F. B. Ashurov ‘’plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari’’


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/35
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1818013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
F. Ashurov - Plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari

 
Taqrizchilar: Buxoro Davlat Universiteti “Umumiy va noorganik kimyo” kafedrasi 
profesori.t.f.d. M.R.Amonov.  
Buxoro Muhandislik-Texnologiya Instituti “Charm, mo’yna buyumlari 
texnologiya va dizayni” kafedrasi dotsenti.t.f.n А.А.Hаyitоv.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
MUNDARIJA 
2.1.1.  Kirish. Polimerlarni turli usullar yordamida qayta ishlab buymolish 
sanoatining tarixi va uning rivojlanish tendensilari………………………………..….5 
2.1.2.  Polimerlardan olinadigan plastik massalarning sinflanishi…………………..16 
2.1.3.  Polimerlarni qayta ishlash usullarining sinflanishi…………………..…..…...26 
2.1.4. Termoplastik polimerlar asosida plastmassa buyumlar olish usullarining
uziga xosligi………………………………………………………...……………….50 
2.1.5. Termoreaktiv polimerlar asosida plastmassa buyumlar olish usullarining o’ziga 
xosligi…………………………….………………………………………………….56 
2.1.6 Plastmassalar tarkibi va har bir komponentning vazifalari………………..….61 
2.1.7.  Plastmassalardan zamonaviy usullar orqali buyum olishda polimerlarning
fizik va mexanik xossalarining ta’siri va ahamiyati……………………………....67 
 
2.1.8. Plastmassa buyumlarining ekspluatatsion xususiyatlari. ..…………………..87 
Foydalanilgan dabiyotlar ro’yxati.................................................................103 
 
 
 



2.1.1. KIRISH. POLIMERLARNI TURLI USULLAR YORDAMIDA QAYTA 
ISHLAB BUYUM OLISH SANOATINING TARIXI VA UNING RIVOJLANISH 
TENDENTSIYALARI. 
Polimerlarni qayta ishlash bu yakunlovchi etap bo‘lib undan buyum olish va bu 
buyum konkret talablarga javob bera olishi kerak. SHuning uchun har hil usullar kashf 
qilish bilan bir qatorda yangi polimer materiallar ishlab chiqarildi.
Agar tarixga ko‘z tashlasak, XIX asrning o‘rtalarida kauchukni vulkanizatsiyalash 
uchun uskunalar, sellyulozani atsetillash va nitrolash usullari paydo bo‘ldi. SHundan 
taxminan 100 yil keyin plastmassalarni qayta ishlash usullari, ularni takomillashtirish 
va bu usullarni fizik-kimyoviy asosida modellashtirish yuzaga kela boshladi va 
natijada yangi ‘’Plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari’’ fanining 
yaratilishiga asos bo‘ldi. Polimerlarni qayta ishlash texnologiyasiga rezina materiallar 
olish, lok-bo‘yoq tayyorlash, kimyoviy tolalarni shakllash jarayonlari kiradi. Bular 
ichida plastmassalarni qayta ishlash (va buyumlar olish) texnologiyasi asosiy o‘rinni 
egallaydi. 
Bu yo‘nalishni ilmiy jihatdan asoslab borish 1952 yilda boshlangan (Berndardm 
va Mak-Kelvi tomonidan). 
Hozirgi paytda plastmassani qayta ishlash sanoati yangi usullar va uskunalarga 
asoslangandir. Individual polimerlar polimerkompozitlar va polimerlar aralashmasi 
bilan almashtirilib borilayapti. Bularning natijasida materiallarning hossalari 
kengaymoqda va ulardan xalq iste’mol buyumlaridan tortib to harbiy va kosmik 
texnikada qo‘llaniladigan detallarni olish imkoniyatlari yaratilmoqda. 
Plastmassalarni qayta ishlash texnologiyasiga quyidagi jarayonlar kiradi: 
1. Kimyoviy tarkibni o‘zgartirish, polimerga to‘ldiruvchilar, plastifikatorlar 
kiritish va termomexanik ishlov berish. 
2. Olingan materialni shakllash va plastmassadan buyum olish. Buyum 
konstruksiyasi ilmiy jihatdan asoslangan va konkret ekspluatatsiya sharoiti hisobga 
olingan holda ishlash qobilyatiga ega bo‘lishi shart. 
SHunday qilib polimerlarni qayta ishlash texnologiyasi o‘z ichiga turli jarayon va 
uskunalarni olib, polimerlarning zaruriy (foydali) hossalarini yaxshilash va ularni 
tayyor buyumga aylantirish jarayonlaridan iboratdir. Polimerlarni qayta ishlaganda ular 
deformatsiyaga uchraydi, ularda kimyoviy reaksiyalar ketishi mumkin hamda fizik 
hossalarining qaytmas tarzda o‘zgarishini kuzatish ham mumkin. 
Plastmassalarni qayta ishlashning texnik usullariga quyidagilar kiradi: bosim 
asosida quyish, ekstruzitsiyalash, kalandrlash, pigmentlarni polimerlarga aralashtirish, 
polimer plyonka yuzasini modifikatsiyalash va boshqalar. Bosim ostida quyish, 
ekstruziyalash usullari keng tarqalgan va unumli usullar bo‘lib, ularda polimerlarning 
oqimini kuzatish mumkin, ya’ni bunda ularning fizikaviy va kimyoviy hossalari 
o‘zgarmaydi. 
Termoreaktiv materiallarni presslashda, polimer plyonka yuzasiga gaz alangasi 
yoki koronnыy razryad ta’sir qilishi natijasida materialda kimyoviy o‘zgarishlar sodir 
bo‘ladi.
Kristallanish darajasi orqali makromolekularning orientatsiyalanishini rostlash, 
tekstil tolalari va plyonkalar ishlab chiqarishda mexanik hossalarini yaxshilash 



mumkin. Bunday holda materiallarda fizik hossalarning qaytmas tarzda o‘zgarishi 
sodir bo‘ladi va oqish jarayonida kimyoviy reaksiyalar sodir bo‘lmaydi. 
Polimerni qayta ishlashda reologiya fani katta rol o‘ynaydi, chunki polimerlarni 
qayta ishlash protsesslarida deformatsiyalanish va oquvchanlik alohida o‘rin olgan. 
Polimerlarni qayta ishlashda kristallanishni, polimerlarning dielektrikligini hisobga 
olish lozim. SHuningdek, polimer yuzasida sodir bo‘ladigan kimyoviy reaksiyalarni, 
issiqlik o‘tkazish hossalarini ham e’tiborga olish kerak.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash 
maqsadida plastmasslarni qayta ishlashda yarim avtomat va avtomatlashgan liniyalarni 
qo‘llash, mikroprotsessorli texnikani va sanoat robotlarini keng qo‘llash hozirgi kun 
talabidir. 
Plastmassalarni qayta ishlash usuli bilan olingan buyumlarga yaxshi dekorativ 
ishlov berish, pardozlash va ularni bozorbop qilish, hamda buyumni qaysi sohada 
qo‘llashni texnik-iqtisodiy asoslab berish kerak.
Har bir polimerdan qanday buyum yoki mahsulot ishlab chiqarish kerakligini va 
shu mahsulotga bo‘lgan talabni yaxshi o‘rganish lozim. Polimerlarni plastmassa, 
rezina-texnik buyumlar, lok-buyoq va tolalarga qayta ishlashda xom ashyoni yaxshi 
tanlab olish va buning uchun o‘z navbatida bu polimerlarning hossalarini, tuzilishini va 
qayta ishlash jarayonida o‘zgarishlarini yaxshi bilish kerak. 
Plastmassa va rezina-texnik buyumlarini ishlab chiqishda chiqindilar hosil 
bo‘lishi 
mumkin 
(ayniqsa, 
reaktoplastlarda, 
revulkanizatsiyaga 
uchragan 
kauchuklarda), bularni yoqish, suvga tashlash yoki erga ko‘mish yaramaydi (masalan, 
polietilentereftalatdan tayyorlangan idishlarni). Buning uchun har bir korxona o‘zining 
ekologik tadbirini ishlab chiqishi lozim. Bu tadbirlarda chiqindini kamaytirish, uni 
qayta ishlash, ifloslangan havoni tozalash va h.k. lar aks ettirilgan bo‘lishi lozim. 
Bugungi kunda O‘zbekistonda polimerlarni qayta ishlash korxonalari va ular 
ishlab chiqarayotgan mahsulotlar quyida keltirilgan: 
1. Oxangaronlenplast: PVX, PE lardan linoleum, truba, plyonka, santexnik 
buyumlar olayapti. 
2. Angren rezina-texnika zavodi: kauchuklardan rezina tayyorlab ulardan keng 
iste’mol tovarlari va texnika uchun kerakli bo‘lgan buyumlar ishlab chiqarayapti. 
3. Jizzax plastmassa zavodi: 1972 yilda ishga tushgan bo‘lib, sobiq ittifoqda eng 
yirik korxonalar qatoriga kirgan. SHu kunda 15000 tonna polietilendan qishloq 
xo‘jaligi uchun plyonka olish liniyasi ishlab turibdi va 8-10 ming tonna polietilendan 
truba ishlab chiqarish sexi mavjud. Bu liniyada diametri 300 mm-lik gaz va suv 
quvurlari olish imkoniyatiga ega.
4. Toshkentda bir qancha plastmassalarni qayta ishlash korxonalari bor. Bularga
“Sovplastital” QK, “Spetspolimerdrenaj”, “GSKB po irrigatsii” maxsus rezina-texnika 
zavodi, deraza romini yasaydigan (PVX kompozitsiyasidan) quyosh nuridan 
saqlaydigan uskunalar tayyorlovchi zavod va boshqalar mavjud. 
Qarshi shaxridagi “Temoplast” zavodi yiliga 10 ming tonnadan ortiq PE va PVX 
materiallarini qayta ishlash imkoniyatiga ega. Bulardan asosan gaz va suv uchun 
trubalar, plyonkalar olish mumkin.



Farg‘ona vodiysidan bu sohada Farg‘ona va Andijon shaxarlaridagi zavodlarni 
misol keltirish mumkin.
Polimerlar ishlab chiqarish, taxminan, 1970 yillardan boshlangan bo‘lsa, hozirgi 
vaqtda “Navoiyazot” zavodida poliakrilnitril, poliakrilatlar, Farg‘onada har hil furan 
smolalari, poliamid-6, atsetilsellyuloza, Namanganda KMS va nihoyat, 2000 yilda 
ishga tushadigan SHo‘rtangaz kompleksida polietilen (yiliga 125 ming tonna) ishlab 
chiqarish korxonalari mavjud.
Mazkur kursning vazifasi bo‘lg‘usi mutaxassislarni plastmassalarni qayta 
ishlashda qo‘llaniladigan har hil zamonaviy metodlar bilan tanishtirish va ularni fizik-
kimyoviy va texnologik asoslari nimadan iborat ekanligini tushuntirishdir. 
Plastmassani qayta ishlash texnologiyasi mustaqil ilmiy-texnologik yo‘nalishdir 
va bu kurs boshqa fanlar «Sintetik va tabiiy yuqori molekulyar birikmalar kimyoviy 
texnologiyasida qo‘llaniladigan xom ashyo va materiallar», «Sintetik va tabiiy yuqori 
molekulyar birikmalar kimyoviy korxona jihozlari va loyihalash asoslari» fanlari bilan 
chambarchars bog‘langandir.
Fanni mohiyatini quyidagi keltirilgan jadvallar bilan tushuntirish mumkin: 
- Plastmassalarning real mustahkamligini oshirish uchun undan buyum olish 
texnologiyasi sharoitlarini to‘g‘ri tanlash va uni amalda qo‘llash katta ahamiyatga ega. 
- Plastmassa va an’anaviy materiallarni hossalari bo‘yicha taqqoslash natijalari 
va plastmassalarning afzaligi jadvalda ko‘rinib turibdi. 
- Mutaxassisning (bakalavrning) vazifasini nimadan iboratligi jadvalda 
tushuntirilgan. 



AYRIM POLIMERLARNING NAZARIY ERISHISHI MUMKIN BO‘LGAN VA HAQIQIY (TEXNIK) 
MUSTAHKAMLIGI 
Polimer 
Mustahkamlik, MPa 
Nazariy 
erishishi mumkin bo‘lgan
haqiqiy (texnik) 
PE 
26-27 
4,0-6,5 
0,2 
PP 
11-12,5 
2-3,5 
0,3-0,65 
PAN 
15,5-16 
2,4-2,7 
0,46-0,56 
PVC 
14-17 
2,7-4 
0,11-0,16 
PVA 
22-23 
4-6 

PET 
21-22 
3,5-6 
0,5-1 
TAC 
8-13 
1,4-3,5 

Grafit 
122-138 
101-117 


Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling