Ewb dasturida sxemalarni


Download 264.06 Kb.
bet4/11
Sana14.12.2022
Hajmi264.06 Kb.
#1005598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10amaliy

parts bin positions – qo'llanilayotgan komponentlar kutubxonasining holatini sxema yig`ilayotganida ekranda saqlab qolish; odatda komponentlarning yangi kutubxonasini tanlash avvalgi kutubxonaning yo'qolishiga olib keladi; ekranda bir nechta kutubxonalarni bir vaqtning o'zida saqlab turish uchun ularni ekran bo'yicha har xil joylarga o'rnatish kerak, bu vaqtda yangi kutubxona tanlanganda avvlgilarining holatlari o'zgarmay qolaveradi.

  • Fonts oynachasini tanlanganda (10- rasm) komponentni belgilash uchun (Set label font tugmachasi) va uning parametri qiymati (Set value font tugmachasi) uchun shriftning tipi (Font name) va o'lchami (Font size) alohida- alohida tanlanishi mumkin.

  • Wiring oynachasi 11- rasmda keltirilgan va u sxemada simlarni o'tkazish rejimini aniqlash uchun qo'llaniladi.


    (a)

    (b)
    10- rasm. Fonts oynachasi (a) va shrift tanlash oynachasi (b).


      1. rasm. Wiring oynachasi simlarni o'tkazish rejimini aniqlash uchun qo'llaniladi.

    Wiring oynachasida:

    • manual-route wires – simlarni qo'lda o'tkazish ( simlarni o'z xohishimizga ko'ra ixtiyoriy traektoriya bo'yicha o'tkazishimiz mumkin);

    • auto-route wires – simlarni avtomatik ravishda o'tkazish ( boshlang`ich nuqta va chiziq tanlab olinadi va kursorni kerakli nuqtaga yurgiziladi);

    • drag to connect – ikkita sim o'tkazilayotganda ular kesishgan nuqtada avtomatik ravishda aloqa borlik tuguni paydo bo'lishi;

    • Rewiring options – simlarni yo'qotish haqidagi buyruqlar;

    • Auto-delete connectors – ishlatilmayotgan ulanishlarni avtomatik tarzda yo'qotish, masalan, bir-birini takrorlayotgan ulanishlarni;

    • Printing oynachasi sxemaning tasvirini printerga chiqarishda masshtabni tanlaydi (12- rasm), shu erning o'zida chiqarilayotgan sxemani sahifalarga bo'lish va sxemaning tavsifi keltirilishi mumkin.





      1. rasm. Printing oynachasi sxemaning tasvirini printerga chiqarishda masshtabni tanlaydi




    • Schematic Option optsiyasi Circuit menyusida satr bilan takrorlangan.

    Sxema har bir komponentining parametrlari va shakllarini berish uchun quyidagi usullar qo'llaniladi.
    Agar element tasviri ustida SChT bosilsa, ekranda menyu paydo bo'ladi (13- rasm), bu menyu yordamida bir qator amallar bajarish mumkin:


      1. rasm. Belgilangan sxema komponenti bilan ishlash menyusi.

    • Cut – sxemaning istalgan qismini qirqib olib, uni almashish buferida sa?lash. Bitta komponentni belgilash komponent tasvirida SChT bosish bilan bajariladi. Sxemaning bir qismini yoki bir nechta komponentlarni belgilash uchun sichqoncha kursorini belgilangan qismni qamrab oluvchi hayoliy to'rtburchakning chap burchagiga olib borib, SChT bosiladi va tugmacha qo'yib yuborilmay,

    kursorni shu to'rtburchak pastki o'ng tomoniga keltiriladi ( bu to'rtburchakning konturlari kursor harakatlanishi bilan ko'rinib turadi) va tugmacha qo'yib yuboriladi. Belgilangan komponentlar qizil rangga kirib qoladi.

    • Copy – sxema belgilangan qismini almashish buferiga kopirlash;

    • Delete – sxemaning belgilangan qismini yoki elementning o'zini yo'qotmoq;

    Rotate – belgilangan komponentni aylantirish; bu vaqtda ko'pchilik komponentlar buyruq bajarilganda 90o ga soat strelkasiga qarshi tomonga buriladi, o'lchov asboblarida esa ( ampermetr, voltmetr va boshqalar) ulanish klemmalari o'z o'rnini almashtiradi;
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling