Ewb dasturida sxemalarni
Download 264.06 Kb.
|
10amaliy
Amaliy ish №10 Mavzu: Electronics Workbenche dasturida enenrgiya manbalari, iste’molchilar turlari va ular bilan ishlash, sodda sxemalarni qurish, ularni o’zaro bog‘lash bosqichlari va qoidalari EWB dasturida sxemalarni tayyorlash. EWB dasturida sxemalar tahlilini o'zgarmas (DC- direct current) va o'zgaruvchan (AC- alternative current) toklarda olib borish mumkin. O'zgarmas tokda o'rnatilgan ish rejimida ishchi nuqtasi aniqlanadi. Bu rejimda ishchi nuqtasi parametrlari o'lchov asboblarida o'z aksini topmaydi, ular keyingi tahlillarda ishlatiladi. O'zgaruvchan tokda sxemalar modellari va ularning tahlili real vaqt va chastota sohalarida olib boriladi. EWB dasturida kirishga turli shakllardagi signallar berib, o'tish jarayonlarini tadqiq qilish mumkin. Dastur etarli darajadagi murakkab analog, analog- raqamli va raqamli sxemalarni analiz qila oladi. EWB dasturi ommalashgan elektron komponentlar ( jumladan, sobiq Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan va ishlab chiqarilayotgan) kengaytirilgan kutubxonasiga ega. O'lchov asboblarining ko`p va etarli darajada mavjudligi ko'p miqdordagi kattaliklarni aniq o'lchash, tahlil qilish va grafiklar tuzish imkonini beradi. O'lchov asboblari real asboblar darajisiga etkazilgan, ular bilan ishlash oson va qulay, noto'g`ri ulanganda dastur xatoni darrov ko`rsatadi. EWB dasturi elementlarning ulanishini va umuman to'liq sxemani yaqqol ko'rsatib turadi. Modellashtirish natijalarini printerga chiqarish yoki matnli va grafik redaktorlarga import qilish mumkin. Dastur Windows standart interfeysida ishlaydi, bu holat uni ishlatishni osonlashtiradi. Dastur ruslashtirilmagan, shu sababli biz uning ingliz versiyasidan foydalanamiz. Komponentlar kutubxonalariga passiv elementlar, tranzistor va diodlar, boshqariladigan manbalar, boshqariladigan klyuchlar, gibrid elementlar, indikatorlar, mantiqiy elementlar, trigger qurilmalari, analog va raqamli elementlar, maxsus kombinatsion va ketma- ketlik elementlari sxemalari kiradi. Aktiv elementlarning ideal yoki real modellarini ishlatish mumkin, hamda elementlar kutubxonalariga yangi elementni kiritish mumkin. Dasturda o'lchov amaliyotlarini o'tkazish uchun ishlatiladigan quyidagi asboblar mavjud: ampermetr, voltmetr, ostsillograf, multimetr, Bode-plotter (chastota va faza xarakteristkalarini chizuvchi asbob), so'z generatori, logik analizator, logik o'zgartgich. EWB quyidagi amallar orqali turli qiyinlikdagi sxemalarni yig`ishga imkon beradi: kutubxonalardan kerakli elementlar va asboblarni tanlash; elementlar va sxemalarni ishchi oynaning istalgan joyiga ko'chirish; elementlar va elementlar guruhlarini 90°ga karrali burchaklarga burish; elementlar, elementlar guruhlari va sxemalar fragmentlari, butun sxemalardan nusxa olish, o'chirish va boshqa erga ko'chirish; simlar ranglarini o'zgartirish; ko'rishni osonlashtirish uchun sxemalar konturlarini ajratib olish; bir nechta o'lchov asboblarini bir vaqtning o'zida ulash va monitorda ularning ko'rsatmalarini kuzatish; elementni shartli belgi bilan belgilash; elementlar parametrlarini keng ko'lamda o'zgartirish. Hamma amallar klaviatura va sichqoncha bilan bajariladi, faqat klaviatura bilan ishlash mumkin emas. Asboblarni sozlash natijasida quyidagilarga erishish mumkin: o'lchov diapazonlariga moslab asboblar shkalalarini o'zgartirish; asbobning ish rejimini tanlash; sxemaga ta'sir qiluvchi kirish signallari turlari va parametrlarini ( o'zgarmas va garmonik toklar va kuchlanishlar, uchburchak va to'g ri burchakli impulslar) keng ko'lamda o'zgartirish. Dasturning grafiklar bajarish imkoniyatlari quyidagicha: grafikda bir vaqtning o'zida bir nechta egri chiziqlarni kuzatish; grafiklarda egri chiziqlarni turli ranglarda tasvirlash; grafiklarda nuqtalar koordinatalarini o'lchash; ma'lumotlarni grafik redaktorga import qilish orqali rasmlarda kerakli o'zgarishlarni bajarish va printerga chiqarish. Dastur kompyuterga o`rnatiladi. U ishga tushirilganda EWBning bosh ishchi oynasi 1- va 2- rasmda keltirilgan holda namoyon bo`ladi: 1- rasm. EWB bosh ishchi oynasi ko`rinishi. 1-rasmda: menyu (1), komponentlar va control- o`lchov asboblari lineykasi (2,3), oynaning ishchi sohasi (4) va holat satri (5) keltirilgan. Sxemalarni yaratish dastur kutubxonalaridan komponentlarni tanlab olib, dastur ishchi oynasiga ( keyinchalik matnda IO) o'rnatish bilan boshlanadi. EWB dasturida qurilmalarning printsipial sxemalarini qurishdan oldin qog`ozda komponentlarning taxminiy joylashishi va qurilmaning printsipial sxemasini chizib olish kerak. 2- rasm. EWBning bosh ishchi oynasidа yig`ilgan sxema. Kutubxonalarning 13 ta turi ketma – ket quyidagi tugmalarni bosish bilan chaqiriladi ( 3- rasm) : 3- rasm. Elementlarni tanlash tugmalari. Buning uchun kursorni kerakli tugmaga olib borib, sichqonchaning chap tugmasi-klavishasini ( keyinchalik matnda SChT ) bosish kerak. Shu vaqtda bu tugmalar pastida yana bitta oyna paydo bo'ladi. Elementlarni tanlash tugmalari quyidagicha nomlanadi (4- rasm). Bu oynada elektron komponentlar va qurilmalarning shartli belgilari tasvirlangan. Quyida uchinchi va uchinchi tugmani bosganda paydo bo'ladigan komponentlar guruhi ( “basic” elementlar guruhi va diodlar guruhi) keltirilgan (5- rasm). 4- rasm. Elementlarni tanlash tugmalarining nomlari. 5- rasm. “Basic” elementlar guruhi va diodlar guruhi menyusi. Klavishlar (tugmalar) vazifalari (4- rasm) (chapdan o'ngga): Download 264.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling