Exanika va Gidravlik sinflagichlarning bir biridan farqi namda ishlash tartibi Reja


Tejamli qulay diametirni hisoblashga oid chizma


Download 20.74 Kb.
bet4/5
Sana19.10.2023
Hajmi20.74 Kb.
#1710406
1   2   3   4   5
Bog'liq
Exanika va Gidravlik sinflagichlarning bir biridan farqi namda i-fayllar.org

Tejamli qulay diametirni hisoblashga oid chizma.
Ba'zi hollarda taqribiy hisoblash uchun sodda formulardan ham foydalanish mumkin. Trubadagi bosimning katta-kichikligiga qarab turli materiallardan qilingan tru­balar ishlatish mumkin. Masalan,bosim 1 MN/m2 gacha bo`lganda vodoprovod trubalari uchun cho`yan trubalar, katta bosimlar uchun esa po`lat trubalardan foydalaniladi. Bundan shuni hisobga olish kerakki, GOST da cho`yan truba uchun ich­ki diametr, po`lat truba uchun esa tashqi diametr qabul qilingan.
Sifon truba
Bir qismi suyuqlik bilan ta'minlovchi idishdan yuqorida joylashgan sodda truba sifon truba deb ataladi (9.16-rasm). Sifonni sodalashtirib ikki (ta'minlovchi va qabul qiluvchi) idishlarni tutashtiruvchi U ko`rinishdagi truba sifatida tasvirlash mumkin. Bu holda uning egilgan qismi idishlardagi suyuqli sathlaridan H balan­lik­da bo`lib, undagi suyuqlik idishdagi suyuqliklar sathlarining farqi H hisobiga oqib turadi. Shuni aytish keraki, suyuqlik sifonda avval birinchi idish sathidan H ba­land­lik­ka ko`tarilib, so`ngra ikkinchi idishga tushadi. Bunday trubaning o`ziga xos xususiyati shundaki, unda bosim ko`tariluvchi qismida ham, pastga tushuvchi qismida ham atmosfera bosimidan pastdir. Sifon trubalardan asosan neft mahsulotlarini sisternalardan qo`yib olish, suv sig`imlarini bo`shatish, do`nglik yerlarda vodoprovod o`tkazish va hokazolardan foydalaniladi. Suv ta'minotida ba'zan maxsus sifonlar ishlatiladi. Sifon ishlay boshlashi uchun avval uni suyuqlik bilan to`­ldi­rish kerak. Sifon sifatida kichik o`lchamli shlanglar ishlatilsa, uni to`ldirish oson bo`lib, bu suyuqlikka botirish yoki pastki uchidan havoni so`rib olish yo`li bilan amal­ga oshiriladi. Agar sifon mahkamlangan metall trubadan iborat bo`lsa, uning yuqori nuqtasida havoni so`rib olish uchun maxsus jo`mrak o`rnatiladi.

Sifon truba.
Havoni nasoslar yoki ejektorlar yordamida so`rib olish mumkin. Sifonlarni hisoblash boshqa trubalarni hisoblashdan farq qilmaydi. Masalan,sifonning ikkita kesmi uchun Bernuli tenglamasini yoziladi.Bu kesmalar 0-0 va 2-2 bo`lsa, u holda

bo`ladi. p0 = p2 = p atm , va v1 = v2 = 0 deb hisoblasak, bu tenglama quyidagicha yoziladi:

yoki z1 - z2 = H ekanligini nazarga olib, h0-2 qarshilikni hisoblash uchun esa ishqalanish va mahalliy qarshiliklar formulasidan foydalanib, oxirgi tenglamani ushbu ko`rinishga keltiramiz:

Shunday qilib, sifonlarda sarf oddiy trubalardagidek qarshilik va sathlar farqi orqa­li aniqlanadi. Uning ko`tarilishi balandligi H0 esa sarfga ta'sir qilmaydi. Lekin bu qonun H0 ning ma'lum chegarasigacha bo`ladi. H0 ning ortib borishi bilan sifonning yuqoridagi 1-1 kesimida absolyut bosim p1 kamayib boradi. Bu bosim to`yingan bug` bosimiga tenglashishi bilan kavitasiya boshlanadi. Bu avval sarf­ning kamayishiga so`ngra, bug`larning to`planishiga (bug` tiqini hosil bo`lishiga) va suyuqlik oqimining to`xtashiga olib keladi. Shuning uchun sifonlarni hisoblashda va qurishda uning yuqori nuqtasidagi bosim p1 juda kamayib ketmasligini nazarda tutish kerak.




Xulosa
Trubalarning geometrik o`lсhamlari (diametiri,uzunligi) ni ma'lum sarfga moslab hisoblash yoki berilgan bosimda o`lсhamlari berilgan trubalarning sarflarini hisoblash trubalarni gidravlik hisoblash deyiladi.

Gidravlik hisoblash vaqtida trubalarning uzunligi yoki hisoblashning gidravlik shartlariga qarab, ular ikki turga bo`linadi: uzun va qisqa turbalar.


Unсha uzun bo`lmagan va mahalliy qarshiliklari sezilarli bo`lib, umumiy qarshilikning kamida 5 – 10% ni tashkil etadigan trubalar qisqa trubalar deb ataladi. Bularga misol qilib, nasoslarning so`rish trubasini, benzobakdan karbyuratorga benzin o`tkazuvсhi trubani avtotraktor va boshqa qurilmalar dvigatelarining moy o`tkazuvshi trubalarini, gidrouzatmalardagi tutashtiruvсhi trubalar va hokazolarni keltirish mumkin.



Download 20.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling