Eukariotlar genomlari


Download 363.21 Kb.
bet1/11
Sana12.03.2023
Hajmi363.21 Kb.
#1263473
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Genlar genomdagi lokalizatsiyasi


Bu mavzuni original variant bizda. Telegram manzil @arxiv_uz1

GENLAR GENOMDAGI LOKALIZATSIYASI.


EUKARIOTLAR GENOMLARI


Reja:
Kirish
I BOB. Genlar genomdagi lokalizatsiyasi va uning tarifi
1.1. Genlar genomdagi lokalizatsiyasi va uning o’rganilishi
1.2. Genlar genomdagi lokalizatsiyasi tasniflari
II BOB. Eukariotlar genomlari va ularni o’rganish metodlari.
2.1. Eukariotlar genomlarini o’rganish metodlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Gen (qadimgi.-yunon. γένος — urug‘, kelib chiqish) — tirik organizmlar irsiyatining tarkibiy va funksional birligi demakdir. Gen - ma’lum bir polipeptid yoki funksional RNK ketma-ketliklarini yuzaga chiqaruvchi DNK ketma-ketliklari bilan ifodalanadi. Genlar (aniqrog‘i, genlar allellari) ko‘payish jarayonida organizm irsiy belgilarining ota-ona genotiplaridan avlodlarga o‘tishini belgilaydi. Bunda ayrim organellalar (mitoxondriya, plastidlar) o‘z belgilarni yuzaga chiqaruvchi organizm genomiga ta’luqli bo‘lmagan o‘ziga xos DNKlariga egadir.
Odam genomi – bu odam organizmi to‘qima hujayralarida mavjud bo‘lgan irsiy (genetik) material umumiy yig‘indisi hisoblanadi. Odam genomi hujayra yadrosi va shuningek, mitoxondriyalar tarkibida joylashgan 23 juft xromosomalardan tashkil topgan. Bunda xromosomalarning 22 jufti autosomalar va bir jufti jinsiy xromosomalardan (X va Y xromosomalar) tashkil topgan.
Odamning xar bir somatik xujayra yadrosida 23 juft xromosoma bo‘lib: xar bir xromosomada bir molekula DNK joylashadi. Odamda bitta xujayradagi 46 molekula DNK uzunligi taxminan 2 metr, nukleotid juftlari soni 6,4 mlrd. Odam tanasidagi hamma xujayralar umumiy DNK uzunligi (taxminan 5×1013) 1011km ni tashkil etadi, bu qarib yerdan quyoshgacha bo‘lgan masofadan 1000 marta ko‘proqdir. Odamda genlarning soni 30ming dan 40 ming oralig‘ida.
Odam genomi loyihasi bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar davomida odam genomi tarkibida 20 000 – 25 000 faol holatdagi genlar aniqlangan.
Odam genomi tarkibida 28 000 atrofidagi genlar tavsiflangan.

Download 363.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling