Ewb dasturida sxemalarni
Download 264.06 Kb.
|
10amaliy
Multimetr.Multimetrning old paneli (21- rasm) o'lchov natijalarini qayd qiluvchi displey, sxemaga ulash uchun «–» va «+» klemmalari, va quyidagi boshqaruv tugmalari: tok, kuchlanish, qarshilik va susayish ( so'nish)ni tanlash rejimlari; o'zgaruvchan yoki o'zgarmas tokni o'lchash rejimini tanlash; multimetr parametrlarini o'rnatish rejimi paydo bo`ladi. Bu tugmani bosilgandan keyin dialog oynasi paydo bo'ladi (22- rasm). Bu oynada quyidagilar keltirilgan: Ammeter resistance – ampermetrning ichki qarshiligi; Voltmeter resistance –voltmetrning kirish qarshiligi; Ohmmeter current – o'lchanayotgan tok diapazoni; Decibel standard – susayish yoki kuchayishni detsibellarda o'lchashda etalon kuchlanish VI ni o'rnatish ( maxsus talab qilinmasa, V1=1 V). Bu vaqtda o'tish koeffitsienti quyidagi formula bilan ani?lanadi: K[dB] = 201og(V2/V1), bu erda V2 —kontrol nuqtadagi kuchlanish. rasm. Multimetr parametrlarini sozlash oynasi. Generator. Generator oldi panelining tasviri 23- rasmda berilgan. Generatorni boshqarish quyidagi organlar bilan amalga oshiriladi: chiqish signali shakli (sinusoidal, uchburchakli va to'rtburchakli); frequency – chiqish signali chastotasini o'rnatish; duty cycle – to'ldirish koeffitsienti qiymatini % larda o'rnatish. Impuls signallari uchun bu qiymat impuls uzunligini qaytarilish davriga nisbati bilan, uchburchak signallar uchun oldingi va keyingi frontlar uzunliklari nisbati bilan o'lchanadi. amplitude – chiqish signali amplitudasini o`rnatish ; offset – chiqish signali siljishini (doimiy tashkil etuvchisini) o'rnatish; chiqish qisqichlari. COM klemmasini (umumiy) erga ulaganimizda «–» i «+» klemmalarida parafazali signal olamiz. rasm. Generatorning old paneli. Download 264.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling