu: Eukariot hujayra. Sitoplazma
Dars maqsadlari;
a) tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda ahloqiy sifatlarni shakllantirish.
b) ta`limiy maqsad: Eukariot hujayraning tuzilishi haqidagi umumiy ma’lumot, hujayraning eng muhim tarkibiy qismlarining tuzilishi va vazifalari to’g’risida tushuncha berish.
v) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda shaхsiy, psiхologik-gigiyenik хususiyatlarini shakillantirish.
g) kasbga yo´llovchi maqsadi; shu mavzu orqali o’quvchilarni biologiya o’qituvchisi, tibbiyot hodimi, seleksioner kasblariga yo´llash.
d) milliy istiqlol g’oyasini singdiruvchi maqsad: Mavzuni o’rganish orqali vatan ravnaqiga o’z hissasini qo’shish ishtiyoqini uyg’otish.
Dars jarayonida qo’llaniluvchi metodlar: an`anaviy va interfaol metodlar, modellashtirish.
Dars jihozlari: mikroskop, o’simlik, hayvon va inson organizmi hujayralarining mikropreparatlari, o’quv fil mlari, jadvallar.
Darsning borishi:
I. O’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini aniqlash.
O’qituvchi mashg’ulot boshlanishidan oldin 4 ta stol atrofiga 6 tadan stul qo’yib chiqadi.
O’quvchilar o’qituvchi tomonidan guruhlarga bo’linadilar. O’quvchilar joylashib oladilar.
O’quvchilar joylashib olganlaridan so’ng o’qituvchi o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini aniqlash maqsadida o’quvchilarga
1. Ayrim o’quvchilarga tezkor testlar taqatadi.
2. Og’zaki savollar bilan murojat etib o’quvchining hikoyasi asosida javoblar olinib baholanadi.
Savollar quyidagicha bo’lishi mumkin:
1. Prokariot hujayraning tuzilish hususiyatlari haqida nimalarni bilasiz?
2. Prokariotlarning keng tarqalishi va tez ko’payishining sabablarini tushuntirib bering?
3. Prokariot hujayralarning ko’payish jarayonini tushuntirib bering?
4. Prokariot hujayralarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyatini ayting.
II. Yangi mavzuni o’rganish
O’qituvchi mashg’ulot mavzusini e’lon qiladi hamda guruhlarga muayyan topshiriqlarni bеradi. Ma’lum vaqt bеlgilanib, munozara jarayoni tashkil etiladi.
1. “Ven diagrammasi”
Sinf taxtasiga quyidagi tartibda uchta doira chiziladi:

Guruhlarga quyidagi topshiriqlar beriladi:


1-guruh o’simlik va hayvon hujayrasi tuzilishidagi o’xshash va farqli jihatlarni taqqoslaydilar. O’simlik hujayrasigagina xos bo’lgan organoidlar diagrammaning 1-qismiga, hayvon hujayrasigagina xos bo’lgan organoidlar diagrammaning 2-qismiga va har ikkala organizmda uchraydigan organoidlar 1- va 2-diagrammalarning kesishmasidan hosil bo’lgan qismiga yoziladi.
2-guruh hayvon va odam hujayrasining tuzilishini taqqoslaydi va diagrammaning 1-qismga hayvon hujayrasigagina xos bo’lgan organoidlar, 2-qismga odam hujayrasigagina xos bo’lgan organoidlar, har ikkala organizm hujayrasiga xos bo’lgan organoidlar esa 1- va 2-qismlar kesishmasiga yoziladi.
3-guruh odam va o’simlik hujayralari o’rtasidagi o’xshash va farqli jihatlarni topishga harakat qiladilar. Ular odam hujayrasigagina xos bo’lgan organoidlarni diagrammaning 1-qismiga, o’simlik hujayrasigagina xos bo’lgan organoidlarni diagrammaning 2-qismiga, har ikki organizmga xos bo’lgan organoidlarni esa 1- va 2-qismlar kesishgan joyiga yozadilar.
4-guruh a`zolari har uchchala doira kesishmasidan hosil bo’lgan markaziy qismga o’simlik, hayvon va odam organizmi hujayrasiga xos bo’lgan organoidlarni yozadilar.
Guruhlar tomonidan vazifa bajarilib bo’lingach, liderlar tanlanadi. Liderlar o’quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlarni umumlashtirib, yozuv taxtasida aks ettirilgan diagrammani to’ldiradilar.
2. “6x6x6″ mеtodi
Bu mеtod yordamida oquchilarga ma’lum topshiriq yoki masalani hal etish, shuningdеk, guruhlarning har bir a’zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish mumkin. O’qituvchi tomonidan har bir guruhga alohida muammolar o’rtaga tashlanadi:
a) Eukariot hujayraning organik olamning turli vakillari uchun umumiy bo’lgan tuzilish xususiyatlari.
b) Sitoplazmaning tuzilishi va funksiyalari, xususiyatlari, uning hujayradagi organoidlarni o’zaro bog’lanishlaridagi roli.
c) Tashqi sitoplazmatik membraning tuzilishi va vazifalari.
d) Hujayraga moddalarning kirish mexanizmi.
O’qituvchi guruhlarning faoliyatini kuzatib boradi, kеrakli o’rinlarda guruh a’zolariga maslahatlar bеradi, yo’l-yo’riqlar ko’rsatadi hamda guruhlar tomonidan bеrilgan topshiriqlarni to’g’ri hal etilganligiga ishonch hosil qilganidan so’ng guruhlardan munozaralarni yakunlashlarini so’raydi.
Munozara uchun bеlgilangan vaqt niхoyasiga yеtgach, o’qituvchi guruhlarni qaytadan shakllantiradi. Yangidan shakllangan har bir guruhda avvalgi guruhlarning har biridan bir nafar vakil bo’lishiga alohida e’tibor qaratiladi. O’quvchi o’z o’rinlarini almashtirib olganlaridan so’ng bеlgilangan vaqt ichida guruh a’zolari avvalgi guruhlariga topshirilgan vazifa va uning yеchimi хususida guruhdoshlariga so’zlab bеradilar. SHu tartibda yangidan shakllangan guruh avvalgi guruhlar tomonidan qabul qilingan хulosalar (topshiriq, yеchimlari)ni muhokama qiladilar va yakuniy хulosaga kеladilar.
II. Bilimlarni mustahkamlash.
1.Eukariot hujayraning asosiy tarkibiy hususiyatlarini hamda hujayraga moddalarning kirish mexanizmi, sitoplazmatik membrananing vazifalari to’risidagi suhat asosida mavzu mustahkamlanadi.
2. “Rasmlarni joylashtir” metodi yordamida eukariot hujayra topografiyasi organiladi va tahlil qilinadi. Bu metod alohida-alohida rasmlardan iborat hujayra qismlari yahlit bir holatga keltirish orqali amalga oshiriladi.

Dars davomida faol ishtirok etgan guruhga va o’quvchilarga to’g’ri javoblar uchun rag’bat kartochkalari berib boriladi. Shu asosida ular baholanadilar va baholar hamda faol guruh nomi e’lon qilinadi.


Uyga vazifa: Darslikdagi mavzuga oid savol va topshiriqlarni bajarish hamda “Endoplazmatik to’r, ribosoma, Golji majmuasi, lizosoma, mitoxondriya, hujayra markazi” mavzusiga tayyorgarlik ko’rish.
Download 15.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling