F. B. Ashurov ‘’plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari’’
Polimer materialining elastiklik moduli (YUng moduli) . 2
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
F. Ashurov - Plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari
1.Polimer materialining elastiklik moduli (YUng moduli)
. 2.Puasson koeffitsienti . Polimer materialining elastiklik moduli Guk qonuniga asosan quyidagi formula yordamida hisoblanadi (MPa): 𝐸 Puasson koeffitsienti quyidagi formula yordamida hisoblanadi: bu erda -ko‘ndalang deformatsiya; -bo‘ylama deformatsiya; Puasson koeffitsientining fizik mohiyati shundaki, u ta’sir etuvchi kuch yoki kuchlanish ta’sirida namuna enining qanchaga kichrayishini ifodalaydi va shuning uchun ko‘pgina holatlarda ushbu koeffitsientni ko‘ndalang kichrayish koeffitsienti deyiladi. 101 SHuni alohida ta’kidlash kerakki, agar polimer materiali uchun elastiklik moduli (YUng moduli) va Puasson koeffitsienti aniq bo‘lsa, unda siljish moduli ni va hajmiy elastiklik moduli ni quyidagi tenglamalar yordamida hisoblab chiqish mumkin: 𝐸 𝐸 Ko‘pgina polimer materiallari uchun Puasson koeffitsienti 0,3 dan 0,5 gacha o‘zgarishi mumkin. Uning 0,5 dan oshib ketishi kam holatlarda kuzatiladi va bu hodisa makromolekulalarning orientirlanishi bilan izohlanadi. SHuni ham alohida ta’kidlash kerakki, ko‘pgina amorf polimerlar uchun elastiklik moduli 2• 10 3 MPa dan 6• 10 3 MPa gacha o‘zgarishi mumkin. Uning kattaligi deformatsiyalanish tezligiga bog‘liq. Polimer materiali tarkibiga kiritiladigan to‘ldirgichlar elastiklik modulini oshiradi, plastifikatorlar esa , aksincha, pasaytirib yuboradi. Mustahkamlik deganda, namunaning tashqi kuch ta’sirida parchalanishga qarshilik ko‘rsatish qobiliyati tushuniladi va MPa da o‘lchanadi. Uzoqqa chidamlilik deganda, namunani yuklashdan to uning parchalanishigacha sarflangan vaqt tushuniladi va soniyalarda o‘lchanadi. Polimerlarning uzoqqa chidamliligi, mustahkamligi va cho‘ziluvchanligi ularning kimyoviy tarkibiga, tizimiga, fizik holatiga, haroratga va yuklash rejimiga kuchli bog‘liqdir. Masalan, plastifikatsiyalangan polimerlarning mustahkamligi, uzoqqa chidamliligi plastifikatsiyalanmagan “toza” polimer materialining ko‘rsatgichlariga nisbatan kichik, cho‘ziluvchanligi esa yuqori bo‘ladi. Polimer materiali tarkibiga kiritilgan yupqa dispersli to‘ldirgichlar cho‘ziluvchanlikni pasaytiradi. Kuchlanish oshishi bilan cho‘ziluvchanlik ham oshib boradi. Harorat oshishi bilan cho‘ziluvchanlik oshadi, ammo mustahkamlik va uzoqqa chidamlilik pasayadi. Materialning ishqalanish koeffitsientini aniqlash usuli Materialning friksion xossasi deganda, ishqalanish koeffitsienti bilan ifodalanadigan xossasi hamda eyilishga chidamliligi tushuniladi. Eyilish ishqalanish xarakteriga, materialni toliqishga qarshiligi xossasiga bog‘liqdir. Ishqalanish jadalligi nafaqat tegib turadigan yuzalarning o‘zaro harakatlanishi bilan, balki shu harakatni vujudga keltiruvchi kuch bilan aniqlanadi. Ishqalanish koeffitsienti μ normal kuch ta’sirida tutashgan ikkita jismning bir- biriga nisbatan tangensial kuch ostida ko‘chishiga ko‘rsatiladigan qarshiligini ifodalaydi: p F 102 bu erda F va P – mos ravishda tangensial va normal kuchlar. Ishqalanishga sinashda nafaqat tashqi holat (normal kuchlanish, harorat), balki tayanch yuza (sirt) (kontrjism)ni, yuzani sinashga olingan jism bilan o‘zaro tutashtirish holati (g‘adirbudirlik, moylash) ishqalanish kinetikasi (tinchlik vaqti yoki harakat tezligi) va kinematikasi (sirpanish, tebranish, hamda berilgan siljitishga tebratish) birlashtiriladi (unifikatsiyalanadi). MDHda polimerlarning ishqalanish koeffitsientini aniqlash po‘lat bo‘yicha 30 sm/s tezlik bilan sirpanishga standartlashtirilgan. Grasseli mashinasi yordamida sinash mumkin. Bu mashinani rezinalarni sinashga ham qo‘llaniladi (DavST 426-66). Bundan tashqari, tormozlarda qo‘llaniladigan materiallarni (shu jumladan polimerlarni) friksion issiqqa chidamlilikka (issiqbardoshlikka) sinash standartlashgan usuli ham mavjud (DavST 10851-64). Bunda tormozlarni ishlatish sharoitiga qarab, tezlik va yuklamalarni keng miqyosda o‘zgartirib, ishqalanish koeffitsienti aniqlanadi. Ishqalanish paytida polimer yuza qatlamining jadal parchalanishiga, eyilish deyiladi. Eyilish J ishqalanish yo‘lining uzunligi ∆L yoki ishqalanish ish birligi W hisobiga namunaning chiziqli o‘lchami ∆h yoki hajmi ∆V ning kamayib borishi orqali aniqlanadi: W V J L V J L h J w m h Buyumning turi va ishlatish sharoitiga qarab, eyilishga chidamliligi aniqlanadi. Turli polimerlardan ishlab chiqarilgan buyumlar (masalan, tishli uzatgichlar, g‘ildiraklar, turli moslama va qurilmalarning ishqalanadigan mintaqalari, shinalar, tormozlar, podshipniklar, pol yopqichlar (yog‘och, linoleum, turli plitalar, marmar) va boshqa shunga o‘xshagan buyumlarning eyilishga chidamliligi aniqlanadi. Polimerlarning eyilishga chidamliligi jilvir (abraziv) zarrachalarning va metall to‘r saqlangan yuzalarning eyilishiga qarab aniqlanadi. Polimerlarning eyilishga chidamliligi jilvirlash qog‘ozida 30 sm/s tezlik bilan sirpanishi yo‘li bilan aniqlanadi. Buning uchun SHopper, APG yoki MPI-2 rusumli mashinalardan qo‘llaniladi. Bundan tashqari, po‘lat va cho‘yanlarda turli tezlik va yuklamalar ostida polimerlarning eyilishi davlat standarti DavST 10851-64 talablari asosida sinab ko‘riladi. Ba’zi bir paytlarda esa polimerlarning eyilishi 25 % tebranish usulida (DavST 11529-65) va 12 % sirpanishda (DavST 11225-65) sinab ko‘rilishi mumkin. SHuni alohida ta’kidlash joizki, barcha standartlashtirilgan usullar (DavST 10851-64 bundan mustasno!) abraziv zarrachalardan qo‘llashga asoslangan bo‘lib, ular polimerni mikrokesilishiga olib keladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling