F. B. Ashurov ‘’plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari’’


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/35
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1818013
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
Bog'liq
F. Ashurov - Plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari

 
 
 


50 
2.1.4.   TERMOPLASTIK POLIMERLAR ASOSIDA PLASTMASSA
BUYUMLAR OLISH USULLARINING O’ZIGA XOSLIGI. 
 
SHuni alohida ta’kidlash kerakki, buyumning shakllanishi paytida 
qovushqoq – oquvchan yoki qisman yuqorielastik holatda, buyumdan 
foydalanish paytida esa shishasimon yoki kristallangan holatda bo‘lgan 
polimerlar plastmassa negizini tashkil etadi. Qizdirilganda qo‘ndalang kimyoviy 
bog‘lar hosil qilmaydigan va aniq bir haroratda yumshab, qattiq holatdan plastik 
holatga o‘tadigan polimerlarga, termoplastik polimerlar yoki qisqacha 
termoplastlar deb ataladi. Termoplastlar harorat ta’sirida yumshab qoladilar va 
qovushqoq – oquvchan holatga o‘tib, sovutilganda buyum shaklini olib qotib 
qoladilar. Suyuqlanish – qotib qolish jarayonlari qaytuvchandir. Ularga qayta – 
qayta ishlov berganda, buyum shaklini olish qobiliyatlari saqlanib qoladi, fizik 
holatlari o‘zgaradi, ammo kimyoviy o‘zgarishlar kuzatilmaydi. Termoplastlarni 
erituvchi suyuqliklarda eritib, ulardan elim, tola, parda va varaqalar olish 
mumkin. PE, PP, PS, PVX, PK, PB, PMMA, PA, ftoroplastlar va ularning va 
qorishmalari 
termoplastlardir. 
Termoreaktiv 
polimerlar 
yoki 
qisqacha 
reaktoplastlar, boshlang‘ich holatda oligomerlardir. Qizdirilganda, ular 
qovushqoq – oquvchan holatga o‘tadilar. YUqori haroratda kimyoviy ishlov 
berilganda, ularning molekulalari reaksiyaga kirishish qobiliyatiga ega bo‘ladilar 
va yuqori zichlikka ega bo‘lgan uch o‘lchovli to‘rsimon tizimlar hosil qiladilar. 
SHuning uchun ular erituvchilar ta’sirida erimaydigan, qizdirilganda 
suyuqlanmaydigan, mo‘rt va qayta ishlov berilmaydigan bo‘lib qoladilar, ya’ni 
ularning qotib qolish jarayonlari qaytmasdir. Oddiy xona sharoitida ham,
qizdirilganda ham, o‘z – o‘zidan reaksiyaga kirishish qobiliyatiga ega bo‘lgan 
oligomerlar 
ham 
reaktoplastlar 
guruhiga 
kiradi. 
Fenolformaldegidlar, 
mochevinformaldegidlar, poliefirlar va epoksid qatronlari va boshqalar 
reaktoplastlardir. SHuni ham alohida ta’kidlash kerakki, hozirgi paytda 
monomerlardan va reaksiyaga kirishish qobiliyatiga ega bo‘lgan oligomerlardan 
yarimmahsulotlar (polufabrikatlar) olish bosqichini o‘tmay, kimyoviy shakl 
berish usullari yordamida buyum olish texnologik jarayonlari rivojlanib 
bormoqda. Ushbu usul bilan allil monomerlariga, to‘yinmagan poliefir 
qatronlariga, uretan hosil qiluvchi monomerlarga ishlov berilib, polimer 
materiallari ishlab chiqariladi. Kimyoviy shakl berish usullaridan foydalanib, 
poliamid, poliuretan va akril qatronlaridan buyum olish mumkin.
Aslida, bosim ostida quyish mashinasi (termoplastavtomatlar) 2 qismdan iborat 
bo‘ladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling