Ewb dasturida sxemalarni


Download 264.06 Kb.
bet5/11
Sana14.12.2022
Hajmi264.06 Kb.
#1005598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10amaliy

Flip Vertical – komponentning vertikal bo'yicha ko'zguviy tasvirini paydo qilish;

  • Flip Horizontal – komponentning gorizontal bo'yicha ko'zguviy tasvirini paydo qilish;.

    Oxirgi uch buyruq instrumentlar oynasida va Circuit menyusida takrorlangan.

    Rotate buyrug`i bilan rezistor va kondensatorni vertikal holatga o'tkazish mumkin ( 1- rasmda keltirilan komponentlarga o'xshash);



    • Component Properties – komponent xususiyatlari. Bu buyruq komponent ustida SChT bosish yoki quyidagi instrumentlar oynasidagi tugmachani bosish bilan bajariladi (14a- rasm).


    14a- rasm. Label (metka) rezistorlar parametrlarini belgilash oynachasi.
    Bu buyruq Circuit menyusida ham takrorlangan.
    Bu buyruq bajarilganida bir nechta oynachali dialog oynasi ochiladi. Bu oyna bilan komponentlar parametrlarini berish mumkin. Oynachalar har xil komponentlar uchun turlicha bo'ladi.
    Label oynachasi tepasida sxemada mavjud komponentning shartli belgisi belgilanadi/ Reference ID oynachasida komponentning pozitsion belgisi o'rnatiladi, bu belgi keyinchalik menyuning Analysis buyrug`i bajarilayotgan paytda ishlatiladi.
    Dialog oynasining Value oynachasi (kattalik) (14b- rasm) komponentlar (masalan, rezistor) nominal qarshiligi, qarshilikning chiziqli (TS1) va kvadratik (TS2) temperatura koeffitsientlarini o'rnatadi. Hamma parametrlarni hisobga olganda Rt rezistorning haqiqiy qiymati quyidagicha bo'ladi:
    Rt = R0 •[1 + TC1 •(T – Tn) + TC2 •(T – Tn)2],
    bu erda R0 – rezistorning nominal qarshiligi; Tn= 27°C – nominal temperatura;
    T –temperaturaning hozirgi paytdagi qiymati.
    Fault oynachasi (13c- rasm) modellashtirish shartlari va mumkin bo'lgan buzuqliklar ro'yxatini o'rnatadi. Masalan, rezistor 1- kontaktida buzuqlikni imitatsiya qilish kerak bo'lsa, 1 optsiya va Open ( ochiq- uzilish) o'rnatiladi.
    14b- rasm. Dialog oynasining Value oynachasi (kattalik) rezistorlar parametrlarini o'rnatmoqda.

    14c- rasm. Fault (buzuqlik) oynachasi - rezistorlar parametrlarini o'rnatish. Boshqa optsiyalar quyidagilarni bildiradi:



    • Leakage – utechka (sizib chiqish) ( qo'shni maydonda utechka qarshiligini berish mumkin);

    • Short qisqa tutashuv;

    • None – buzuqliklar mavjud emas.

    Display oynachasi ochilganda (14d- rasm) komponent belgilarining chiqish xarakterlari belgilanadi. Use Schematic Options global setting optsiyasi tanlanganda to'liq sxema uchun qabul qilingan ko'rsatmalar tanlanadi ( Schematic Option optsiyasi tavsifi yuqorida keltirilgan), aks holda komponent shartli belgisining individual yo'rig`i (Show labels), nominal qiymati (Show values) i pozitsion belgilanishi (Show reference ID) har bir komponent uchun alohida tanlanadi.
    14d- rasm. Rezistor parametrlarini o'rnatish Display (ko'rsatuv) oynachasi.
    Analysis Setup oynachasi tanlanganda (14e - rasm) har bir komponent uchun temperatura individual ravishda o'rnatiladi yoki to'liq sxema uchun qabul qilingan qiymati ishlatiladi (Use global temperature).

    14e - rasm. Qarshiliklar parametrlarini o'rnatish Analysis Setup (tahlil uchun o’rnatish) oynachasi.
    Aktiv komponentlar uchun yana bir oynacha qo'llaniladi – Models (14f- rasm), uning yordamida komponentlar kutubxonasi (Library), komponentaning konkret tipi (Model) tanlanadi. Istalgan paytda tanlangan komponent parametrlari o'zgartirilishi mumkin ( Edit rejimida), komponentga boshqa nom berish mumkin (Rename). New Library rejimida komponentlar yangi kutubxonasini yaratish mumkin.
    14f- rasm. Aktiv komponentlar parametrlarini o'rnatish Models (model tanlash) oynachasi.
    Yuqorida keltirilgan amallar yordamida sxema yaratish uchun zarur komponentlarning bizga kerakli parametrlari qiymatlari va shartli belgilari tanlanishi mumkin. Natijada ekranda sxema uchun kerakli komponentlar shartli belgilari ( tanlangan shrift, o'lcham va rang) va parametrlarini ko'ramiz (15- rasm).
    Komponentlar va ularning parametrlari tanlangandan keyin sxema bo'yicha ularni bir-biriga simlar bilan ulash amalga oshiriladi.

    15- rasm. Sxema yaratishning ikkinchi bosqichi.
    Bu vaqtda shuni e'tiborga olish kerakki, komponent uchiga faqat bittagina sim ulash mumkin. Simni ulash uchun kursorni komponent uchiga keltirilsa, katta qora nuqta paydo bo'ladi, shu payt SChT bosiladi. Kursor ozgina siljitilsa, sim paydo bo'ladi, bu sim keyingi komponent uchiga olib boriladi, ikkichi komponent uchida ham katta qora nuqta paydo bo'lganida SChT qo'yib yuboriladi- ulanish yaratildi. Bu komponentlar uchlariga boshqa simlar ulash uchun Basic kutubxonasidan nuqta ( konnektor) tanlanadi (ulanish simvoli) va avval o'rnatilgan simga qo'ndiriladi. Avvaliga nuqta qizil rangda bo'ladi, sichqonchani IOning bo'sh joyida bosib yuborsak, agar shu nuqta sim bilan elektr ulanishga ega bo'lsa, nuqta butunlay qorayib qoladi. Agar nuqtada kesib o'tayotgan sim izlari bo'lsa, elektr ulanish mavjud emas va qora nuqtani qaytadan o'tkazish kerak bo'ladi.
    Nuqtani muvaffaqiyatli ulagandan keyin unga yana ikkita sim ulash mumkin bo'ladi. Agar ulanishni uzish lozim bo'lsa, kursorni komponentlardan birining uchiga yoki tutashuv nuqtasiga olib borib, katta qora nuqta paydo bo'lganda, SChT bosiladi, simni maydonning erkin joyiga olib borib va SChT qo'yib yuboriladi. Agar mavjud simdan yana bir sim o'tkazish kerak bo'lsa, komponent uchidan mavjud simga yana bir sim tortiladi, ulanish nuqtasi paydo bo'lgandan keyin sichqoncha tugmasi qo'yib yuboriladi. Shuni ta'kidlash lozimki, simlarni o'tkazish avtomatik tarzda sodir bo'ladi, yo'lda uchragan to'siqlar – komponentlar va boshqa simlar- ortogonal yo'nalishlar ( gorizontal yoki vertikal) bo'yicha chetlab o'tiladi, yoki buni qo'lda qilsa ham bo'ladi ( bu usul 11- rasmda simlar sxemasini o'tkazish Wiring rejimini tanlanganda keltirilgan).


    1. rasm. Ulanish nuqtalari xususiyatlari va shartli belgilarini aniqlash oynachasi. Ulanish nuqtasi nafaqat simlarni ulashda, balki turli matnlarni ( masalan, simdagi tok kattaligini, simning funktsional vazifasi va x.k.) kirgizishda qo'llanilishi mumkin. Buning uchun nuqta ustida ikki marta sichqoncha tugmasini bosib, hosil bo'lgan oynachada (16- rasm) kerakli yozuvni kirgizish mumkin ( yozuv 14 simvoldan oshib ketmasligi kerak), bu yozuvni o'ng tarafga probellar soni bo'yicha siljitish mumkin. Bu holat komponent pozitsion belgisi ( masalan, S1, R10) sim ustiga yoki sxemaning boshqa elementlari ustiga tushib qolganida qo'l keladi. Agar simning alohida segmentini boshqa joyga ko'chirish kerak bo'lsa, uning ustiga kursor olib boriladi, SChT bosiladi va vertikal yoki gorizontal

    tekisliklarda ikkilangan kursor paydo bo'lganda kerakli siljishlar bajariladi.
    Sim ustida SChT ikki martta bosib yoki sichqonchaning o'ng tugmasini ( keyinchalik matnda SO'T) menyu orqali bir marta bosib

    Wire Properties oynachasini simlar tasvirlari turlarini tahrirlash uchun qo'llash mumkin (17- rasm).


      1. rasm. Wire Properties oynachasi (simlar tasvirlari turlarini va tugunlar parametrlarini tahrirlash uchun).

    Birinchi oynacha simlar ranglarini, ikkinchisi esa sxema tugunlari nuqtalarini tahrirlash uchun qo'llaniladi. Rangli simlardan o'lchov asboblarini ulash paytida ( ostsillograf, mantiqiy analizator va x.k.) foydalanish mumkin, mos ostsillogramma ham shu rangda beriladi, chunki sim rangi mos ostsillogramma rangini aniqlaydi. Rangli simlarni qo'llash nafaqat bir fuktsional turdagi simlarni belgilash, balki sxemaning turli yerida joylashgan simlarni belgilashda qo'llaniladi ( masalan, ma'lumotlar shinasi simlarini bufer elementdan oldin va keyingi ranglari).
    Keltirilgan metodika bo'yicha 15- rasmdagi hamma komponentlarni bir- biriga ulanganda 1- rasmdagi tayyor sxema hosil bo'ladi.

    Download 264.06 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling