Ewb dasturida sxemalarni


AChX va FChX o'lchagich (Plotter Bode)


Download 264.06 Kb.
bet9/11
Sana14.12.2022
Hajmi264.06 Kb.
#1005598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10amaliy

AChX va FChX o'lchagich (Plotter Bode). AChX-FChX o'lchagich old paneli 26- rasmda keltirilgan.



      1. rasm. AChX va FChX o'lchagich old paneli.

O'lchagich amplituda-chastota xarakteristikalarini (MAGNITUDE tugmasi bosilganda, maxsus talab bo'lmaganda shu tugmacha bosilgan bo'ladi) va faza- chastota xarakteristikalarini (PHASE tugmachasi bosilganda) logarifmik (LOG tugmasi bosilganda, maxsus talab bo'lmaganda shu tugmacha bosilgan bo'ladi) yoki chiziqli (LIN tugmachasi) shkalalarda V(VERTICAL) va X (HORIZONTAL) o'qlarda chizib beradi. O'lchagichni sozlash o'tkazish koeffitsientining chegaralarini tanlash, chastota variatsiyasini oynachalardan tugmachalar orqali boshqarish- F maksimal va I minimal qiymatlarni o'rnatish bilan amalga oshiriladi. Chastota va unga mos o'tkazish koeffitsienti yoki faza qiymatlari o'lchagichning pastida o'ng tomonda joylashgan oynachalarda aks ettiriladi.
Asbobni tekshirilayotgan sxemaga ulash IN (kirish) va OUT( chiqish) qisqichlari orqali amalga oshiriladi. Qisqichlar chap klemmalari mos ravishda tekshirilayotgan qurilmaning kirish va chiqishiga, o'ng klemmalar esa umumiy shinaga ulanadi.
Qolgan asboblar bevosita laboratoriya ishlari o'tkazilayotganda o'rganib chiqiladi.
    1. EWB dasturida elektron sxemalarni modellashtirish


EWV dasturi turli darajadagi sxemalarni quyidagi operatsiyalar yordamida yig`ishni amalga oshiradi:

  • element va asboblarni kutubxonalardan tanlash;

–element va sxemalarni maydonning ixtiyoriy nuqtasiga ko'chirish;
–elementlar va elementlar guruhlarini 90o ga karrali burchaklarga burish;

  • elementlar yoki elementlar guruhlarini, sxemalar fragmentlarini va to'liq sxemalarni ko'chirish, o'rniga qo'yish yoki o'chirish;

  • simlar ranglarini o'zgartirish;

  • sxemalar konturlarini qulaylik maqsadida rangli qilib tasvirlash;

  • bir vaqtining o'zida bir nechta o'lchov asboblarini ulash va monitor ekranida ularning ko'rsatishlarini kuzatish;

–elementlarni shartli belgilar bilan belgilash;
–elementlar parametrlarini keng diapazonda o'zgartirish.
Hamma amallar sichqoncha va klaviatura yordamida amalga oshiriladi. Faqat klaviatura bilan boshqarishning iloji yo'q.
Asboblarni sozlash bilan quyidagilarni amalga oshirish mumkin:

  • asboblar shkalalarini o'lchov diapazoniga mos ravishda o'zgartirish;

  • asbobning ish rejimini tanlash;

  • sxemaga kirish signallarining turlarini o'zgartirish ( doimiy va garmonik tok va kuchlanishlar, uchburchakli va to'g`ri burchakli impulslar.

Dasturning grafik imkoniyatlari quyidagilarni amalga oshirishi mumkin:

  • bir vaqtning o'zida grafikda bir nechta egri chiziqlarni kuzatish;

–grafiklarda egri chiziqlarni har xil ranglarda tasvirlash;
–grafiklarda nuqtalar koordinatalarini o'lchash;
–grafik redaktorga ma'lumotlarni import qilish, bu o'z navbatida rasmni qayta ishlash va uni printerga chiqarish imkonini beradi.
Sxema yoki uning fragmentini matn redaktoriga o'tkazish, uni nashr qilish, unga izohlar va sxema ishiga taqrizlar kiritish imkoniyatlari bor.

Download 264.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling