Eynshtyeyn topishmog‘I
Download 12.52 Kb.
|
EYNSHTYEYN TOPISHMOG
- Bu sahifa navigatsiya:
- SAVOL
EYNSHTYEYN TOPISHMOG‘I Buyuk fizik Albert Eynshteyn ajoyib bir topishmoq o‘ylab topgan. Uning yordamida oddiy odamlardan intellektual elitani ajratib olish mumkin. Lekin odatda 98 foiz odam bu topishmoqni yechishga qodir bo‘lmaydi. Agar o‘zingizni sayyoramizning qolgan ikki foiz aholisi qatoriga qo‘shishni istasangiz, topishmoq javobini topishga urinib ko‘ring. Quyida e’tiboringizga Enshteynning ana shu buyuk jumbog‘ini havola etamiz. 1. Beshta uy bor. Ularning barchasi turli xil rangda. 2. Har bir uyda bir nafar odam yashaydi. Ularning millati har xil: nemis, ingliz, shved, daniyali, norvegiyali odamlar. 3. Har bir odam ma’lum bir ichimlik ichadi, ma’lum bir savdo belgisiga tegishli tamaki chekadi va ma’lum bir jonivorni boqadi. 4. Besh kishining birortasi ham bir xil ichimlik ichmaydi, hech kim bir xil savdo belgisi ostidagi tamaki chekmaydi va hech kim bir xil jonivor boqmaydi. SAVOL: Ulardan biri baliq boqadi. Xo‘sh toping-chi, baliq kimga tegishli? Yordam kerakmi? Unda e’tibor bering: 1. Ingliz qizil uyda yashaydi. 2. Shved it boqadi. 3. Daniyali kishi choy ichadi. 4. Yashil uy oq uydan chapda joylashgan. 5. Yashil uy egasi kofe ichadi. 6. “Pall Mall†chekuvchi kishi qush boqadi. 7. Qrtadagi uyda yashovchi odam sut ichadi. 8. Sariq uyda yashovchi kishi “Dunhill†chekadi. 9. Norvegiyali kishi birinchi uyda turadi. 10. “Marlboro†chekuvchi odam mushuk boquvchi kishi oldida yashaydi. 11. Ot boqadigan odam “Dunhill†chekadigan kishi oldida istiqomat qiladi. 12. “Winfield†tamakisini chekuvchi kishi pivo ichadi. 13. Norvegiyali havo rang uy oldida yashaydi. 14. Nemis “Rothmans†chekadi. 15. “Marlboro†chekuvchi odam suv ichadigan kishiga qo‘shni turadi. Xo‘sh natija qanday? Yana o‘ylab ko‘ring. 1,2,3,4,5-uyning rangi qanaqa? Unda qaysi millat vakili turadi? U qanday ichimlik ichadi? Qanday markali sigaret chekadi? Qaysi jonivorni boqadi? Download 12.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling