F. B. Ashurov ‘’plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari’’
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
F. Ashurov - Plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari
ekstruder silindrining zonalar bo‘yicha harorati;
forma hosil qiluvchi kallakning harorati; sovutkich vallarning harorati; suyuqlanmaning kallakdagi bosimi. Masalan, PE-NP list olishda zona 1—140 o С zona 2—160 o С zona 3—175 o С 48 zona 4—200 o С Kallak harorati - 210 o С Kallakdagi suyuqlanish bosimi 5-12 MPa. Ekstruziyalashda haroratni iloji boricha yuqori ushlashga harakat qilinadi,chunki oquvchanlik yaxshilanadi va krisstal strukturalar hosil bo‘lishi yo‘qotiladi. Lekin yuqori haroratda polimer destruksiyaga uchrashi mumkin, shuning uchun PE list olishda maksimum harorat 240—250 o С dan oshmasligi kerak. Polipropienni qayta ishlashda bu harorat 270—280 o С ni tashkil etadi. Polistiroldan list olinaetganda esa harorat 165—175 o С bo‘ladi. Sifatli listlar olishda sovutkich vallar yuzasining harorati va sovutkich vallar bilan kallak oralig‘i muhim rol o‘ynaydi. YUpqa list olish uchun vallar yuzasi 20—25 o С bo‘lishi kerak. Kallak bilan sovutkich vallar oralig‘i listni tiniq bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi. Agar masofa yaqin bo‘lsa, tinikligi oshadi, lekin listning mustahkamligi kamayadi (menimcha orientatsiya yomonlashishi sababli). Boshqa parametrlardan listning sifatiga ta’sir qiluvchi — ekstruziyalash tezligi (bu shnekning aylanish chastotasi bilan belgilanadi), list polotnasining qabul qilib oluvchi vallar va tortuvchi mexanizmlar tezligidir. Ekstruziyalashning yuqori tezligi list qalinliklarini bir xil bo‘lmasligiga va silliqligi (glyansa) yomonlashishiga olib keladi. List olish texnologik sxemasi quyidagi rasmda keltirilgan. Unda asosiy agregat ekstruder, tirkichli kallak, valli agregat, kalandr va boshqalar. Ekstruziyadan chiqayotgan suyuqlanma aniq o‘lchamga ega bo‘lgan tirkishdan chiqib, qalinligi bo‘yicha kalibrlanib, silliqlik beriladi. Bu vazifani kalandr bajaradi. Keyin sovutilib (asosan havo vositasida), ma’lum o‘lchamlarga kirqiladi. CHekka kismi maydalanib, qaytadan ishlatiladi. Texnologik parametrlari plyonka, truba olishdagidek. Termoplastlardan ekstruziya usuli bilan list ishlab chiqarish texnologik sxemasi. 1 – xom ashyo saqlagich; 49 2 – sisterna; 3 – oraliq saqlagich; 4 – metall zarrachalarini aniqlash asbobi; 5 – granulani isitish (quritish) moslamasi; 6 – list olish agregati; 7 – elektryuklovchi; 8 – list saqlovchi moslama; 9 – chiqindini maydalash; 10 – maydalangan chiqindi uchun bunker Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling